Afg‘onistonda tolibon kuchaymoqda – AQShning bunga nima aloqasi bor?

© AFP 2023 / HOANG DINH NAMBoyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban
Boyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
AQSh qo‘shinlarini olib chiqish bilan bir vaqtda tolibon qo‘lida amerikada ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali qurol-aslaha soni keskin oshmoqda.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. So‘nggi bir necha kun ichida Tolibon* yuzlab harbiy texnika va tonnalab qurol-aslahani qo‘lga kiritdi. Natijada AQSh tolibonga nafaqat yutqazdi, balkim jangari guruhlarni qurol-aslaha bilan jihozlash amaliyotini davom etayotganini ko‘rish mumkin.
AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etar ekan, Tolibon* amerikada ishlab chiqilgan yuqori texnologiyali zamonaviy qurol aslaha bilan o‘z jangovar qudratini oshirmoqda.
NATO qo‘shinlarini Afg‘onistondan to‘liq olib chiqish Avgust oyiga belgilangan bo‘lsa-da, ular qo‘qqiqsdan iyulda Afg‘onistonni tark etishi ham mumkin. G‘arbiy qo‘shinlar soni kamayishi bilan bir vaqtda tolibon faolligi oshmoqda, afg‘on hukumati qo‘shinlarining imkoniyatlari esa tobora cheklanmoqda. NATO standartlari asosida yaratilgan Afg‘oniston milliy harbiy kuchlari jangovar qobiliyatini yo‘qotishi va tarqab ketishi kuzatilmoqda.
Tadjikskie pogranichniki na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi
Tolibon esa, kun ora o‘ljalar sonini oshirmoqda. Ular ikki hafta ichida hukumat qo‘shinlariga tegishli bo‘lgan 715ta “Xammer”lar va boshqa harbiy texnikani egallab olishdi. Ushbu ma’lumotlar tolibonga yuzlab harbiy texniki topshirayotgan afg‘on harbiylari aks etgan fotosuratlar bilan tasdiqlanadi.
Aynan shunday voqealar biroz oldin Iroqda sodir bo‘lgan edi, faqat u yerda tolibon rolini ID* ijro etgandi.
Afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya orasida ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarning faollashuviga olib keldi. Dushanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston shimolidagi vaziyatni telefon orqali muhokama qilishdi. Biroz oldin ana shunday suhbat Tojikiston rahbari bilan ham bo‘lib o‘tgan edi. Rossiya Tojikistonni ham ikki tomonlama ham KXShT doirasida qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Tojikiston 5-iyul kuni janubiy chegaralarni mustahkamlash maqsadida 20 ming harbiylarni mobilizatsiya qildi. Eron va Pokiston ham Afg‘onistondagi vaziyat borasida o‘z xavotirlarini bildirishdi.
"Bagram" yashirin operatsiyasi
Amerikaliklar tark etganidan so‘ng Afg‘oniston taqdiri qanday bo‘lishi, juda noma’lum masala bo‘lib qolmoqda. AQSh Afg‘onistonda qoldirib ketayotgan qurol-yarog‘ zahirasi Janubiy va Markaziy Osiyoda notinchlik tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Amerika tomonidan tayinlangan Afg‘oniston hukumati qulasa ham tolibon tinchlikni ta’minlay olmasligi aniq. Chunki ularga alohida hududlarda xalq ko‘ngilli kuchlari qarshilik ko‘rsatishda davom etadi.
Kamilov obsudil so spespredstavitelem SShA reshenie afganskogo konflikta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2021
Kamilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan muzokara o‘tkazdi
Undan tashqari, Islomiy davlat* terrorchi guruhi Tolibonga qarshi jangga kirishishi mumkin. Ushbu tashkilot ham Afg‘onistonning shimoliy hududlarida uzoq vaqtdan buyon tomir otgan.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Vashingtonga 25-iyun kuni bo‘lib o‘tgan tashrifi davomida amerikalik ittifoqdoshlarini hech bo‘lmasa sentabrgacha Bagram aviabazaisdan turib afg‘on qo‘shinlariga yordam berib turishlarini o‘tinib so‘ragan edi.
AQSh va NATO aviatsiyasi tolibon bilan kurashda afg‘on harbiylariga jiddiy yordam berib turgan edi. Lekin AQSh askarlari Bagramni kutilmaganda 2-iyul kuni tark etishdi. Bu haqida hech kim, hatto mahaliy hukumat vakillari ham ogohlantirishsiz qoldi. Shundan so‘ng o‘nlab mahalliy marodorlar AQSh harbiy bazasiga kirib, qo‘liga ilingan narsalarni olib chiqib ketishdi. Keyin esa afg‘on harbiylari bazaga yetib kelishdi.
