Rossiya 2022-yilda zarba dronlarini eksport qilishni boshlaydi: eng zo‘r namunalar

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishIspitanie drona-taksi v pomeshenii Maloy sportivnoy areni olimpiyskogo kompleksa "Lujniki" v Moskve
Ispitanie drona-taksi v pomeshenii Maloy sportivnoy areni olimpiyskogo kompleksa Lujniki v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya mudofaa-sanoat majmuasining texnologik darajasi yaqin va uzoq chet el mamlakatlarini zamonaviy raqobatbardosh dronlar bilan ta’minlash imkoniga ega.
Rossiyada "Kronshtadt" kompaniyalar guruhi tomonidan Dubna ilmiy shaharchasida yiliga o‘nlab birliklarda "Orion" uchuvchisiz uchish zarba apparatlarining ilk seriyali ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Zavod rekord darajada qisqa vaqt ichida barpo etilmoqda va 2021-yilning noyabrida ishga tushiriladi. "Kronshtadt" kompaniyalar guruhi dronlarni eksport uchun 2022-yildan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
"Orlan-10" dronini Myanmaga yetkazib berish to‘g‘risida yaqinda imzolangan kelishuv Rossiya dronlarining xalqaro bozordagi "debuti" hisoblanadi.
V DNR soobshili o sbitom v Dokuchayevske ukrainskom bespilotnike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Jangovar dron ilk bor buyruqsiz odamlarga hujum qildi
Biroq, Rossiya Federatsiyasi prezidentining harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha yordamchisi Vladimir Kojin 2017-yil kuzidayoq Rossiya chet elga dronlarni yetkazib berish bo‘yicha 50 dan ortiq arizalarni ko‘rib chiqayotganini aytgan edi. O‘sha vaqtda uchuvchisiz texnika RF qurol eksporti umumiy hajmining 3 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini egallagan. So‘nggi uch yil ichida ko‘p narsalar ijobiy tomonga o‘zgardi, bugungi kunda Rossiyada ishlab chiqarilgan yuqori texnologik dronlar yaqin va uzoq chet el davlatlarida triumfal ekspansiyaga mahkum.
Dronlar sohasi – jahondagi eng yuqori texnologik va shiddat ila rivojlanib borayotgan sohadir. RF ham unga haqli ravishda katta e’tibor qaratmoqda. Natijalar ayon – Abu-Dabida fevral oyida o‘tkazilgan IDEX 2021 xalqaro ko‘rgazmasi chet ellik sheriklar RF stendlarida razvedka va zarbalarni amalga oshiruvchi uchuvchisiz texnikaga qattiq qiziqish bildirishganini ko‘rsatgan edi.
Perviy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2021
Rus “ovchisi” - AQSh va Turkiya dronlari bilan solishtirilganda
Qurol eksporti bo‘yicha Moskva an’anaviy ravishda dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi - bozorning taxminan 15%i, Rossiya mahsulotlari taktik va texnik xususiyatlari jihatdan G‘arb mahsulotlaridan qolishmaydi, narxi esa ulardan ancha arzon. "Rostex" rahbari Sergey Chemezovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchuvchisiz uchish apparatlarining ajralib turuvchi xususiyati - bu sun’iy intellekt integrallashuvidir. Masalan, zarba droni nishonlarni mustaqil aniqlash, nishonga olish va bombardimon qilishga qodir. Taqqoslash uchun, Qorabog‘da jangovar harakatlar fonida mashhur bo‘lgan "Bayraktar" dronlari barqaror radiosignal masofadan turib operator tomonidan boshqariladi – elektron "miyaga" deyarli ega emas, texnologik mukammallik cho‘qqisi deb ham bo‘lmaydi uni va "Rossiyani tiyib turish" rejasida u o‘q va yoylar qatorida o‘z o‘rnini egallashi mumkin.

"Orlan-10" – "kichkina demang bizni"

Suriya hududidagi jngovar sharoitlarda o‘zini yaxshi tomondan namoyon eta olgan Rossiyaning "Orlan-10" droni 2010-yildan buyon Rossiya armiyasi qurollari safida. Apparat osmonda 18 soatgacha "muallaq tura oladi". Kreyser tezlik – soatiga 110 km. Qanoti 3 metrgacha bo‘lgan, maksimal uchish massasi 16 kg teng va foydali yuk tashuvi 4,5 kg gacha (shu jumladan, bomba nagruzkasi ham) bo‘lgan ta’sirchan va ishonchli mashina.
"Orlan-10"ning razvedka modifikatsiyasi 140 kmgacha bo‘lgan masofada ma’lumotlarni barqaror yetkazib berishni ta’minlaydi. Foydali yuk modul bo‘lmasida turli uskunalar, kunduzgi va infraqizil kameralar hamda artilleriya o‘t zarbasi va zarba raketa tizimlarini moslash uchun foydalaniladigan uch o‘lchamli kartografik syomka uchun uskuna va lazerli nishon ko‘rsatkichlarni joylashtirish mumkin. Uning fazilatlaridan yana biri "Orlan-10" majmuasi (uchta dron, yuk avtomobili va yerdan boshqariladigan stansiya) qimmat turmaydi.
Barrajiruyushiy dron-kamikadze ZALA Lanset na stende konserna Kalashnikov v ramkax otkritiya mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2019  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2020
Rossiyada yangi kamikadze-dronlarini yaratish ustida ish olib borilmoqda
Rossiya mudofaa-sanoat kompleksiga maqtovlar aytishga moyil bo‘lmagan amerikaning Forbes jurnali ham Rossiya "Orlan-10" dronini jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tkazilgan "ish tulpori" deya tan olgan.

