Xitoy yangi sovuq urushning birinchi jangiga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStrani mira. Kitay
Strani mira. Kitay  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Obuna bo‘lish
Angliyada bo‘lib o‘tgan G7 majlisidan so‘ng ushbu davlatlar Xitoyga qarshi qo‘shma bayonot qabul qilishdi.
Oldin aytgnimizdek, Kornuolldagi “Katta yettilik” majlisi, AQSh ko‘rsatmasiga binoan, Xitoyga qarshi qaratilgan bo‘ldi. Jo Baydenning Yevropaga sayohatining asl maqsadi ham shu edi – ittifoqchilarni o‘zlarning strategik raqibi - Xitoyga qarshi ikkinchi sovuq urushga jalb qilish. Ushbu ishga Xitoyliklar qanday munosabat bildirdi?
Eslatib o‘tamiz, G7 davlatlari sammitida Xitoyni Shinjon va Shanxay borayasida, ya’ni Xitoyning ichki ishlari yuzasidan qoralovchi bayonot imzolandi. Shu bilan birga koronavirus Uxandagi laboratoriyadan “qochib ketmaganini” tekshirishni so‘rashdi. Xullas yettovlon bir bo‘lib Xitoyni “qoralashdi va undan yuz o‘girishini” ma’lum qilishdi. Lekin bu ayblovning ayrim muhim jihatlariga e’tibor berish kerak.
Jenshina slushayet vistuplenie ministra inostrannix del Kitaya Van I na forume Lantinga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2021
Bayden Rossiyaning suiqasdga tayyorligini aniqlamoqchi
Ikkinchi sovuq urushning asl maqsadi – Xitoyni uning bugungi dunyodagi iqtisodiy yetakchi o‘rnidan orqaga siljitishdir. “Yettilik” imzolagan kommunikening keng ommaga e’lon qilinmagan, lekin juda muhim punktlari ham bor. Bular AQSh oldin ham ko‘p marotaba aytib o‘tgan, Xitoy biznesi davlatdan yordam olayotgani haqidagi bo‘limlar. AQSh buni “bozor tamoyillariga asoslanmagan” deb ataydi.
Shu o‘rinda Xitoyning Londondagi elchixonasi vakilining eslatmasi o‘rinli bo‘ldi. Xitoyda 2018 xorij biznesi ham mahalliy kompaniyalar bilan bir xil – 7,5 % import solig‘i to‘laydigan bo‘lgan. Undan tashqari boshqa ko‘plab biznes yuritish shartlari unifikatsiya qilingan, bu borada qator qonunlar qabul qilingan.
Lekin katta yettilik rahbarlari ushbu o‘ta muhim ma’lumotlardan xabari yo‘q. Ular “Xitoyning bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lmagan harakatlaridan xavotirga tushishda” davom etishmoqda va bundan uyalishmayapti ham....
Gonkong masalalasida ham, obro‘yli va javobgar shaxslar (G7) xulosasi ochiq faktlarga qarama-qarshi bo‘lib tursa va ular Xitoyga qarshi kurashni boshlasa. Bu surbetlik emasmi?
Sammit G7 v Kornuolle, Angliya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2021
G7 sammiti bayonotidan so‘ng Xitoy qat’iy norozilik bildirdi
Sammit boshlanishidan bir necha kun oldin, Xitoy parlamenti “iqtisodiy sanksiyalarga javob berish to‘g‘risidagi” qonunni qabul qilgan edi. Bu juda murakkab va batafsil hujjat bo‘lib, u kerak bo‘lganda Xitoy hukumatiga, Xitoyning biror kompaniyasiga qarshi xorijda qabul qilingan sanksiyalarga javoban xorijiy biror davlat kompaniyasini tanlab olib, unga qarshi javob sanksiyalari kiritish huquqini beradi. Shu bilan birga o‘z kompaniyasi yetkazilgan zararning bir qismini qoplash huquqini beradi.
Bu bilan Xitoy xorijiy biznes vakillari o‘z hukumatlariga sanksiyalar siyosatini qo‘llamaslikka undashidan umid qilmoqda. Ushbu qonunsiz ham ana shunday ishlar amalda sodir bo‘layotgan edi. G‘arbiy Ittifoq ichida Xitoyga qarshi munosabatlar tufayli ko‘plab kelishmoqchilik bor va Xitoy bundan albatta xabardor.
