Toliblar muvaffaqiyatiga qo‘shnilar qanday munosabatda?

© AP Photo / Muhammed MuheisenVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda toliblar ta’sir doirasining sezilarli kengayishi qo‘shni mamlakatlarda noaniq reaksiyani keltirib chiqardi.
Terrorchilarning Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumat kuchlari bilan janglardagi muvaffaqiyatlari xalqaro birlashuvga olib kelmadi. Hatto Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham endilikda tobora ko‘proq tashvish bildira boshladi.
Afg‘onistondagi vaziyat tashvishli ssenariy bo‘yicha rivojlanmoqda. Qobul 10-iyulga o‘tar kechasi tashqi sheriklarni, eng yaqin qo‘shnilar Hindiston va Xitoy nomini alohida ta’kidlab aytgan holda, afg‘on armiyasi va xavfsizlik kuchlariga terrorizmga qarshi kurashda texnik jihatdan (mamlakat ichki ishlariga aralashmagan holda) yordam berishga chaqirdi. Biroq, sheriklar o‘zlarini chetroq olishmoqda va neytralitetni saqlashga intilishmoqda.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2021
"Tolibon"* - 2021: uyushmami yoki allaqachon davlat?
Deyarli bir vaqtning o‘zida BMT rasmiy vakili toliblar tomonidan Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegaralardagi bir qator muhim o‘tish joylari egallab olinganidan xavotir bildirdi. Qandaydir mushtarak yordam ko‘rsatish variantlari (tinchlikparvarlik operatsiyasi) muhokama etilmayapti, cho‘kayotgan insonni qutqarish - cho‘kayotgan insonning o‘zining qo‘lida.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hindistonlik hamkasbi Subramanyam Jayshankar bilan juma kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha: "Toliblar Eron va Tojikiston bilan chegarada chegara postlarini egallab olishdi. Bu hozircha Afg‘onistonda sodir bo‘layapti, biz hech qanday chora ko‘rmoqchi emasmiz", degan edi. U "Afg‘oniston Islom Respublikasidagi ushbu vaziyat Rossiyani muammolar ittifoqdoshlar hududiga "quyilib o‘tishi" nuqtayi nazaridangina tashvishga solmoqda", deya aniqlik kiritgan edi.
Hindiston tashqi ishlar vaziri: "Afg‘onistondagi vaziyat bizning jiddiy e’tiborimizni tortmoqda, chunki bu mintaqaviy xavfsizlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqibatlarni keltirib chiqaradi" va "Afg‘onistonni kim boshqarishidan qat’iy nazar, u qonuniy hukumat bo‘lishi kerak", deya qayd etdi.
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2021
Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashishi ortidan chegara oldidagi Termiz qanday hayot kechirmoqda
Avvalroq, qo‘shni Xitoy, Eron va Pokiston Afg‘onistondagi "vaziyatni shoshmasdan va bir tekis o‘zgartirish" maqsadida xorijiy qo‘shinlarni tartibli va mas’uliyatli ravishda olib chiqishga chaqirishgan edi. Qo‘shinlarni chiqarish ishlari deyarli yakunlandi. Biz toliblarning mamlakatda hokimiyatni kuch bilan va to‘liq egallab olish, Islom Respublikasini "Islom amirligi" ga zo‘rlik bilan shakllantirish yo‘lidagi qat’iy qadamlariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Doha kelishuvida ko‘zda tutilgan amaldagi hukumat va boshqa siyosiy raqiblar bilan muzokaralar olib borilgan emas, boshqa har qanday davlat tuzilishi uchun zaxira variantlari bo‘lmasligi haqidagi bandga ham amal qilinmadi. Yaqin atrofdagi qo‘shnilar turlicha munosabat bildirishmoqda.