O‘rta balandlikka ko‘tariladigan "Orion"

Mutaxassislar Rossiyaning "Orion-E" zarba dronini turk "Bayraktar"larining "bozor qotili" deb atab, xalqaro bozorda "narx - sifat - bortning intellektlashtirilishi" ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi taklif hisoblaydilar. Bu majmua "yo‘rg‘a" ("inoxodes") nomi ostida Rossiya armiyasi qurollari safiga qabul qilingan, shuningdek, Suriya Arab Respublikasida terrorchilarga qarshi havo hujumlarida sinovdan o‘tkazilgan.
Orion - o‘rtacha balandlikdagi, 24 soatgacha bo‘lgan uzoq parvoz muddatiga ega apparatdir.
Amerikanskiy voyenniy proizvodit vistrel iz protivotankovogo raketnogo kompleksa (PTRK) Javelin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
“Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSh Ukrainaga yangi qurol beradi
Zarba modifikatsiyasida boshqarilmaydigan va korreksiya qilinadigan aviabombalar, yer ustidagi statsionar va harakatlanuvchi nishonlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan turli boshqariluvchi raketalar, zirhli texnika, transport va dushmanning jonli kuchlariga zarba berish uchun universal kompleks bilan jihozlangan. Maksimal parvoz og‘irligi - 1150 kg, dronning kreyser tezligi - soatiga 200 km, parvozning maksimal balandligi - 7 kilometr. Jangovar yuk - 200 kg. "Rosoboroneksport"ning ta’kidiga ko‘ra, Orion noyob taktik-texnik xususiyatlarga va jangovar qobiliyatlarga, shuningdek eksport salohiyatiga ega. MDH mamlakatlarida dronga talab katta bo‘lishi aniq.

Og‘ir "Altius"

Rossiyaning yangi og‘ir hujum droni "Altius" birinchi marta 25-iyun kuni aviatsiya qurolidan foydalangan - u poligon sinovlari paytida yerdagi nishonlarni bombardimon qilgan edi.
Tanklarni, yengil zirhlangan texnikalarni, artilleriya pozitsiyalarini va bir joyga to‘plangan dushman jonli kuchini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan har xil turdagi o‘q-dorilar bilan apparatning zarba imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish davom etmoqda. "Altius" arsenali erkin qulaydigan, tuzatadigan va boshqariladigan kichik kalibrli aviabombalarni, boshqariladigan raketalarni o‘z ichiga oladi.
Zenitniy kompleks Pansir-S1, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2020
Rossiya "Pansiri" amerika dronlari bo‘ylab qaqshatkich zarba bermoqda
Og‘ir klassdagi apparat uchish davomiyligi katta - ikki sutkagacha bo‘lgan, o‘rtacha balandlikka uchadigan dronlarga taalluqlidir. Parvoz og‘irligi 6 tonnaga yaqin, bir tonnadan ziyod foydali yukni tashishga qodir. Ikkita turbovintli dvigatellar bilan jihozlangan, qanoti uzunligi 30 metrgacha.
"Altius" droni bir qancha modifikatsiyaga ega, uni global masofalarda boshqarish imkonini beruvchi sputnik aloqa tizimi bilan jihozlangan. Jangovar harakat radiusi – 3500 km gacha. Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, rivojlangan qurol kompleksiga ega bu apparat samo va xalqaro bozorda eng yaxshi jahon namunalaridan o‘zib keta oladi.

Qudratli "Ovchi"

Rossiyaning "Oxotnik" ("Ovchi") uchuvchisiz uchish apparati yaqindagina ucha boshladi, sun’iy ongni rivojlantirmoqda va xuddi shunga o‘xshash apparatlarning shartli Olimpida barcha turdagi uchish va jangovar xarakteristikalar spektrida raqiblardan ustun turadi. Zarba aviatsiyasi strategiyasi va taktikasini qayta yozishga qodir.

