Rossiya Qazzofiyni Liviyaga qaytarmoqchimi?

© AP Photo / Ammar El-DarwishSeyf al-Islam Kaddafi
Seyf al-Islam Kaddafi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda Tolibon* hukumat boshiga qaytmoqda, Liviyada esa – Qazzofiylar. Bu nima, tarix orqaga qaytmoqdami?
Aslida unday emas, G‘arb tomonidan tilka pora qilingan davlatlar o‘z birligini tiklamoqchi xolos. Bu albatta oson emas va mahalliy aholiga qimmatga tushmoqda. Afg‘onistonda AQSh qo‘shinlari chiqib ketganidan so‘ng fuqaro urushi boshlandi. Liviyada esa mamlakat ichidagi muxolifat kuchlari va tashqi manfaatlar to‘qnashuvi ostida ushbu urush bir necha yildan beri davom etmoqda.
Ana shunday vaziyatda kichik Qazzofiy – Sayf ul-Islom siyosiy sahnaga chiqmoqda. Yaqinda New York Times nashrida uning intervyusi e’lon qilindi. “Qazzofiyning o‘g‘li tirik va Liviyani qayta o‘z qo‘liga olmoqchi” sarlavhali maqolada aytilishiga ko‘ra, Sayf ul-Islom Liviyada fuqaro urushini to‘xtatib, mamlakatni qayta birlashtirmoqchi ekanini aytib o‘tgan.
 Muammar Kaddafi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
“Kaddafi buni oldindan bilgan”: NATOning Liviyaga hujumi
Sayf ul-Islom – Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, u 2011-yilga qadar shohona hayot kechirgan edi. U Shveysariya va Anglida o‘qigan. AQSh Qazzofiyga zarba berganidan so‘ng esa Zinton shahrida muxolifat kuchlari tomonidan qo‘lga olingan edi. Poytaxt Tripolida uni o‘limga hukm qilishgan bo‘lsa-da, zintanliklar Sayf ul-Islomning hayotini saqlab qolishgan. Garchi uni qamoqxonaga joylashtirishgan bo‘lsa ham.
O‘tgan davr mobaynida o‘zgarishlar ko‘p bo‘ldi. Sayf ul-Islomning ham sochi oqardi, sobiq muxolifatchilar uning do‘stlariga aylanishdi, ko‘p yillik xaos va urush, yo‘qotishlardan so‘ng Liviya xalqi ham mamlakatni qayta tiklashni orzu qila boshladi. Ushbu vaziyatda kichik Qazzofiy darhaqiqat mamlakatni birlashtiruvchi yagona timsol bo‘lishi mumkin.
“Siz o‘tgan davrni fuqaro urushi yoki “qora kunlar” deb aytishingiz mumkin, lekin revolyutsiya emas. Ular mamlakatni zo‘rlashdi. Pul yo‘q, xavfsizlik yo‘q, hayot yo‘q. Zapravkaga borsangiz dizel ham yo‘q. Biz Italiyaga neft va gaz eksport qilamiz – u mamlakatning yarmini yoritamiz. O‘zimizda esa - svet yo‘q. Bu yutqazish emas, bu fiasko. O‘tmishga qaytish vaqti keldi” – degan Sayf ul-Islom o‘z intervyusida.
Kichiq Qazzofiy, albatta, o‘tmish deganda otasi davridagi diktatura emas, o‘tmishdagi xalq birligiga qaytishni nazarda tutgan edi. 2011-yilda Liviyada qo‘zg‘olon ko‘targanlan aynan Qazzofiy rejimiga qarshi bo‘lgan edi. Lekin Qazzofiysiz Liviyaning o‘zi ham yagona divalat sifatida mavjud bo‘lmay qoldi.
Bunga bir tomondan Liviya hududida yashayotgan qabilalarning tarqoqligi va har kimga bo‘y sunishni istamasligi sabab bo‘ldi. Ayni damda mamlakat sharqiy va g‘arbiy bo‘laklarga bo‘linib qolgan. Sharqda yetakchilik qilayotgan marshal Xalif Xaftar bir necha bor G‘arbni qo‘l ostiga olishga urindi, lekin muvaffaqiyatsiz. Bunday vaziyatda ikkala tarafni va ko‘plab qabilalarni birlashtirish uchun yagona shaxs kerak. Yetmish yoshli Xaftar buni uddalay olmaydi va Sayf ul-Islom ana shunday yagona figura bo‘lishi mumkin.
Chunki Liviya yagona davlat sifatida 70-yil mavjud bo‘lgan bo‘lsa ushbu davrning 40-yili davomida uni Qazzofiy boshqargan. Hozirgi xaos davri bilan solishtirganda Qazzofiy davrining yutuqlari yaxshiroq ko‘zga tashlanmoqda. Fuqaro urushidan charchagan xalq albatta oldingi tinchlik zamonlarnini qo‘msashi tabiiy.
