Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashishi ortidan chegara oldidagi Termiz qanday hayot kechirmoqda
12:43 11.07.2021 (yangilandi: 12:56 11.07.2021)
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Obuna bo‘lish
AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishidan so‘ng u yerda “Tolibon”* vakillari faollashdi. Ular chegaraning deyarli asosiy qismini nazorat qilmoqda va bu MOda xavotirga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston vaziyatni kuzatmoqda va hammasi o‘z iziga tushishiga umid bildirmoqda.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Ramiz Baxtiyarov. Afg‘onistonda vaziyat keskinlashgan. Avvalgidek hukumat kuchlari va toliblar qarama-qarshiligi kuzatilmoqda. “Tolibon”* vakillari 70 foizgacha davlat chegarasini, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bo‘lgan chegarani nazorat qilmoqda.
Moskvadagi muzokaralarda bo‘lib turgan harakat vakillari qo‘shni davlatlarga hujum qilmaslikka va’da berib, giyohvand moddalari va qurol kontrabandasiga qarshi kurashishga ishontirishmoqda. Shu bilan birga toliblar yuklarning tranzit tashilishiga kafolat bermoqda.
Ammo mintaqa mamlakatlari vaziyat yanada keskinlashgan taqdirda to‘liq shay holda turibdi: KXShT mutaxassislari maslahatlashuv va qo‘shma mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda, O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa idoralari vaziyatni nazorat qilmoqda.
Afg‘onistonga eng yaqin bo‘lgan Termiz shahri qanday hayot kechirmoqda? Mahalliy aholi tashvishga tushganmi, evakuatsiya belgilari yoki boshqa xavotirga sabab bo‘luvchi holatlar kuzatilyaptimi – Sputnik muxbiri bularni o‘rgandi.
Termizda xotirjamlik hukmron
Chegara yaqinida joylashgan Termiz shahri, koronavirus kiritgan ayrim cheklovlarni hisobga olmaganda, odatdagidek hayot kechirmoqda. Shaharda biror bir vahima yoki xavotir ko‘zga tashlanmaydi. Hamma do‘kon va tashkilotlar odatiy tarzda ishlayapti. Faqat chegaradagi o‘tkazish punktidagi cheklovlarni tilga olish mumkin, bu ham ko‘proq pandemiya bilan bog‘liq.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Shaharda qo‘shni Afg‘onistondan bo‘lgan ishbilarmonlar talaygina. Ularning u yerda do‘kon yoki barlari bor.
Ishbilarmonlar o‘z mamlakatidagi vaziyatni xotirjamlik bilan baholashadi va amerikaliklar ketgandan keyin Afg‘onistondagi nizo barham topishiga va O‘zbekistonga yana sayyohlar va janubdan qarindoshlari kelishiga umid qilishmoqda.
Shaharda hech qanday pasport nazoratining kuchaytirilishi yoki komendatlik soati yo‘q – hamma bamaylixotir bir joydan boshqa joyga borib kelib yuribdi. Bozorlar, savdo markazlari, AYoQShlar, bolalar bog‘chasi, restoranlar, transport odatdagidek ishlamoqda. Asosiysi – koronavirusdan himoyalanish uchun sanitariya va karantin talablariga qilmoq.
Afg‘on ta’tillari
Termizda mana bir necha yildir 186 nafar afg‘onistonlik talabalar tahsil oladigan o‘quv markazi faoliyat yuritadi. Oliygoh rahbarining ma’lum qilishicha, o‘quv yili yakunlanishi bilan 111 nafar talaba ta’tilni o‘tkazish uchun oilalari bag‘riga qaytishgan.
Markaz direktori Oybek Ro‘ziyevning so‘zlariga ko‘ra, talabalar bilan muloqot qilib turibdi, ularning bari o‘z uylariga yaxshi yetib olishgan. Hozir o‘quv vazifalarini bajarishmoqda. U yerda hech qanday muammo yoki qo‘rqish uchun sabab yo‘q.
“Hozir ularning asosiy vazifasi – ta’lim olish va yetuk mutaxassis bo‘lish, kelajakda o‘z malaka va ko‘niklaridan o‘z mamlakatlaridagi temir yo‘l va ta’lim sohalarida foydalanish. Ular Afg‘onistondagi ichki siyosiy vaziyat bilan qiziqishmaydi va shug‘ullanishmaydi. Agar ular uylariga ketishni istashmasa, ularga hatto ta’til vaqtida bu yerda qolishni taklif qildik. Ya’ni Afg‘onistondagi so‘nggi vaziyatlar tufayli ulardagi bezovtalik va qo‘rqishni ko‘rmadik”, - deydi Ro‘ziyev.
