TOShKENT, 14-yanvar - Sputnik. Liviya Milliy Armiyasining qo‘mondoni marshal Xalifa Xaftar Moskvadagi uchrashuv natijalari bo‘yicha Fayyoz Sarrajning Tripoli hukumati bilan sulh bitimini imzolamadi, deya xabar beradi Liviya manbasi RIA Novostiga.
Avvalroq Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yakuniy hujjatga mojaroning bir necha tomonlari (shu jumladan Sarraj va Oliy davlat kengashi rahbari Xolid Mishri) imzo chekkanini aytgan edi, ammo Xaftar qo‘shimcha vaqt talab qildi.
Kelishuv loyihasida aytilishicha, taraflar tomonidan barqaror sulh uchun aloqa liniyasini belgilashga kelishib olindi, hamda, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ish olib borishadi.
O‘tgan hafta Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Toyib Erdo‘g‘on Liviya bo‘yicha mushtarak pozitsiyani kelishib oldilar, o‘t ochishni to‘htatib, darhol muzokaralar uchun ko‘rishishga chaqirdilar. Dushanba kuni Xaftar va Sarraj Moskvaga yetib keldilar.
Liviyadagi vaziyat
2011 yilda AQSh va NATO boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Liviyada amaliyot o‘tkazdi, natijada Muammar Qaddafiyning o‘ldirildi va 40-yildan ko‘proq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan tuzum ag‘darildi.
Shundan so‘ng mamlakatda keskin inqiroz boshlandi. Sharqda Tobruk shahrida parlament xalq tomonidan saylanadi. Uni Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi (LNA) qo‘llab-quvvatlaydi. G‘arbda, Tripolida, Sarraj boshchiligidagi BMT va Yevropa Ittifoqi ko‘magi bilan Milliy kelishuv hukumati (PNS) tashkil etilgan.
Ikkita hokimiyat va xavfsizlik tizimining qulashi qurolli qo‘zg‘olonchi guruhlar va terroristik tashkilotlarning faolligini oshishiga olib keldi. Markazlashtirilgan hokimiyat va birlashgan armiya yo‘qligi sababli Liviya kontrabanda markaziga, shuningdek, noqonuniy muhojirlarning Afrikadan Yevropaga o‘tish joyiga aylandi.
2019 yil 4-aprelda Haftar Tripoliga "terroristlardan ozod qilish" uchun hujum boshladi. Hukumatga sodiq bo‘lgan qurolli kuchlar "G‘azab vulqoni" operatsiyasi boshlanganini e’lon qilishdi. So‘nggi bir necha oy ichida bir necha yuzlab odamlar halok bo‘ldi va minglab odamlar jarohatlandi.