G7 sammiti bayonotidan so‘ng Xitoy qat’iy norozilik bildirdi

© REUTERS / Patrick Semansky / POOLSammit G7 v Kornuolle, Angliya
Sammit G7 v Kornuolle, Angliya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2021
Obuna bo‘lish
Kornuollda bo‘lib o‘tgan G7 sammiti bayonotidan so‘ng Buyuk Britaniyadagi Xitoy elchixonasi qat’iy norozilik bildirdi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Angliyada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti bayonotidan so‘ng Buyuk Britaniyadagi XXR elchixonasi keskin norozilik bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Angliya janubidagi Kornuoll grafiligida 11-13 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan G7 sammitidan so‘ng, katta yettilik Xitoy bilan hamkorlik qilishda davom etishini, lekin Xitoy hukumatidan inson huquqlarini bajarishni talab qilishdi, xususan Shinjon uyg‘ur va Gonkongda.
Shuningdek, G7 rahbarlari Tayvan bo‘g‘ozi, Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizidagi vaziyatdan xavotirda ekanini ma’lum qilishdi.
Xitoy hukumati ushbu bayonotlarga nisbatan keskin norozilik bildirdi.
“G7 sammiti yakuniy bayonotida Shinjon, Gonkong va Tayvandagi vaziyatga oid faktlar buzib ko‘rsatilgan. Haiqiqat – yolg‘on deb baholanib, Xitoy ayblanmoqda. Bu Xirtoyning ichki ishlariga qo‘pol aralashuv va xalqaro huquqning asosiy prinsiplari buzilishidir. Biz bundan norozimiz va qat’iy e’tiroz bildiramiz”, - deyilgan Xitoy elchixonasi bayonotida.
Shuningdek, Xitoy diplomatik vakolatxonasi bayonotida, dunyoda COVID-19 epidemiyasi avj olayotgan, iqtisodiy vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Iqlim o‘zgarishi muammolari tobora kuchli sezilmoqda. Ana shunday murakkab vaziyatda, dunyo hamjamiyatiga yakdillik va barchaning bir-biri bilan hamkorligi kerak. Lekin bo‘lib o‘tgan G7 sammiti dunyoda sun’iy ravishda qarama-qarshilik va tarqoqlik singdirayotgan “blokchilik siyosatini” yaqqol namoyish qildi, deyilgan.
“Biz AQSh va G7ning boshqa a’zolarini faktlarga asoslanishni va Xitoyga nisbatan tuhmat qilishni bas qilishni, Xitoyning ichki ishlariga aralashishni va manfaatlariga putr yetkazishni bas qilishni so‘raymiz”, - deyilgan bayonotda.
Jenshina slushayet vistuplenie ministra inostrannix del Kitaya Van I na forume Lantinga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2021
Bayden Rossiyaning suiqasdga tayyorligini aniqlamoqchi
Biroz oldin, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan G7 davlatlari “Xitoy borasida asosoiy masalalarda kelishuvga erishganini va ularning har biri Xitoydan turli darajada xavotirda ekanini” ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G7 davlatlari aksariyat hollarda Xitoyga nisbatan bir xid so‘zni ishlatgan – “Qarshilik ko‘rsatish” va “raqobat qilish”.
E/slatib o‘tamiz, G7ning so‘nggi sammiti so‘nggi ikki yil ichida ushbu davlatlar rahbarlarning birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ldi. G7 tarkibiga – Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, AQShva YeI kiradi.
Yangiliklar lentasi
0