NATO Qora dengiz bo‘yicha aniq qarorga keldi - Rossiya javobi qanday bo‘ladi?

© Foto : Commander, U.S. Naval Forces Europe-Africa/U.S. 6th FleetVoyennie korabli Severoatlanticheskogo alyansa
Voyennie korabli Severoatlanticheskogo alyansa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Obuna bo‘lish
Dengiz chegaralarining buzilishi, Rossiyaga qarshi mashg‘ulotlar va ittifoqchilarni qurol bilan qo‘llab-quvvatlash - Fiolent bo‘g‘ozida Britaniyaning "Defender" esminetsi bilan sodir bo‘lgan voqeadan keyin uzr o‘rniga yangi tahdidlar yangray boshladi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik, Nikolay Protopopov. Dengiz chegaralarining buzilishi, Rossiyaga qarshi mashg‘ulotlar va ittifoqchilarni qurol bilan qo‘llab-quvvatlash - Fiolent bo‘g‘ozida Britaniyaning "Defender" esminetsi bilan sodir bo‘lgan voqeadan keyin uzr o‘rniga yangi tahdidlar yangray boshladi. NATOdagilarning rejasi aniq: alyansning Qora dengizni tark etish niyati yo‘q. Boz ustiga, u nafaqat o‘z kontingentini kuchaytirishni, balki Rossiya hududiy suvlari yaqinida fitnalarni davom ettirishni reja qilgan.

Tribanadan yangragan va’dalar

NATO bosh kotibining Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili Jeyms Appaturay so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy atlantika alyansi ittifoqdoshlar va sheriklarni qo‘llab-quvvatlash uchun Qora dengiz regionida qolmoqda.
"Kemalar harakati erkinligi, qolaversa Qrim masalasiga kelganda, NATO pozitsiyasi aniq. Qrim - bu Ukraina, Rossiya emas. Hodisa vaqtida ("Defender" esminetsi bilan. — tahr.) NATO ittifoqdoshlari ushbu tamoyillarni himoyalash uchun qat’iyatni namoyish etishdi", — dedi Appaturay.
Ucheniya Sea Breeze 2021 nachalis s provokatsiy u beregov Krima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
NATO harbiy mashqlari Qrim yaqinida provokatsiyalar bilan boshlandi - video
Buyuk Britaniya tashki ishlar vaziri Dominik Raab, o‘z navbatida, ingliz harbiy kemalari "Ukraina hududiy suvlariga kirishni davom ettirishi" haqida bayonot qildi. Qoidabuzar-esmines tanlagan marshrutni esa Odessadan Gruziyaning Batumi shahriga eltuvchi eng qisqa xalqaro yo‘l, deya atadi u.
"Xalqaro normalarga muvofiq, Ukraina hududiy suvlari orqali hech qanday to‘siqlarsiz o‘tishga to‘liq haqlimiz. Biz bu ishni davom ettiramiz", — deydi oliy lavozimli amaldor.
Shunisi aniq-ki, Rossiya NATO mamlakatlari Harbiy dengiz kuchlaridan navbatdagi fitnalarni kutib qoladi. Umuman olganda, Raab so‘zlariga Kreml munosabati ham o‘zini ko‘p kuttirgan emas. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov dengizdagi davlat chegarasi kelishilmagan holda kesib o‘tiladigan taqdirda, Moskva barcha zarur choralarni ko‘rishini qayd etdi. Bu kabi hodisalarning oldini olishning eng samarali usuli - shunchaki hech qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik, deya qo‘shimcha qildi u.
Voyennie ucheniya v Litve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
“Ularga kim bosh ekanligini ko‘rsatib qo‘yamiz”: NATO qo‘shinlarini Ukrainaga olib kelmoqda
Aytgancha, "Defender" o‘tgan kunning ertasiga uning "jasorati"ni gollandlar ham takrorlashga urindi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, neytral suvlarda bo‘lgan Niderlandiya dengiz flotining Evertsen fregati o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, Kerch bo‘g‘oziga qarab harakatlana boshlagan. Chegara buzilishi holatining oldini olish uchun HKK samolyotlari kema yaqinida ogohlantiruvchi parvozlarni amalga oshirgan.

