https://oz.sputniknews.uz/20210623/tojikiston-afgoniston-bilan-chegarani-qoriqlashni-kuchaytirdi-19375664.html
Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi
Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi
Sputnik O‘zbekiston
Hozir Badaxshonda chegaradagi vaziyatni o‘rganish uchun Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bo‘lib turibdi. 23.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-23T15:50+0500
2021-06-23T15:50+0500
2021-06-23T16:41+0500
dunyoda
tojikiston
afg‘oniston
tolibon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19375831_0:107:3000:1795_1920x0_80_0_0_b70f5d24bff93de87420dfb15d901015.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Tojik-afg‘on chegarasining Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi qismini qo‘riqlash kuchaytirildi, chegarachilar yuqori tayyorgarlikda. Bu haqda viloyat rahbari Yodgor Fayzov ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.“Afg‘onistondagi xavfsiz bo‘lmagan vaziyat bizni ichki barqarorlikni ta’minlashga chaqiradi, davlat chegarasining ehtimoliy buzilishi ro‘y berguday qolsa, chegarachilarimiz yuqori tayyorgarlik rejimida”, - dedi Fayzov.Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat yomonlashsa, hudud qochishga majbur bo‘lgan kishilarni qabul qilishi mumkin.“Iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlarimizni inobatga olgan holda 10 mingdan ziyod afg‘on birodarlarimizni qabul qilishga va ularning xavfsiz joyi haqida g‘amxo‘rlik qilishga tayyormiz”, - deydi viloyat rahbari.Fayzov hozir Badaxshonda chegaradagi vaziyatni o‘rganish uchun mamlakat mudofaa vaziri Sherali Mirzo bo‘lib turganini qo‘shimcha qildi.22 iyun kuni “Tolibon”* radikal harakati jangarilari Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi Sherxon-Bandar chegara komissariatiga hujum qildi. Afg‘oniston kuchlarining 134 nafar harbiylari jangarilarga qarshilik ko‘rsata olmadi va “Panj” chegara otradining 3 va 4-zastavalari orqali Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘ldi.Tojikistonlik chegarachilar insoniylik va ahil qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilgan holda davlat chegarasini yorib kirgan afg‘onistonlik harbiylarga hech qanday to‘siqsiz Tojikiston hududiga o‘tishga ruxsat bergan. Afg‘oniston harbiy xizmatchilari orasida 4 kishi yaralangan va bir kishi halok bo‘lgan.Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasining bayonotiga ko‘ra, tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat keskin deb baholanmoqda. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
https://oz.sputniknews.uz/20210623/shoygu-afgonistondagi-vaziyatga-baho-berdi-19369750.html
https://oz.sputniknews.uz/20210621/tojikistonda-afgoniston-bilan-chegaraga-oid-favqulodda-yigilish-otkazildi-19336086.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/17/19375831_232:0:2768:1902_1920x0_80_0_0_0e31d799a805371329d5027b02a63bd8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, tojikiston, afg‘oniston, tolibon
dunyoda, tojikiston, afg‘oniston, tolibon
Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi
15:50 23.06.2021 (yangilandi: 16:41 23.06.2021) Hozir Badaxshonda chegaradagi vaziyatni o‘rganish uchun Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Tojik-afg‘on chegarasining Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi qismini qo‘riqlash kuchaytirildi, chegarachilar yuqori tayyorgarlikda. Bu haqda viloyat rahbari Yodgor Fayzov ma’lum qildi, deya
yozadi RIA Novosti.
“Afg‘onistondagi xavfsiz bo‘lmagan vaziyat bizni ichki barqarorlikni ta’minlashga chaqiradi, davlat chegarasining ehtimoliy buzilishi ro‘y berguday qolsa, chegarachilarimiz yuqori tayyorgarlik rejimida”, - dedi Fayzov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat yomonlashsa, hudud qochishga majbur bo‘lgan kishilarni qabul qilishi mumkin.
“Iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlarimizni inobatga olgan holda 10 mingdan ziyod afg‘on birodarlarimizni qabul qilishga va ularning xavfsiz joyi haqida g‘amxo‘rlik qilishga tayyormiz”, - deydi viloyat rahbari.
Fayzov hozir Badaxshonda chegaradagi vaziyatni o‘rganish uchun mamlakat mudofaa vaziri Sherali Mirzo bo‘lib turganini qo‘shimcha qildi.
22 iyun kuni “Tolibon”* radikal harakati jangarilari Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi Sherxon-Bandar chegara komissariatiga
hujum qildi. Afg‘oniston kuchlarining 134 nafar harbiylari jangarilarga qarshilik ko‘rsata olmadi va “Panj” chegara otradining 3 va 4-zastavalari orqali Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘ldi.
Tojikistonlik chegarachilar insoniylik va ahil qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilgan holda davlat chegarasini yorib kirgan afg‘onistonlik harbiylarga hech qanday to‘siqsiz Tojikiston hududiga o‘tishga ruxsat bergan. Afg‘oniston harbiy xizmatchilari orasida 4 kishi yaralangan va bir kishi halok bo‘lgan.
Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasining bayonotiga ko‘ra, tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat keskin deb baholanmoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti