https://oz.sputniknews.uz/20210712/chegaralarimiz-daxlsizligi-hech-qanday-shubha-ostiga-qoyilmasligi-kerak-asadov--19640190.html
Chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak –Asadov
Chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak –Asadov
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda vaziyat keskinlashgandan buyon bir necha bor qo‘shni davlatning qurollangan harbiylari O‘zbekiston chegarasini noqonuniy buzib o‘tmoqchi bo‘lgan. 12.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-12T12:46+0500
2021-07-12T12:46+0500
2021-07-12T12:46+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
chegara
afg‘oniston
sherzod asadov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19609484_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_56415a31f9f756d3ced00f22bdac026f.jpg
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston davlat chegaralari daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak. Bu haqda 12-iyul, dushanba kuni o‘tkazilgan brifingda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda vaziyat keskinlashgandan buyon bir necha bor qo‘shni davlatning qurollangan harbiylari mamlakat chegarasini noqonuniy buzib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu paytga qadar ularning umumiy soni 150 kishiga yetgan. Ularning hammasi zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng o‘z davlatiga qaytarib yuborilgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida birorta Afg‘oniston fuqarosi noqonuniy boshpana topmagan.Prezident matbuot kotibi O‘zbekiston ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini ta’kidladi.“Afg‘onistonda bo‘layotgan hozirgi to‘qnashuvlar va ziddiyatlar Afg‘onistonning ichki ishi va biz bunga aralashmaslik tarafdorimiz”, - deya xulosa qildi u.
https://oz.sputniknews.uz/20210706/ozbekiston-afgoniston-bilan-chegaradagi-vaziyatni-nazorat-qilmoqda--dxx--19555834.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19609484_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_2b80f72b4594a04e3e41b53bf9ec364d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, chegara, afg‘oniston, sherzod asadov
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, chegara, afg‘oniston, sherzod asadov
Chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak –Asadov
Afg‘onistonda vaziyat keskinlashgandan buyon bir necha bor qo‘shni davlatning qurollangan harbiylari O‘zbekiston chegarasini noqonuniy buzib o‘tmoqchi bo‘lgan.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston davlat chegaralari daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak. Bu haqda 12-iyul, dushanba kuni o‘tkazilgan brifingda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda vaziyat keskinlashgandan buyon bir necha bor qo‘shni davlatning qurollangan harbiylari mamlakat chegarasini noqonuniy buzib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu paytga qadar ularning umumiy soni 150 kishiga yetgan. Ularning hammasi zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng o‘z davlatiga qaytarib yuborilgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida birorta Afg‘oniston fuqarosi noqonuniy boshpana topmagan.
Oldin aytib o‘tganimdek, chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak. Hech qanday noqonuniy o‘tishlarga bizlar yo‘l qo‘ymaymiz.
Sherzod Asadov
Prezident matbuot kotibi
Prezident matbuot kotibi O‘zbekiston ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini ta’kidladi.
“Afg‘onistonda bo‘layotgan hozirgi to‘qnashuvlar va ziddiyatlar Afg‘onistonning ichki ishi va biz bunga aralashmaslik tarafdorimiz”, - deya xulosa qildi u.