Qora dengizga yana AQSh esminetsi kirib keldi: buyog‘i nima bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Rossiya qirg‘oqlari yaqinida Pentagon manevrlariga aviatsiya va dengiz kuchlari yordamida faol qarshi turish Rossiya Federatsiyasi xavfsizligi shartidir. Shu bois, Rossiya jangovar harakatlarga tayyor va ayni vaqtda qisilgan prujina holatida turibdi
Qora dengiz akvatoriyasiga 28-yanvar kuni joriy yilda hisob bo‘yicha ikkinchi amerika esminetsi - "Porter" kirib keldi - u Rossiya Qora dengiz floti va Havo-kosmik kuchlari tomonidan tezkorlikda aniqlandi.
Samolet Su-24 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
AQSh kemasi yonidan Su-24 bombardimonchisi uchib o‘tishi videoga olindi
Mashg‘ulotlar davomida 30-yanvar kuni sakkizta qiruvchilar va bombardimonlar (bir juftdan Su-30SM, Su-24M, Su-27, Su-34) Qrim va Krasnodar o‘lkasidagi aviabazalardan havoga ko‘tarildi va Qora dengizning g‘arbiy qismida kema bo‘ylab shartli raketa-bomba zarbasini yo‘llashdi.
Shu bilan birga, amerikaliklarga ittifoqdosh bo‘lgan Bolgariya va Ruminiya Harbiy havo kuchlari hattoki joyidan siljiy olmadi yoki shunchaki jangovar reaksiyani ko‘rsatishga ulgurmadi. Yodga solish joizki, "Porter" 23-yanvar kuni Rossiya HKK tomonidan shartli ravishda yo‘q qilingan birtipli ("Arli Berk") "Donald Kuk" esminetsi bilan hamkorlikdagi harakatlar uchun yo‘l olayotgan bo‘lgan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi qora dengizga taalluqli bo‘lmagan mamlakatlar jangovar kemalarining Qora dengizda bo‘lib turishi barqarorlikni mustahkamlamaydi, deya ko‘p bora qayd etgan. AQShning Ukrainadagi elchixonasi 28-yanvar kuni Qora dengizdagi AQSh HDKga tegishli "Porter" esminetsi NATO ittifoqchilari va sheriklarini qo‘llab-quvvatlash uchun xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan harakatlarda qatnashishini ma’lum qildi. Bu go‘yoki, Montre konvensiyasi doirasida va xalqaro suvlarda amalga oshirilmoqda.
Atomnaya podvodnaya lodka VMF Rossii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2021
Putin “matroshkasi” yoki Rossiyaning yangi suv osti kemasi haqida nimalar ma’lum bo‘ldi
Afsuski, AQSh Harbiy dengiz kuchlari dengizlarning alohida uchastkalarini Rossiyaniki deb tan olmaydi va ataydan mojaroli holatlarni yuzaga keltirishadi. Sal avval "Jon Makkeyn" esminetsi Petr Velikiy qo‘ltig‘ida (Vladivostok yaqinida) RF chegarasini buzdi va taran qilinish tahdidi bilan kemalarga qarshi qo‘llaniladigan Tinchokeani flotining ulkan "Admiral Vinogradov" kemasi bilan neytral suvlarga quvib chiqarilgan edi.
Amerikaning "dengiz erkinligi" namoyishlari Qrim yarim oroli yaqinlarida ham sodir bo‘lishi istisno etilmaydi. AQSh HDKda bu singari fitnalarni "pozitsiyalar keskinlashuvi va qat’iy qarshilik" deya ataydilar. Qora dengizda qarama-qarshilikni xohlovchilar yanvar va fevralda texnologik kamsitishning butun achchig‘ini o‘zlarida tatib ko‘rishdi - reallikka xush kelibsiz.
Noveyshiy korvet Gremashiy na ispitaniyax v Baltiyskom more - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2021
"G‘arb uni asosiy tahdid deb biladi". Rossiya eng katta atom kemasini yangilamoqda

Hayot va o‘lim orasida

Amerika esmineslari "Donald Kuk" va "Porter" 28-yanvar kuni Qora dengizda allaqanday operatsiyani amalga oshirishdi, NATOdagilar esmineslarning paydo bo‘lishini Rossiya "harbiy qudrati oshishi" bilan izohlashdi.
Voqeani yaqinroq tomosha qilamiz.
"Arli Berk" tipidagi ikkita raketa kemalari 120dan ortiq uzoqqa (1600 kmga qadar) uchuvchi va aniqliligi o‘ta yuqori "Tomagavk" qanotli raketalarini olib yurishga qodir, ularning bir qismi - yadroviy boyegolovkalarga ega. Esmineslar shuningdek, kemalarga qarshi ASROC raketalari, "Standart" zenit raketalariga ega va axborot-boshqaruv tizimlari bilan, "Idjis" raketalarga qarshi mudofaa tizimi komponentlari bilan ta’minlangan.