Sirli Turkmaniston

Tolibon 9-iyul kuni Turkmaniston bilan chegarada nazorat o‘tkazish punktini egallab oldi va Afg‘onistonning chegaradosh shimoliy viloyatlarida o‘z muvaffaqiyatlarini yanada rivojlantirishda davom etmoqda. Bu Ashxabodni maxsus xavfsizlik choralarini ko‘rishga majbur etmoqda. OAVlarda berilgan xabarlarga ko‘ra, Turkmaniston harbiy qo‘mondonligi Mariy viloyati janubiga qo‘shimcha qo‘shinlarni joylashtirgan. Kushka darosi yaqinidagi Serhetabat shahri hududida tank batalooni, artilleriya, maxsus kuchlar va boshqa bir qancha bo‘linmalar zirhlangan texnika bilan diqqatni jamlab turishibdi.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
“Tolibon”* yana bir chegara punktini egallab oldi
Bu tabiiy va kutilgan munosabat (reaksiya) deyish mumkin edi, biroq Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi 11-iyul kuni Afg‘oniston chegarasida vaziyatning keskinlashgani va u yerga qurolli kuchlar hamda harbiy texnika tortilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. "Ikki qo‘shni davlat va ular xalqlari o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari tufayli turkman-afg‘on chegarasi do‘stlik va hamkorlik chegarasiligicha qolmoqda", deya bayonot berdi rasmiy Ashxobod.
Sharq - nozik masala. Turkman tomoni an’anaga ko‘ra "Tolibon" harakati bilan yaxshi munosabatlarda va bir vaqtning o‘zida rasmiy Qobul bilan ham yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab keladi. "Tolibon"* vakillari 10-iyul kuni ikkinchi bor Ashxobodda bo‘lishdi va u yerda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xojiyev bilan muzokaralar o‘tkazishdi. Bu ma’lumotni toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Moxammad Naim Vardak tasdiqladi. Turkmaniston rasmiy Qobulning jig‘iga tegmoqchi emas, garchi shunday bo‘lsada, toliblar bilan muzokaralarda o‘zaro xavfsizlik va ehtimoliy qochqinlar oqimini bloklash variantlari masalalari muhokama qilindi.
Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Afg‘on qozoni qaynamoqda – Markaziy Osiyo yomon vaziyatga hozirlanmoqda
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 7-iyul kuni Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni muhokama qilish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar idoralari vakillarining konferensiyasi tashkil etildi. Avvalroq (1 iyulda) Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazgan, unda raketa uskunalarini Mariy va Lebap viloyatlarida - chegaradan 130 km masofada joylashtirish, Mariy-2 harbiy aerodromiga qo‘shimcha aviatexnikalar - shturm samolyotlari, vertolotlar va zarba beruvchi aviaguruhlarni joylashtirish muhokama qilingan edi.

