Toshkent metropoliteniga Sharof Rashidov nomini berish taklif etildi

© Sputnik / Penson / Mediabankka o‘tishPerviy sekretar SK KP Uzbekistana Sh.R.Rashidov
Perviy sekretar SK KP Uzbekistana Sh.R.Rashidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, matbuot-anjumani ishtirokchilari tomonidan Sharof Rashidov qabrini obodonlashtirish va davlat arbobiga o‘z vaqtida yurtiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun o‘limidan keyin “O‘zbekiston qahramoni” mukofotini berish ilgari surildi.
TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. Toshkentda rossiyalik tarixchi Fodor Razzakov ishtirokida “Sharof Rashidov - davr insoni" Xalqaro, fanlararo ilmiy-amaliy konferensiyasi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRossiyskiy istorik Fedor Razzakov, avtor knigi "Sharaf Rashidov: Jizn i sudba".
Rossiyskiy istorik Fedor Razzakov, avtor knigi Sharaf Rashidov: Jizn i sudba. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Rossiyskiy istorik Fedor Razzakov, avtor knigi "Sharaf Rashidov: Jizn i sudba".
Tarixchi Razzakov matbuot-anjumani ishtirokchilariga konferensiya yakunlari haqida so‘zlar ekan, xalqaro konferensiya qatnashchilaridan biri Saidakbar Rizayev Toshkent metropoliteniga uning asoschisi bo‘lgan davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov nomini berish taklifini ilgari surganini va ushbu taklif rezolyutsiyaga kiritilganini aytib o‘tdi.
Pisatel Fedor Razzakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2019
“Qizil o‘zbek” Sharof Rashidovning biografiyasi rossiyalik tarixchi talqinida
Shuningdek, matbuot-anjumani davomida rossiyalik tarixchi Razzakov o‘z qalamiga mansub “Sharof Rashidov: hayot va taqdir” kitobi taqdimotini o‘tkazdi.
Bundan tashqari, matbuot-anjumani ishtirokchilari tomonidan Sharof Rashidov qabrini obodonlashtirish va davlat arbobiga o‘z vaqtida yurtiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun o‘limidan keyin “O‘zbekiston qahramoni” mukofotini berish ilgari surildi.
Jizzaxdagi Sharof Rashidov haykali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2017
Shavkat Mirziyoyev: Sharof Rashidov oddiy xalq orasidan chiqqan, haqiqiy yurtparvar rahbar edi
Tarixchi bu takliflarga munosabat bildirar ekan, Sharof Rashidov va oilasi o‘ta kamtarin insonlar bo‘lishganini ta’kidlab, mukofot ham bunda muhim rol tutmasligini, eng katta mukofot aslida – xalq xotirasi va u haqdagi yuzaga chiqadigan haqiqat ekanligini qo‘shimcha qildi.
“Sharof Rashidovich haqida kitob yozayotganimda men juda ko‘p ma’lumotlarni o‘zim uchun kashf qildim – u kishi juda serqirra shaxs bo‘lganlar”. – dedi kitob muallifi.
Yangiliklar lentasi
0