Esmines Nastoychiviy v Baltiyske Kaliningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2020
“Chiroyli yurish”: Rossiya Qora dengizda NATO kemalarini jilovlash chorasini topdi
Amerikaliklar fikriga ko‘ra, Rossiya chegaralari yaqinidagi ushbu butun boshli portlash xavfi mavjud bo‘lgan arsenal mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va NATO ittifoqchilari bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Aslida esa, biz, ikkita esmines kuchlari bilan Qora dengizning tinch suvlarida sarosimani yuzaga keltirishga va Rossiyani qo‘rqitib qo‘yishga bo‘lgan ayanchli urinishlarga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ammo Rossiya Liviya yoki Yugoslaviya emas. Pentagonda qanday reaksiyani kutishgani noma’lum, biroq, harbiy tomondan bosim o‘tkazishga bo‘lgan harakat ochiqchasiga ayanchli bo‘lgani rost.
Yanvar oyi oxirida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikkita esminetsini shartli bo‘lsada, biroq ishonchli tarzda yo‘q qilinishi shuni ko‘rsatadiki, Qora dengiz mintaqasida "ittifoqdosh hamkorlik"ka qarshi qurollangan qarama-qarshilik real yuz bergan taqdirda Rossiyaning ko‘plab marotaba takrorlangan va yuqori texnologik nazorati ostida bo‘ladi.
Qora dengiz gorizontida surunkali paydo bo‘lib turadigan AQSh va NATOga tegishli alohida "qora dengizga aloqasi bo‘lmagan" kemalar va samolyotlardan farqli o‘laroq, Rossiya mudofaa qobiliyati hammasini birda jamlagan integrallashgan ishlarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda gap ishga solingan kuch va vositalarda emas, balki tezkor reja va uni amalga oshirishning texnologik darajasida.
Boz ustiga, Rossiyaga kerakli barcha narsa uning qo‘l ostida, minglab kilometrga cho‘ziladigan murakkab logistika talab etilmaydi.
Rossiya harbiy dengizchilari AQSh kemasini to‘xtatishdi: hammasi qanday bo‘lgan edi? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2020
Rossiya harbiy dengizchilari chegarani kesib o‘tgan AQSh kemasini to‘xtatishdi - video
Qora dengizdagi ikkita raketali esmines va Laramie zapravkachi-kemasidan iborat AQSh harbiy dengiz kuchlari guruhi - Rossiya HKK va HDKga tegishli qiruvchi va bombardimonchi aviatsiya, harbiy kemalar va suvosti kemalari, qirg‘oq raketa tizimlari va radio elektron kurash vositalari uchun o‘quv mashg‘ulotlarini mashq qilish uchun murakkab nishon vazifasini ijro etadi, xolos.
Barcha kuchlar va vositalar tunu-kun, muvofiqlashtirilgan va deyarli sinxron ishlamoqda.
Rossiyaga do‘stona bo‘lmagan ikki amerika esminesning ushbu tashrifi fonida eng yangi raketa fregati "Admiral Makarov" joylashgan bazani tark etdi va dengizda jangovar-tayyorgarlik vazifalarini bajardi. Mashqlar rejasiga ko‘ra, shartli dushmanga tegishli kema Qora dengiz flotining qirg‘oq obyektlariga zarba berishni mo‘ljallagan.
Dushman harakatlarini siqib, "Admiral Makarov" Qora dengiz floti qirg‘oq raketa majmualari bilan hamkorlikda dengiz jangi algoritmlarini mashq qildi va shartli ravishda dushman kemalarini "Kalibr-NK" raketa majmuasi bilan yo‘q qildi. Fregatning jangovar raschetlari shuningdek havodagi nishonlar bo‘yicha ham mashqlarni bajardilar.
Oldinroq, artilleriya o‘q otish (maqsadli) mashg‘ulotlarini "Pitliviy patrul kemasi olib borgan edi, u xuddi shu tarzda "shartli dushman kemasi"ni (nishon qalqoni) muvaffaqiyatli safdan chiqardi. Barcha holatlarda amerika esmineslari "Donald Kuk" va "Porter" yaqin joyda bo‘lishgan edi, ehtimol,  Qoradengiz floti tayyorgarlik rejalari shunga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa kerak.
Xavotirga tushgan amerikaliklar hattoki radiolokatsiya orqali aniqlanuvchi samolyot - Boeing E-3 Sentry Qora dengiz havo hududiga yuborishdi, u real jangovar muhitda ustuvor tartibda urib tushirilgan bo‘lardi.