Qattiqqo‘l O‘zbekiston

Qo‘shni Afg‘onistonda jangovar harakatlar avj olgani fonida mintaqadagi eng qudratli (Global Firepower versiyasi bo‘yicha) o‘zbek armiyasi to‘liq jangovar shay holatga keltirildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi KXShTga qaytish masalasini ko‘rib chiqmayapti. Prezident Adminstratsiyasi rahbari o‘rinbosari – prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 12-iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida shunday dedi: "Bizga KXShTga a’zo bo‘lish uchun takliflar tushmadi. Qolaversa, bizning qonunchiligimizda harbiy bazalar yaratish va bunday tashkilotlarga qo‘shilish taqiqlanadi".
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak –Asadov
Ushbu bayonot Afg‘onistondagi amaldagi hukumat bilan munosabatlarga ziyon yetkazmagan holda "yangi hukumat" bilan munosabatda bo‘lishga rozilik namoyishining o‘ziga xos ko‘rinishiga o‘xshaydi. Bu xayrixohlik ruhidagi neytralitet agar Afg‘oniston tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligiga tahdid qiluvchi xarakterdagi chegarani buzish holatlari ro‘y bergan taqdirda shu zahoti harbiy javob ko‘rinishini olishi mumkin. Eslatib o‘taman, 23-iyundan buyon Tolibon bilan bo‘lgan janglarda o‘nlab afg‘onistonlik chegarachilar va askarlar vaqti-vaqti bilan O‘zbekiston hududiga "chekinishmoqda", ularni shu zahotiyoq ortga qaytarishmoqda. Neytrallikka yetarli darajada qattiqqo‘llik bilan amal qilinmoqda.
Shu bilan birga, Rossiya Markaziy harbiy okrugining motoo‘qchi, artilleriya, muhandislik bo‘linmalarining eng ko‘p tayyorgarlik ko‘rgan qo‘mondonlari O‘zbekistonda mahalliy hamkasblari bilan Suriyadagi jangovar tajribalarini o‘rtoqlashishmoqda. Dasturdan - texnik razvedka vositalaridan foydalangan holda artilleriya o‘qlarini boshqarish, modernizatsiya qilingan BTR-82 bronetransportorlari qurollaridan foydalangan holda o‘q otish mashqlarini o‘tkazish, granatomotlardan nazorat o‘q otish mashg‘ulotlari, motoo‘qchilar bo‘linmalari tarkibida kunduzgi va tungi taktik mashqlar o‘rin olgan.
Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Rossiya KXShT bo‘yicha ittifoqchilarni himoya qilishga tayyor – Lavrov
Ilgariroq O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Islom Amirligi qaytishini qabul qilmasligini, biroq afg‘on inqirozida harbiy yechim yo‘qligi haqida bayonot qilgan edi. Afg‘oniston Markaziy Osiyoning integrallashgan qismiga aylanishi muhimligi qayd etilgandi. Buning uchun "Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga yagona mintaqaviy va xalqaro yondashuv" zarur. Ko‘plab noma’lumlar ishtirokidagi o‘ta murakkab tartibga solish sxemasi. Respublikada "Tolibon"* rasman terroristik tashkilot sanalmaydi, ammo toliblar tomonidan Faryob provinsiyasida yozilgan videoda oddiy jangarilar o‘zbek tilida gaplashishmoqda va bu Toshkent uchun jiddiy signaldir.

