Rossiya TIV AQSh kongressini "iqtisodiy qamal" uyushtirganlikda aybladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishRossiya Tashqi ishlar vazirligi binosi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"AQSh Kongressidagi Rossiyaning dushmanlari Qo‘shma Shtatlar prezidentiga Moskvaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish imkonini bermaydigan qonun loyihasi orqali iqtisodiy qamalga o‘xshash holatni tashkillashtirishga urinmoqdalar", - deb bayonot qildi Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Moskva AQSh kongressini Rossiya uchun "iqtisodiy qamal" tayyorlaganlikda aybladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tungi Kreml, Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya savdolashmaydi - qurolsizlanish va sanksiyalar orasida aloqa yo‘q
"Kongressdagi dushmanlarimiz munosabatlarimizdagi (Rossiya va AQShni nazarda tutapti, tahr.) har qanday ijobiy o‘zgarishlarni yanchib tashlashga urinmoqdalar. Joriy yilning yanvar oyida ular tomonidan kiritilgan qonunchilik loyihasi sanksiyalarni kodlashtirishni nazarda tutadi. Ya’ni Obama joriy qilgan sanksiyalarni Tramp o‘z xohishi bilan bekor qilmasligi uchun amalga oshirildi bu. Bundan tashqari, cheklovlarni kengaytirish va yanada kuchaytirish taklif qilinmoqda, uchinchi mamlakatlarni shantaj yo‘li bilan bunga amal qilishlarigamajburlashga urinishmoqda. Ya’ni, gapning ochig‘ini aytganda, ular Rossiya iqtisodiy qamalini uyushtirishmoqchi", — dedi Rabkov Rossiya Davlat Dumasida chiqishi davomida.

Siyosatchi shuningdek, muassasada "ushbu holatdan vahima yasamayotgani"ni ta’kidlagan. "Tramp va uning jamoasiga tashqi siyosiy blokdagi ishlarni yo‘lga qo‘yib olishi va eng bosh maqsadlarni belgilab olishi uchun vaqt kerakligini bizlar tushunamiz", — degan u.

Rabkov shuningdek, Vashingtondan kelayotgan barcha signallarning hammasi Rossiya TIV vakillari tomonidan sinchkovlik bilan tahlil qilinib, qayd etilayotgani va hisobga olinayotganini qo‘shimcha qilgan.

"Biz faqat bajarilayotgan ishlarga qarab baho beramiz", — degan Rabkov.

Yangiliklar lentasi
0