Sarob ittifoqdoshlar va reallik

23-yanvar kuni Rossiya aviazarbasi mashg‘ulotlari jarayonida Ruminiya HHK qiruvchilari amerikaning "Donald Kuk" esminetsini himoya qilishga urinishdi, ammo kema, hatto HKK shartli hujumiga qadar kema "Bal" qirg‘oq raketa tizimlari nishoniga aylandi. u skanerlangani va raketalar to‘ppa-to‘g‘ri unga yo‘naltirilgani haqida ogohlantirildi.
Zvukoteplovoy kompleks avtomatizirovannoy artilleriyskoy razvedki Penitsillin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2021
Rossiya armiyasi “Penitsillin” - yangi razvedka qurolini oldi
Eslatib o‘taman, "Bal" mobil majmuasi 64tagacha X-35 raketalari jangovar komplektiga ega  va 280 km bo‘lgan masofada kemalarni yo‘q qilishga qodir, ya’ni Qrimdan turib Qora dengiz akvatoriyasining muhim qismini "o‘qqa tuta oladi".
Agar haqiqiy mojaro yuz berganida, ruminiyalik qiruvchilar AQSh HDK esmineslarini "to‘sa olmasligi" mumkin edi va Qrimda joylashgan nishonga olish masofasi 400 km.gacha bo‘lgan Rossiya S-400 "Triumf" tizimining nishoniga aylanishi turgan gap edi.
Natijada amerikaliklar va ularning ittifoqdoshlariga Rossiya Qrimining janubi-g‘arbiy chegaralari yaqinida hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasidan voz kechishga majbur bo‘lishdi, "Donald Kuk" va "Porter" esmineslari Ukraina hududiy suvlariga qisib qo‘yildi.
AQSh HDK ikkita kemasining PASSEX tipidagi va Ukraina HDK kater taktik guruhining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari jimjit va ko‘zga ko‘rinmagan holatda o‘tkazildi. Ukraina qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, "Qora dengizda xavfsizlikni ta’minlash, o‘quvlarni takomillashtirish va Ukraina HDK va AQSh HDK kemalari ekipajlarining ko‘pmillatli taktik guruhlar tarkibida hamkorlikdagi dengiz operatsiyalarini o‘tkazishda bir-biriga mosligi o‘rganilgan".
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferensiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2020
Bunaqasi dunyoda hech kimda yo‘q - Putin yangi qurol haqida
Ukraina floti bitta Island sinfidagi patrul kemasi va ikkita "Nikopol" va "Kostopol" zirhli artilleriya qayiqlari bilan namoyish etilgan. O‘quv mashg‘ulotlarining barcha elementlari go‘yoki rejalashtirilgan va NATO standartlariga muvofiq amalga oshirilgan. AQSh harbiy-dengiz kuchlari raketa esminetsi qo‘mondoni Tomas Ralston yangi "Ukraina floti bilan birgalikda mashqlarni" intizorlik bilan kutmoqda.
Zaif qurollangan artilleriya qayiqlari va raketa esmineslarini qo‘shma dengiz operatsiyasida birlashtirish texnologik jihatdan imkonsiz ekanligidan hech kimni bezovta qilmayapti.
Ukraina va Gruziya qattiq turib NATO eshiklarini taqillatmoqda. Bolgariya va Ruminiyada harbiy infratuzilma va materiallar zaxiralari, shuningdek, alyans kuchlarini qabul qilish va tezkor joylashtirishni tashkil qilish uchun oldinga muvofiqlashtirish markazlari yaratilmoqda.
Ruminiyaning Câmpia Turzii aviabazasi AQSh strategik hujum qurollarini joylashtirish platformasiga aylandi. Bularning barchasi - bir necha daqiqada yo‘q bo‘lib ketishi mumkin bo‘lgan, o‘sib boradigan imkoniyatlar haqida xom xayol.
Minoboroni opublikovalo video ispitaniy raketi Sarmat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2020
Putin: dunyoda qurollanish poygasi boshlangan, Rossiya unga qo‘shilmaydi
Qora dengizga Amerika harbiy kemalarining kelishi hozircha Montryo konvensiyasini buzmayapti va g‘ayrioddiy narsa emas. Shunga qaramay, Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Bosh shtabining sobiq boshlig‘i, admiral Viktor Kravchenkoning fikriga ko‘ra, bunday hollarda Rossiya u yerda ularning bo‘lishini noqulay holga keltirishi kerak.
Bu fikrga rozi bo‘lmaslik mushkul. Qachondir AQSh va NATO dengizda qolish vaqti (uch hafta), ruxsat etilgan tonnaj va Qora dengizdagi harbiy kemalar soni bo‘yicha Montryo konvensiyasidan tashqariga chiqsa, Rossiya "sheriklar"ni shubhasiz ustun kuch va vositalar bilan kutib oladi.
RF Qurolli Kuchlari - Qora dengiz davlatlarining mintaqaviy barqarorligi va milliy xavfsizligining haqiqiy kafolati.
Yangiliklar lentasi
0