Qaynoq Tojikiston

Afg‘oniston shimoliy provinsiyalaridagi janglar, chegaradagi - Dushanbedan 150 km masofadagi otishma - Dushanbeda jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda. Tojikiston janubiy sarhadlarni mustahkamlash maqsadida 20 ming zaxiradagi askarlarni armiya xizmatiga chaqirdi. Umumiy uzunligi 1300 km dan oshadigan tojik-afg‘on chegarasining muhandislik uskunalari namunali qilib ko‘rsatishga yaramaydi va janubiy tomonda 900 km dan ortiq chegara toliblar tomonidan nazorat qilinadi. Afg‘onistonlik qochqinlar oqimi bilan bir qatorda Tojikistonga terrorchilar va giyohvand moddalar kirib kelishi xavfi tobora ortib bormoqda. Markaziy Osiyoning boshqa poytaxtlariga qaraganda Dushanbening "Tolibon"*ga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lishga moyilligi eng kam.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
“Tolibon”* Tojikiston bilan chegarada o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi
Afg‘oniston Islom Respublikasining milliy xavfsizlik kuchlarining o‘nlab askarlari va ofitserlari har kuni terrorchilar bilan janglarda halok bo‘lishmoqda, Afg‘onistonning aksariyat provinsiyalarida toliblarning hujumi "al-Qoida"* jangarilari faolligining oshishiga turtki bo‘ldi - uyushma qo‘lbola portlovchi vositalar, minalashtirilgan mashinalar va xudkush terrorchilardan foydalanadi. Yaqinda sodir bo‘lgan qator teraktlarda o‘nlab harbiy xizmatchilar va tinch aholi halok bo‘ldi.
Bundan tashqari, Afg‘onistonda hozirda Suriya va Iroqdan qochib borgan yo‘q qilinmagan 10 mingga yaqin "ID" jangarilari bor: tojiklar, qirg‘izlar, o‘zbeklar, uyg‘urlar, kavkazliklar – bu odamlarning hammasi chegarani kesib o‘tib, Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga kirib borishi mumkin. Afg‘onistondan chiqib ketish oldidan - mintaqani nostabillashtirish maqsadida - AQSh maxsus xizmatlari "ID"* jangarilarini chegara oldi provinsiyalar - Badaxshon va Toxar viloyatlarida ataydan "ekib ketgan" bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas.
Sovmestnie ucheniya s KSOR ODKB Vzaimodeystvie-2019 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Ertaga urush bo‘lsa: ODKB operguruhi tojik-afg‘on chegarasida ishlamoqda
Afg‘on urushi hozircha KXShT mamlakatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatgan emas, ammo Tojikiston aholisi juda qattiq havotir olmoqda, va ular "Tolibon"*ning qo‘shni davlatlar chegaralari daxlsizligi haqidagi va’dalariga ular to o‘z ichki muammolarini hal qilib olgunga qadar ishonish mumkin, deb o‘ylashadi. "Afg‘on qozoni" portlashi mumkinligi ehtimolini hisobga olgan holda, RF Mudofaa vazirligi o‘tgan o‘n kun mobaynida janubiy yo‘nalishda turli yo‘nalishdagi qator manevrlarni o‘tkazib keldi. Rossiya istalgan vaqtda Tojikiston xavfsizligini ta’minlash maqsadida 201-harbiy bazasi bo‘linmalarini ishga solishga tayyor. KXShT tezkor guruhi bevosita tojik-afg‘on chegarasida faoliyat olib bormoqda.

Qat’iyatli Eron

Toliblar Eron bilan chegarani 9-iyuldan boshlab nazoratga ola boshlagan. Tehron maxsus 65-havo-desant brigadasini va og‘ir zirhli texnikani, shu jumladan T-72S va BMP-2 taknlarini ham Afg‘oniston bilan chegara yaqiniga olib kelib qo‘ydi. Shu bilan birga Eron TIV matbuot-kotibi Said Xatibzoda front yaqinlashib kelayotganiga qaramay, Afg‘oniston bilan chegara tumanlarida vaziyat nazorat ostida, deya ishontirdi.
Toliblar tomonidan Islom Qala va Abu Nasr Faraxiy chegara punktlarini egallab olingach, bir necha afg‘onistonlik mutaxassislar boshpana ilinjida Eron hududiga o‘tishdi. Eron Islom Respublikasi Bojxona boshqarmasi korxonalarga eksport yuklarini toliblar tomonidan qo‘lga olingan Afg‘oniston bilan chegaradagi nazorat punktlari orqali yubormaslikni qat’iy tavsiya qildi.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iyulda Toshkentga keladi
Tehronning afg‘onistonlik "amirlik quruvchilari" ga munosabati boshqacha. Shia Eroni toliblar "davlati"ning fundamental sunniy modelini qonuniylashtirishga tayyor emas va ko‘p yillar davomida "Tolibon"* nazorati ostida bo‘lgan afg‘on narkotrafigiga qarshi qattiq kurashib keladi (hatto o‘lim jazosi ham kuryerlarni to‘xtata olmayapti).
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra afg‘on narkobaronlarining yillik daromadi taxminan 70 milliard dollarni tashkil qiladi va ular afun yetishtirish va sotish uchun toliblarga 10 foiz "soliq" to‘lashadi. Amerikaliklar ketgach muammolar ortadi. Agar giyohvand moddalar ishlab chiqarish butunlay yo‘q qilinsa, Afg‘onistonda aholining 95%i qashshoqlik darajasiga kelib qolishi mumkin. Binobarin, yaqin istiqbolda Eron qo‘shni davlatdagi "yangi hukumat" dan hech qanday yaxshilik kutmaydi.