Gollandlar qiruvchilar bir necha soat davomida "hujumlarni imitatsiya qilishgani", "juda xavfli va past" parvozlarni amalga oshirganidan shikoyat qilganlar. Bundan tashqari, ularning so‘zlariga ko‘ra, samolyotlarda bombalar va "havo - sath" klassidagi raketalar ham bo‘lgan. Ular buni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan.
Harbiy fanlar akademiyasining muxbir-a’zosi Sergey Sudakovning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya va NATOning boshqa mamlakatlari uchun hozir Rossiya bilan ziddiyatni saqlab qolish muhim. Shuning uchun ular Qora dengizda provokatsiyalarni davom ettirib, Rossiya hududiy suvlariga noqonuniy kirishlarni muntazam amalga oshiradilar. Aytgancha, chegarani buzib o‘tadiganlar bitta kema emas, balki bir nechta vimpellardan iborat karvonlar ham bo‘lishi mumkin.
"Ular davlatning o‘ta zaif davrida ayniqsa faol bo‘lishadi - bu, qoidaga ko‘ra, mamlakatda yuz beradigan muhim voqealardan taxminan 90 kun oldingi davrdir. Bizning holatimizda, bu sentabr oyida Davlat Dumasiga bo‘lib o‘tadigan saylovlardir. Hozirda keng ko‘lamli aqliy va axborot gibrid urushi olib borilmoqda ", deya tushuntiradi Sudakov.

Sodiq do‘stlar

Aytish kerakki, so‘nggi yillarda NATO Qora dengiz mintaqasidagi mavjudligini sezilarli darajada kuchaytirdi. Alyans kemalari bu yerda turli xil formatdagi mashqlarni havas qilarli darajada muntazam ravishda o‘tkazadilar, va dushman sifatida, afsonaga ko‘ra, odatda Rossiya o‘rtaga chiqadi. NATOning yaqin ittifoqchilari esa aslida o‘zining to‘liq tarkibdagi harbiy flotiga ega bo‘lmagan Gruziya va Ukrainadir.
Rossiya Qora dengizning qator hududlarini chet el kemalari uchun yopmoqda
Ma’lumki, Gruziya harbiy-dengiz kuchlari 2008-yilgi mojarodan keyin o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Faqat qirg‘oq muhofazasi shartli ravishda jangovar shaylikka ega bo‘lib, unga flot shaxsiy tarkibini va bir nechta katerlarni qo‘shib berishgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Gruziyani tinchlikka majburlash bo‘yicha operatsiya davomida Rossiya Mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari Poti portidagi harbiy markirovkaga ega bo‘lgan barcha kater va kemalarni portlatgan.

Yana bir nechta vimpellarni rossiyalik dengizchilar Abxaziya qirg‘og‘idagi janglarda e’lon qilingan xavfsizlik zonasida yo‘q qilganlar. Akvatoriyani Qora dengiz flotining ikkita yirik desant va bir juft raketa kemalari patrul qilishgan. Ular chegarani buzgan holda tobora yaqinlashib kelayotgan bir guruh gruzin harbiy katerlarini aniqlaganlar. Gruziyaning ikkita kichik raketa kemalari kemalarga qarshi raketalar yordamida cho‘ktirilgan bo‘lsa, qolganlari qochib qolgan.
Bugun NATO — xususan, AQSh ham — gruzin flotini jonlantirishga harakat qilmoqda. Xususan, Turkiya Tbilisiga tezurar patrul katerini bergan bo‘lsa, amerikaliklar yana ikkitasini qayta tiklashga va modernizatsiya qilishga yordamlashdi, shuningdek, Gruziyaga qurollar safidan chiqarilgan Qirg‘oqni qo‘riqlash kemalaridan bir juftini sovg‘a qildi.
Bundan tashqari, Vashington Gruziyaning" boshqa harbiy vositalari ta’miriga" bir necha million dollar ajratgan.
Ucheniya Sea Breeze 2021 nachalis s provokatsiy u beregov Krima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
NATO harbiy mashqlari Qrim yaqinida provokatsiyalar bilan boshlandi - video
NATO dengizchilari - Gruziya portlarida, ta’bir joiz bo‘lsa xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan aksiyalar doirasida, tez-tez mehmon bo‘lishadi. Vaqti-vaqti bilan qo‘shma mashqlar o‘tkaziladi. Xususan, may oyida "Gamilton" patrul kemasi va Gruziya qirg‘oqni qo‘riqlash kemalari dengizda bir necha jangovar-mashg‘ulotlarni bajarishdi.
Ukraina floti ham hozir ayanchli ahvolda. 2014-yilda shusiz ham kamsonli bo‘lgan harbiy dengiz kuchlari (HDK) qariyb jangovar kemalarsiz qoldi. Taxminlarga ko‘ra ular salohiyatning taxminan 80 foizini yo‘qotgan.
Bugungi kunda Ukraina HDKda 30ga yaqin kemalar mavjud bo‘lsa-da, ammo ularning harakatlana oladiganlari - sanoqlidir. Aksariyat vimpellarning dvigatellari, radiolokatsiya stansiyalari va qurol-aslaha tizimlari ishlamaydi.
Umuman olganda, NATO Ukraina HDKlariga Gruziyanikiga qaraganda ko‘proq yordam beradi. Amerikaliklar ittifoqdoshlar flotini 16 ta Mark VI patrul katerlari va bir juft avval foydalanilgan Island klassidagi katerlar bilan kuchaytirish va’dasini bergan.
Korabli Kaspiyskoy flotilii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?
Inglizlar UHDK harbiy xizmatchilari mashg‘ulotlari uchun butun boshli dasturni ishlab chiqishgan: ularni navigatsiya, tezkor rejalashtirish, dengiz razvedkasi, kemalarning o‘q otish va jon saqlash bo‘yicha tayyorgarligiga o‘rgatishadi.
Yaqinda esa Kiyev va London harbiy sohada hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risida memorandum imzolashdi, bu hujjat doirasida britanlar Qora dengiz va Azov dengizi qirg‘oqlarida bir yo‘la ikkita bazani qurishni rejalashtirishmoqda. Kutilishicha, natochilar bu yerda Montre konvensiyasini chetlab o‘tgan holda jangovar kemalarni joylashtirishlari mumkin. Bundan tashqari, ukrainaliklarga yangi vimpellarni qurishda va mavjudlarini modernizatsiya qilishda yordam berishadi.