U Afg‘onistondagi barqarorlik nafaqat qo‘shni respublika fuqarolarining o‘zi, balki umuman butun mintaqa uchun muhimligini qo‘shimcha qildi. Mamlakatning ulgan savdo-iqtisodiy va tranzit salohiyati mavjud. Ulardan bozorning barcha ishtirokchilarining farovonligi yo‘lida foydalanish mumkin.
Afg‘onlararo mojaroga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘quv markazi rahbarining ishonchi komilki, uni faqat diplomatik va tinchlik yo‘li bilan hal qilish mumkin va u hech qanday kuch yo‘li bilan hal qilinmasligi darkor.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
O‘zbekistonda qolgan afg‘onistonlik talabalar ham kelajakka umid bilan qarashmoqda va oxir-oqibat janjallashayotgan tomonlar o‘zaro kelishib olib, Afg‘onistondagi ko‘p yillik urushga nuqta qo‘yishlariga umid qilishmoqda.
“Men bo‘lajak temiryo‘lchi sifatida mamlakatimiz gullab-yashnashi, yangi infratuzilmalar qad rostlashini istayman. Yagona Afg‘onistonni bunyod etmoq zarur”, - deydi talabalardan biri.
Yuk mashinalar karvoni
“Termez Kargo Sentr” MChJ Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan yirik logistik terminaldir. U besh bildan buyon faoliyat yuritadi va bosqichma-bosqich hajmlarni ko‘paytirmoqda. Afg‘oniston yildan-yilga yanada istiqbolliroq yo‘nalish bo‘lib bormoqda. Hozir asosan mavsumiy mevalar va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashilmoqda. Pokistondan Afg‘oniston orqali kartoshka keltirilmoqda, O‘zbekistodan janubga loviya, no‘xat va boshqa mahsulotlar ortilgan yuk mashinalari yo‘l olmoqda.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Markaz birdagina bir nechta vazifani bajaradi: bojxona ko‘rigi, yuklash-tushirish ishlari, terminal omborlarida tovarni saqlash hamda yuklashlarga ishlov berish va ularni avtomobildan temir yo‘l transportiga keyin boshqa mamlakatlarga jo‘natish yuklash.
“Afsuski, Afg‘onistondagi vaziyat ishimizni biror to‘xtatib qo‘ydi. – hajmlar tushib ketdi. Biroq biz bir oydan keyin yuk tashish ishlari avvaldidek qayta tiklanadi deb o‘ylayapmiz”, - deydi “Termez Kargo Sentr” direktori Nodirbek Jalilov.
Shu bilan birga tranzit davom etmoqda va hech qanday to‘liq blokada kiritilmayapti.
O‘tkazish punktidagi vaziyat: begonalarning kirishi taqiqlanadi
O‘zbek-afg‘on chegarasidagi nazorat o‘tkazish punkti ayrim cheklovlar bilan ishlamoqda. Ular avvalo karantin choralariga bog‘liq, lekin qo‘shni mamlakatdagi vaziyat ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
O‘zbekistonga asosan biznes vizasi bor tadbirkorlar, xorijiy davlatlarning diplomatik raqamlari bor avtomobillar kirishi mumkin.
Shuningdek, o‘tkazish punkti orqali logistik markaz sari borayotgan yuk transporti o‘tkazilmoqda. O‘zbekistondan Afg‘onistonga o‘tishning ham imkoni bor, lekin buning uchun jiddiy asoslar kerak, masalan, oilaviy vaziyat yoki boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar.
Chegarada vaqti-vaqti bilan sariq afg‘on raqamlari bo‘lgan mashinalar paydo bo‘ladi – bu xarid qilish uchun yoki o‘z ishlari bilan O‘zbekistonga kelayotgan tadbirkorlar. Chegarada vataniga qaytayotgan Afg‘oniston fuqarolarini ham ko‘rish mumkin.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Umuman olganda Termizda vaziyat tinch. Amudaryoning qarama-qarshi sohilida joylashgan Xayraton osuda bo‘lib ko‘rinadi.
Ko‘pchilik Markaziy va Janubiy Osiyodagi vaziyatga bag‘ishlangan konferensiyadan keyin biror bir o‘zgarishlar bo‘lishini kutmoqda. Xalqaro anjumani 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda mintaqa davlatlari TIV rahbarlari ishtirok etadi, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning tashrifi kutilmoqda. Munozaralarda ishtirok etish niyatini Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ham bildirgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlagan terrorchilik tashkiloti
© Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
© Ramiz Baxtiyarov