AQSh uchuvchisiz samolyoti Donbassda razvedka olib bordi

© U.S. Air Force / Airman 1st Class D. Blake BrowningStrategicheskiy razvedivatelniy bespilotniy letatelniy apparat VVS SShA RQ-4 Global Hawk
Strategicheskiy razvedivatelniy bespilotniy letatelniy apparat VVS SShA RQ-4 Global Hawk    - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oxirgi vaqtlarda AQSh razvedka samolyotlari Donbass yaqinida ko‘p marta aniqlanmoqda.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. AQSh havo harbiy qo‘shinlariga tegishli bo‘lgan RQ-4B-30 Global Hawk strategik uchuvchisiz samolyoti Donbass hududida razvedka olib bordi.

Strategik uchuvchisiz samolyot Sitsiliya orolidagi Sigonella bazasidan havoga ko‘tarilgan.

Payshanba kuni kechqurun samolyot 15 km balandlikda Kiyev hukumati nazorati ostidan bo‘lgan hududdan janubdan shimolga uchib o‘tdi, Starobelsk tumanidan ortga qaytdi.

Zaporoj va Donesk viloyatlari chegaralaridan g‘arb tomonga o‘tdi. Keyin Nikolayevdan Qora dengizga o‘tdi. Shundan so‘ng samolyot Ukraina hududini tark etdi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlat razvedka samolyotlari va uchuvchisiz qurilmalari Donbass yaqinida borgan sari ko‘p paydo bo‘lmoqda.  

Shuningdek, uchuvchisiz apparatlar Boltiq, Qrim, Krasnodar hamda Suriyadagi rossiya harbiy bazalar yaqinida qayd etilmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi Vashingtonni bunday operatsiyalardan voz kechishga chaqirgandi, biroq Pentagon buni rad etdi.

Yangiliklar lentasi
0