Tank T-54 pravitelstvennix sil Livii okolo goroda Sirta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2020
Liviya davlatchiligini NATO yo‘q qildi - Lavrov
Ushbu faktorlarni hisobga olganda kichik Qazzofiy nomzodi – xalq orasida favorit bo‘lishi tabiiy. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda uni Liviya aholisining 57 % qo‘llab-quvvatlamoqda. Qazzofiyning o‘zi esa, yil oxirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan saylovlarda ishtirok etishi yoki etmasligi haqida hech narsa demagan.
Liviyada prezident va parlamant saylovlari 24-dekabrga belgilangan, lekin mamlakatda 10-yildan buyon davlat boshqaruvi yo‘q, saylovlar ham bir necha bor ko‘chirilgan edi. Bu safar ham ularning bo‘lib o‘tishi shubha ostida. Prezidentlikka da’vo qilayotganlarning aksariyati - qurolli to‘dalar.
Shu sababli ham kichik Qazzofiy muddatidan oldin o‘zining prezident bo‘lish istagini e’lon qilayotgani yo‘q.
“Ular Liviyada kuchli davlat bo‘lishini istamaydi. <...> Shu sababli ham ular saylovlardan qo‘rqishadi. Ular mamlakatni qonuniy prezident, hukumat boshqarishiga qarshi", - deydi Qazzofiy o‘z intervyusida.
Qazzofiy rasman o‘z nomzodini e’lon qilsa, G‘arb uni darhol “ruslar bilan aloqada” ayblashiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Chunki The New York Times hozirdanoq “Saif al-Islam g‘alabasini Kreml qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi” deb yozmoqda. Gazeta yozishishga ko‘ra, “Rossiya hozir ham mojaro tomonlarini qo‘llab quvvatlamoqda va Liviyaga yollanma askarlarni jo‘natmoqda”.
Demak, G‘arb mamlakatni tilka pora qildi, Rossiya esa uni qayta tiklamoqchi. Ha balkim. Bizga bunday g‘oya ma’qul - bu faqat bizning obro‘yimizni oshiradi. Nafaqat Liviyada, butun arab dunyosida. Lekin Moskva kichik Qazzofiyga aslida yordam bermoqdmi?
Albatta, yo‘q – bu Qazzofiyning o‘z tashabbusi. U Rossiya bilan aloqa o‘rnatgani ham rost. 2018-yil oxirida uning nomidan Rossiya TIViga uning vakillari Vladimir Putin nomiga xat berishgan edi. Unda Saif ul-Islom prezident bo‘lish niyati borligini va siyosiy ko‘mak berishni so‘ragan edi.
Vstrecha glavi MID RF S. Lavrova s komanduyushim Liviyskoy natsionalnoy armiyey X. Xaftarom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2020
Liviya qo‘mondoni Moskvada tinchlik shartnomasini imzolamadi
Biroz keyin, Rossiya Suriyada qo‘lga olingan va Livan qamoqxonasida bo‘lgan Qazzofiyning kichik ukasi Gannibalni qutqarishga harakat qilgani ham rost.
Umuman Qazzofiylar oilasi Rossiyaga begona emas. Liviya – SSSRning yaqin hamkori bo‘lgan, Rossiya bilan ham uning aloqalari yaxshi bo‘lgan. Ikki davlat birgalikda amalga oshirayotgan loyihalarning aksariyati Liviya hokimiyati qulaganidan so‘ng muzlatib qo‘yilgan edi.
Ayni damda Moskva Liviya mojarosining barcha tomonlari bilan aloqa qilmoqda. Jumladan Tripolidagi hukumat va marshal Xaftar bilan va Qazzofiylar oilasi bilan ham. Agar Sayf ul-Islom prezidentlikka nomzodini qo‘ysa – bu Rossiya uchun maqbul nomzod bo‘lardi, chunki Rossiya, boshqa tashqi kuchlardan farqli o‘laroq, Liviyada yagona hukumat qayta tinlanishini istaydi.
AQSh uchun esa – Qazzofiyning qaytishi “obro‘yiga berilgan zarba” bo‘lardi, deb yozadi nashr. Ikkinchi o‘rinda – Fransiya. Ular ham Qazzofiylar qaytishidan manfaatdor emas. Chunki 2011-yildagi davlat to‘ntaruvidan so‘ng Sayf ul-islom Fransiyadan ko‘p millionli qarzni qaytarishni talab qilgan edi.
Bulardan umumiy xulosa shuki, Qazzofiylar hukumat boshiga qaytishi Rossiya uchun ijobiy natija bo‘lardi. Bu Rossiya Liviyada qandaydir “puxta ish qilgani” uchun emas, balkim G‘arb davlatlarining navbatdagi xatosini ko‘rsatish uchun va dunyoda boshqa “Liviyalar” bo‘lmasligi uchun, va asosiysi, Liviyaning tinch va suveren kelajagi uchun.
Yangiliklar lentasi
0