Bagram harbiy bazasi so‘nggi 20-yil davomida AQSh harbiy havo kuchlarining operatsion markazi vazifasini bajarib kelayotgan edi. Bu yerda 77 kv.km. hududda 100 mingga yaqin amerikalik askarlar va aviatsiya bo‘linmalari joylashtirilgan edi. Bagram aerodromining uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi 4km bo‘lib u har qanday samolyotlarni qabul qilish imkonini beradi. Harbiy baza hududida 110dan ortiq bino inshootlar qurilgan bo‘lib harbiylar qulayligi uchun barcha kerakli infratuzilma yaratilgan.
Ayni damda Bagamda qo‘mondonlik qilayotgan afg‘on zobiti Mir-Assadulla Koxistani aytishiga ko‘ra, amerikaliklar harbiy bazani tark etish vaqti haqida ogohlantirishmagan, hech qanday xayrlashuv marosimlari o‘tkazilmagan. Faqat tunda harbiy bazada chiroqlar birdan o‘chirilgan va AQShning eng so‘nggi harbiy-transport samolyoti C-17A Globemaster bazani tark etgan.
Amerikalik uchuvchisiz apparatlar tolibon pozitsiyalariga eng so‘nggi zarbani 25-iyun kuni bergan. O‘shanda 35 nafar tolibon jangarilari yo‘q qilingan edi. Amerikalilar ketganidan so‘ng Tolibon* AQSh va NATO kuchlaridan xavotir olmasdan hukumat qo‘shinlariga hujum qilishi mumkin. Bugungi qadar ular 34 provinsiyada hukumat qo‘shinlari pozitsiyalariga hujum qilib, Qobul atrofidagi halqani siqib kelishmoqda. Faqat bir kun ichida, (1 iyul) Badaxshon va Baglanda 23 nafar afg‘on askaralari va xalq ko‘ngilli kuchlari vakillari yo‘q qilindi.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iyulda Toshkentga keladi
Tolibon o‘z qo‘li ostidagi hududlar kengayayotganini ochiq oydin xabar qilmoqda va OAVda keltirilayotgan hukumat bilan sulh tuzish haqidagi xabarlarni inkor etib kelmoqda. Amerika va Britaniyaning Qatar va Kiprdan turib tolibonga zarba berish to‘g‘risidagi deklaratsiyalari, unchalik ishonchli tuyulmaydi, chunki uzoq masofadan turib olib borilayotgan urushda “vaqt va masofa” doimo tolibon tarafida bo‘ladi. AIRdan qo‘shinlarni olib chiqishdan oldin Pentagon Qatardagi Al-Udeyd aviabazasida V-52 bombardimonchi samolyotlarini hamda Fors ko‘rfazida “Eyzenxauyer” aviatashuvchisini joylashtirgan edi, lekin u yerdan Afg‘onistongacha 4 soat parvoz qilish kerak.
Pentagonning “ufq orti” rejalari
AQSh Tolibonning buzg‘unchi rejalari va ID*ning “Xuroson bo‘linmasi” Afg‘oniston uchun jiddiy xavf tug‘dirayotganidan juda yaxshi xabardor. Shu bilan birga, Amerika harbiy qo‘mondonligi Afg‘oniston hukumatini *ufq ortidan* turib qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qilmoqda. Pentagon rejasiga ko‘ra, AQSh “yaqinroqdan joy topmaguniga qadar” MQ-9 Reaper zarba beruvchi dronlar missiyasi Fors ko‘rfazidan boshlanib turadi.
Amerika mudofaa vaziri Lloyd Djeyms Ostin O‘zbekiston va Tojikistan mudofaa vazirlari bilan uchrashuvlaridan xulosa qilganda, ushbu “yaqin joy” ushbu ikki davlat hududidan biri bo‘lishi mumkin. Qozog‘istonda bo‘lish ehtimoli juda kam, lekin bu davlatga ham AQSh rasmiylarining tashriflari soni oshgan.
Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Rossiya KXShT bo‘yicha ittifoqchilarni himoya qilishga tayyor – Lavrov
Amerika aviabazasi O‘zbekiston yoki Tojikiston hududida joylashtirilgan taqdirda, KXShTning bunga munosabatini hisobga olmaganda ham, ushbu obyektlar darhol tolibon nishoniga aylanadi va ularning hujumi uchun asos yaratadi.
Shunday qilib, Pentagon rejalarini amalga oshirish – afg‘on urushini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Markaziy Osiyoga ko‘chirishni anglatadi. Bu esa tinch aholi uchun misli ko‘rilmagan azoblar-uqubatlar, Rossiya va KXShT qo‘shinlarini tolibon, ID va Al-Qoida bilan janglarga jalb etishga olib keladi. Umuman olganda, Vashingtonni mahalliy aholi muammolari hech qachon qiziqtirmagan.
Eslatib o‘tamiz, demokratik Afg‘oniston 1970-yillardan hududning eng iqtisodiy rivojlangan davlatlaridan biri edi. G‘arb qo‘llab-quvvatlashi, Pokistonning buzg‘unchi ta’siri hamda arab islom radikal harakatlari 1979-yildan boshlab uzuluksiz fuqaro urushiga va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yemirilishiga olib keldi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi guruhlar.
Yangiliklar lentasi
0