Pokiston, Xitoy, Hindiston – Osiyo "bermud uchburchagi"

"Tolibon"*ning Xitoy, Pokiston, Hindiston bilan munosabatlarida "oq dog‘lar" hammadan ham ko‘ra ko‘proq. Afg‘onistonga qo‘shni bo‘lgan bu uchta davlatda jami 3 milliarddan ortiq aholi istiqomat qiladi va bu mamlakatlar Qobulga ulkan harbiy-siyosiy va iqtisodiy ta’sir ko‘rsata oladi. Agar Pekin, Islomobod va Nyu-Deli qarashlarini umumiy ko‘rsatkichga keltirishning imkoni blganida edi, Afg‘onistondagi urush o‘tgan asrdayoq batamom yakun topgan bo‘lar edi.
Afganistan v ogne: zaxvatat li talibi Pandjsherskoe ushelye i vsyu stranu?
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
“Tolibon”* Panjshir darasini va butun mamlakatni egallab oladimi?
Toliblar o‘t yomg‘iri ostida bir sutka ichida 160dan ziyod afg‘on harbiy xizmatchilari Pokiston hududiga o‘tib ketdi. "Tolibon"* harakati aynan Islomobod qo‘llab-quvvatlovi ostida 1994-yilda tashkil topgan va tezda kuchayib ketgan (harakat a’zolari 1996-yilda Qobulni egallab olishgan). Bugungi kunda esa Pokiston o‘zini "shogirdlarga" hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydigandek ko‘rsatmoqda. Biroq, "Tolibon"ga qarindosh bo‘lgan - "al-Qoida"* tashkilotining asoschisi Usama bin Laden vafotiga qadar Abbotoboddagi Pokiston harbiy akademiyasidan 1300 metr masofada joylashgan uyda oilasi bilan yashagan va bu ba’zi bir "asosiy qadriyatlar" hamda terroristik tashkilotlarning boshqarilishi haqida yorqin dalil sanaladi.
Tabiiyki, Pokistonning Markaziy va Janubiy Osiyodagi manfaatlari Xitoy va Hindiston manfaatlariga ko‘pincha mos kelmaydi. Hindiston va Xitoy rivojlanishda antagonistik bo‘lib, "afg‘on xaritasi"dan o‘z milliy manfaatlari yo‘lida foydalanishga bel bog‘lagan.
Lyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevix deystviy, na odnoy iz ulis Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Kobul butun Afg‘onistondagi qochoqlar uchun boshpana bo‘lmoqda
Xitoyning Global Times nashri shunday yozadi: "Muhim qo‘shni va yirik derjava sifatida Xitoy qo‘l qovushtirib, afg‘on ishlaridan chetda o‘tira olmaydi". Va baribir o‘z yo‘lidan boradi. Bu nimani anglatsa?
Financial Times nashri ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy toliblarga Afg‘onistonda hamkorlik qilish taklifini bildirgan, ammo buning evaziga ular uyg‘ur "Sharqiy Turkiston Islom harakati" bilan hamkorlikdan voz kechishlari lozim. Ehtimolki, Pekinni "Buyuk ipak yo‘li" kelajagi, iqtisod tashvishga solmoqda, aslo toliblar mafkurasi va davlat loyihalari emas.
Hindiston Qobuldagi amaldagi hukumat bilan hamkorlik qilishga qat’iy qaror qilgan va noqonuniy "Tolibon"*ga nisbatan diplomatik takalluflarni xazm qilmaydi. Shu tariqa, yuqorida tilga olingan uchta qo‘shni va juda qudratli davlatlar Afg‘onistonga xolislik bilan faqatgina uzoq muddatli beqarorlikni kafolatlashmoqda. Fikrimcha, barcha yaqin qo‘shnilar rikoshetdan bebahra qolmaydi.
* – Rossiyada ta’qiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0