Adekvat javob

U yoki bu tarzda mintaqadagi asosiy kuch - bu Rossiya Qora dengiz flotidir. So‘nggi yillarda birlashma tubdan o‘zgardi va endi HDKdagi eng zamonaviy va jangovarlar sirasiga kiradi.
Bu 260 ga yaqin kema, katerlar, suvosti qayiqlari va ta’minot kemalaridir. Suv usti jangovar vimpellari - 70 donaga yaqin, aviatsiya tashuvchi guruhlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan "Moskva" flagman raketa kreyseri shular jumlasidan. U deyarli har qanday dengiz nishonini yo‘q qila oladi. Kema 1980-yillardan beri ekspluatatsiya qilib kelinadi, ammo yaqinda chuqur modernizatsiyadan o‘tdi, bu esa uni yana bir necha o‘n yillar davomida samarali ishlatishga imkon beradi.
Qora dengizga yana AQSh esminetsi kirib keldi: buyog‘i nima bo‘ladi
Qora dengiz floti HDFda birinchi bo‘lib 636.3 loyihasidagi dunyodagi eng yangi va eng shovqinsiz "Varshavanka" dizel suvosti kemalarini o‘zlashtirdi. Oltita submarinalar Qora dengizdagi NATO HDKning harakatlarini muntazam ravishda kuzatib boradi, shuningdek, O‘rtayer dengizida xizmatga chiqadi.
Flotning sobiq qo‘mondoni, admiral Vladimir Komoyedovning so‘zlariga ko‘ra, 20-yil oldin hamma narsa boshqacha edi: birlashma jangovar kuch jihatidan ancha orqada edi, masalan, turklarnikidan deyarli besh marta zaif bo‘lib, agar regionga O‘rtayer dengizidan NATO guruhlari kirib keladigan bo‘lsa, ularning afzalligi o‘n yoki hatto yigirma marta yuqori bo‘lardi.
Muzni yorib, suv yuziga ko‘tarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni tashvishga soldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Muzni yorib, suv yuziga ko‘tarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni cho‘chitib yubordi
"Men tayinlashganda, flotda bir yarimta suvosti kemasi bor edi - bitta "Varshavanka" va bitta, 641 ta loyihadagi kema, u ham bo‘lsa ta’mirda edi. Endi kemalar yetarli va ular butunlay boshqacha qurollangan, nafaqat taktik, balki tezkor-strategik vazifalarni yechishga qodir", - deydi admiral.
2016 yilda qora dengiz flotidagilar "Kalibr" qanotli raketalari, shuningdek, patrul va kichik raketa kemalar bilan jihozlangan zamonaviy ko‘pnishonli uzoq dengiz zonasi uchun mo‘ljallangan 11356 loyihasidagi fregatlarga ega bo‘lishdi. Bir so‘z bilan aytganda, Qora dengiz floti alyansning har qanday fitnasiga javob qaytarish imkoniyatiga ega.
Yangiliklar lentasi
0