“Qizil o‘zbek” Sharof Rashidovning biografiyasi rossiyalik tarixchi talqinida

© SputnikPisatel Fedor Razzakov
Pisatel Fedor Razzakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1983 yilning aprel oyi oxirida sershovqin Moskvadan ancha olisdagi osoyishta Buxoroda mahalliy OBXSS boshlig‘i qamoqqa olinishi istiqbolda ulkan evrilishlarning, nafaqat Sovet Ittifoqini, butun dunyoni larzaga keltirgan o‘zgarishlarning muqaddimasi edi.

TOShKENT, 6 noyab - Sputnik. Asar muallifi rossiyalik tarixchi, yozuvchi Fodor Razzoqov O‘zbekistonga Sharof Rashidov tavalludining 102-yilligi arafasida O‘zbekistonga keldi. Tashrifi davomida yozuvchi o‘zining “Spasti Rashidova! Andropov protiv SSSR. KGB igrayet v futbol” (“Rashidovni qutqarish! Andropov SSSRga qarshi. KGB futbol o‘ynaydi”) asarini taqdimotini o‘tkazdi.

© UzAAAsarning Jizzax Politexnika universitetidagi taqdimoti
“Qizil o‘zbek” Sharof Rashidovning biografiyasi rossiyalik tarixchi talqinida - Sputnik O‘zbekiston
Asarning Jizzax Politexnika universitetidagi taqdimoti

1983 yilning aprel oyi oxirida sershovqin Moskvadan ancha olisdagi osoyishta Buxoroda eng katta rahbar emas – mahalliy OBXSS boshlig‘i qamoqqa olindi. Bir qaraganda, juda oddiy ko‘ringan bu voqea katta evrilishlarning, nafaqat Sovet Ittifoqini, butun dunyoni larzaga keltirgan o‘zgarishlarning muqaddimasi edi.

"Sovet ittifoqi Bosh kotibi Yuriy Andropov boshlagan “hududiy tozalash” SSSR barbod bo‘lishiga sababchi bo‘lgan Mixail Gorbachov va uning “qayta quruvchilari” hokimiyatga kelishiga sharoit yaratdi. Chekistlarning hokimiyatni olishdan oldingi yurishi mashhur “o‘zbeklar ishi” deb nomlangan partapparatga birinchi katta hujumidan boshlangandi. Andropov komandasi bu kurashda g‘alaba qilish uchun Moskva partapparatida katta ta’sirga ega bo‘lgan O‘zbekiston yetakchisi Sharof Rashidovni obro‘ysizlantirish va yo‘ldan olib tashlashini rejalashtirgan edi”, deyiladi asarning birinchi bobida. 

Rossiyalik yozuvchi nega aynan O‘zbekiston to‘g‘risida, sobiq tuzumdagi siyosiy to‘s-to‘polonni, bu davrda o‘zbek siyosatchisining hayot va mehnat faoliyatini yoritishni maqsad qilib olganligining sabablari haqida so‘ralganida, “O‘zbekiston mening kichik vatanim (biograf otasi asli o‘zbekistonlik -  tahr.). Uning buyuk o‘g‘lonlari haqida yozishni burchim deb bilaman”, deya javob qaytardi.

2019 yilda Moskvadagi “Knijniy mir” nashriyotida chop etilgan ushbu asarda nafaqat O‘zbekistonda o‘tgan asarning oxirlarida sodir bo‘lgan voqealar, balki dunyo geosiyosatida katta o‘zgarishlar boshlanishining badiiy publitsistik manzara tasvirlab berilgan. 

Ma’lum qilinishicha, biografiya o‘zbek tiliga tarjima qilinib, yaqin kunlarda o‘zbek tilli kitobxonlar e’tiboriga taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0