TOSHKENT, 22 marta, Sputnik matbuot xizmati – "Sputnik.Mneniya" soʻroviga asosan, frantsuzlarning koʻpchilligi (59%), «mamlkatda iqtisodiy vaziyat yomonlashmoqda» deb hisoblaydi. AQSH va Buyuk Britaniya aholisining 37 % i mamlakata iqtisodiy tushkunlik yuz bermoqda deb hisoblaydi. Maʼlumotlar Populus, Forsa va Ifop izlanish kompaniyalari tomonidan Sputnik uchun oʻtkazilgan.
Frantsiya aholisi mamlakatda iqtisodiy rivojlanish boʻlishga ishonchsizlik bilay qaraydi. Soʻralganlarning 5 % mamlakatda iqtisodiy vaziyat yaxshilanadi deb hisoblaydi. Soʻralganlarning uchdan biri (33%) hech qanday oʻzgarish sezmagan. AQSH va Buyuk Britaniya aholisining 34 % va 27 % iqtisodiy oʻzgarishlarni sezmagan.

Germaniya aholisi mamlakat iqtisodi haqida eng kam qaygʻuradiganlar ekan. Aholining 58 % mamlakatda iqtisodiy vaziyat oʻzgarmagan deb hisoblaydi, 22 % — yomonlashmoqda deb hisoblaydi va 17 % iqtisodiy vaziyat yaxshilanmoqda deb hisoblaydi.
Soʻrovlar AQSH va Buyuk Britaniyada Populus kompaniyasi tomonidan, 2016 yil 3-4 fevral kunlari oʻtkazildi. Germaniyada – Forsa kompaniyasi tomonidan 4-8 fevral kunlari, Frantsiyada – iFop, tomonidan 3-5 fevral kunlari oʻtkazildi. Soʻrovda Buyuk Britaniyada — 1047 kishi, AQShda — 1004 kishi, Germaniyada – 1002 kishi va Frantsiyada – 1499 kishi qatnashdi.