Taqqoslash uchun uning yoniga eng og‘ir klassga mansub zamonaviy chet el mashinalarini qo‘yish lozim – deylik, isroil IAI Eitan, turk Bayraktar Akinci, amerikaning MQ-9A Reaper larini. Shu bilan birga, uzoqqa uchish, tezlik va zarba imkoniyatlari bo‘yicha - raqiblar bilan taqqoslaganda ulardan ancha (yo‘q qiladigan darajada) ustun keladi. Apparat uzoqqa uchish masofasi va qurol-aslahalar xilma-xilligi nuqtayi-nazaridan misli ko‘rilmagan imkoniyatlarga ega, ichki bo‘limlarda razvedka vositalari va 6 ming tonnadan ortiq bomba yoki "havo-sath" va "havo-havo" raketalarini taxminan 5000 kilometr masofaga olib borishga qodir.
Perviy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2020
"Ko‘rinmas" qotil: Rossiyaning "ovchi" droni AQSh va NATOni nega tashvishga solyapti?
Yuk tashish bo‘yicha unga yaqin IAI Eitan o‘z bortiga faqatgina 2 tonna boyepripaslarni ololadi (u ham osig‘lik holatda, shu bois dushman radarlarida aks etishi turgan gap). Ya’ni, jangovar sharoitlarda bitta "Ovchi" Isroil, AQSh va Turkiyada ishlab chiqarilgan shunga o‘xshash uchta mashinaning o‘rnini bosa oladi. Kam ko‘rinadigan apparatning jangovar vazifalari – uzoq masofaga amalga oshiriladigan razvedka parvozlari va dushman mudofaasi ichkarisida yuqori aniqlikdagi zarbalarni amalga oshirishdir.
"Ovchi" droni turboreaktiv (turbovintli emas) dvigatel bilan jihozlangan, "uchayotgan qanot" shakliga ega. Uzunligi 14 metr, qanoti uzunligi 19 metr, uchish massasi – 20 tonnagacha. Kreyser (tovush tezligigacha) tezligi – soatiga 1000 km – o‘ziga yaqin bo‘lgan raqibi - MQ-9A Reaper (soatiga 480 km)ning maksimal imkoniyatlaridan ikki yarim barobar ustundir. Ehtimoliy amaliy ko‘tarilish nuqtasi – 20 km. Va "Ovchi"ning asosiy xususiyati – beshinchi avlod Su-57 qiruvchisi bilan hamohanglikda ergashuvchi sifatida harakatlana olishidir.
Mnogofunksionalniy istrebitel Su-57 na vserossiyskom etape konkursa Aviadarts na aviatsionnom poligone Dubrovichi pod Razanyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2020
Rossiyaning Su-57 qiruvchisi dunyoni egallamoqda. Uning asosiy xususiyati nimada?
Sal avval amerikaning Forbes jurnali quyidagilarni xabar qilgan edi: AQSh HHKga tegishli MQ-9 Reaper dan farqli o‘laroq Rossiya razvedka-zarba droni Havodan hujumga qarshi vositalarsiz isonchilarga qarshi kurash uchun mo‘ljallanmagan, balki keng ko‘lamli harbiy mojarolarda foydalanilishi mumkin. Rossiyaning og‘ir droni uchun maxsus ichkifuzelyajli gipertovushli boshqariladigan "havo-havo" va "havo-sath" raketalari ishlab chiqarilmoqda. Rossiya harbiy aviatsiyasi yuqori aniqlikka ega boyepripaslarni 2021-yilda qabul qiladi. Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi rahbari Yuriy Slyusarning so‘zlariga ko‘ra, RF Havo-kosmik kuchlariga "Ovchi"ning seriyali postavkalari 2024-yildan boshlanadi. So‘ngra apparat xuddi Su-57 singari eksport modifikatsiyada jahon qurol-aslahalar bozoriga chiqishi mumkin.

Rossiya eksportining istiqbollari

Dunyo bo‘ylab uchuvchisiz uchish qurilmalarining rivojlanishi AQSh va Isroil armiyalari tomonidan Fors ko‘rfazi, Yugoslaviya va Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyalar paytida dronlardan keng qo‘llanilishiga turtki bo‘ldi. Dronlar 50 dan ortiq mamlakatlarda ishlab chiqariladi va shunga qaramay, yaqin vaqtgacha dronlar vatani Isroil va AQSh hisoblanar edi. Tarixan shunday bo‘lganki, Rossiya Havo-kosmik kuchlar manfaatlari uchun dronlar mavzusini "sekinlik ila ishga solgan" va shunga qaramay, 21-asrda qurollarning ushbu ustuvor yo‘nalishini juda ishonchli tarzda rivojlantirmoqda.
Dronlar jahon bozorining asosiy ulushi harbiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu yerda texnologik va marketing jihatdan qat’iy kurash kutmoqda, biroq Rossiya uchuvchisiz uchish qurilmalarining muhim yetkazib beruvchisiga aylanishi aniq.
Yangiliklar lentasi
0