“Yettilik”ning Angliyadagi ushbu uchrashuvini xitoylik noma’lum karikaturachi rassom Injildagi mashhur sahnalardan biriga o‘xshatdi. Bu sahna Leonardo da Vinchining “Kechgi ovqat” asarida tasvirlangan. Xitoylik rassom aynan ushbu kartinani tanlagani bejiz emas. Uning ikkinchi nomi ham bor - “So‘nggi ovqat”.
“So‘nggi G7” nomi ostida 13-iyun kuni internetga chiqarilgan ushbu karikatura qisqa vaqt ichda Internetning Xitoy segmentida 700 mingdan ortiq ko‘rilgan. Bu Xitoy aholisi Yevropa dini va madaniyati mumtoz asarlaridan xabardor ekanidan dalolat beradi.
Karikaturachi rassom ham Den Braunning "Kod da Vinchi" asari bilan yaxshi tanish ko‘rinadi. Ushbu kitob bilan tanish bo‘lgan kishi “yangi karikaturada” juda ko‘p timsollarni topishi va xitoylik rassom asarini uzoq vaqt tomosha qilishi mumkin.
Predsedatel KNR Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Si Szinpin Xitoy va AQSh qarama-qarshiligini butun dunyo uchun falokat deb atadi
Rasm markazida, albatta – “Sem tog‘a”. Uning oldida esa shakli Xitoyga o‘xshagan tort turibdi. Uning yonida esa tualet qog‘ozidan dollar pechat qilayotgan mashinka turibdi. Puchi chiqarayotgan mashinkada esa 9 trillion raqamini o‘qish mumkin. Bu Bayden ma’muriyati bosib chiqarishga ulgurgan, hech narsa bilan ta’minlanmagan dollarlar miqdori.
Karikaturada “yettilik” a’zolari ichidagi qarama-qarshiliklar ham yaqqol ko‘rsatilgan. Ular orsida qarordan norozi bo‘lgan Germaniya va unga mutlaq qarshi Italiyani ko‘rish mumkin. (Italiya “Bitta belbog‘ bitta yo‘l” loyihasi bo‘yicha Xitoyning hamkori.) Yettilik orasida hind fili ham ko‘rinib turibdi.
Ko‘p hollarda yettilikka kiritilmagan davlatlar ham ushbu majlisga maslahatlashish maqsadida taklif qilinadi. Bu safar ularning soni 4ta edi. Janubiy Afrika va Janubiy Koreya "kechgi ovqatda” ko‘rinmaydi, lekin u yerda qo‘llarini pul tomon cho‘zayotgan kenguru obrazida Avstraliyani va osma ukol olayotgan Hindistonni ko‘rish mumkin. Bu bilan notanish rassom Hindistonni koronavirusga qarshi kurashda yo‘l qo‘ygan xatolarini ko‘rsatmoqda.
Peregovori s uchastiyem gossekretarya SShA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po nasbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavi kanselyarii komissii SK KPK po inostrannim delam Yan Szechi i ministra inostrannix del Kitaya Vana I v Ankoridje, SShA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
AQSh yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
Xitoy va Hindistonning murakkab munosabatlari – bu alohida katta mavzu. Lekin “filning” ushbu sammitda ishtirokini nima bilan izohlash mumkin?
“Sharq va G‘arb” o‘rtasida muvozanatni saqlab turish hamda raqobat qilayotgan tomonlarning har biri bilan yaqin hamkorlik munosabatlari o‘rnatish kabi bizga oldindan tanish bo‘lgan g‘arbona “siyosiy o‘yinlar” bu yerda ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Hindistonni u yerga taklif qilishdan yagona maqsad – uni Xitoy bilan urushga gij-gijlashdir. Hindistonga qilinayotgan komplimentlar orasida ishonish qiyin bo‘lgan “eng katta demokratiya” degan so‘zlar ham bor.
Hindiston ichida esa bunda iltifotlarga munosabat turlicha. Ular orasida dunyoni “demokratlar” va “avtokratlarga” bo‘ladiganlar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kerak, hech bir tomonga qo‘shilmasdan o‘z yo‘lida ketishda davom etish kerak, qabilidagi fikrlar ham tez-tez uchrab turadi.
Hozircha, yettilikning qaroridan yagona xulosa shuki - G7 davlatlari o‘z deklaratsiyasi bilan faqat o‘zlariga ortiqcha muammo orttirdi xolos. Bu yerda hech qanday yutuq ko‘rinmayapti.
Yangiliklar lentasi
0