Rossiya 2025-yildan Xalqaro kosmik stansiya loyihasidan chiqadi

© Press-slujba Roskosmosa / Mediabankka o‘tishRoskosmos predstavil pervie fotografii rekordnogo vixoda v otkritiy kosmos kosmonavtov A. Misurkina i A. Shkaplerova
Roskosmos predstavil pervie fotografii rekordnogo vixoda v otkritiy kosmos kosmonavtov A. Misurkina i A. Shkaplerova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2021
Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, Rossiya o‘zining milliy kosmik stansiyasini yaratishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiya to‘rt yildan keyin Xalqaro kosmik stansiya (XKS) loyihasidan chiqadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“Ularni (xalqaro hamkorlarni – tahr.) 2025-yildan XKSdan chiqish haqida ogohlashtirish to‘g‘ri ish”, - dedi “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov.
Rossiyaning Xalqaro kosmik stansiya loyihasida ishtirok etishda davom etishi maqsadga muvofiqligi masalasi 12-aprel kuni prezident Vladimir Putin rahbarligida kosmosga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhokama qilingan.
Pusk RN Soyuz-2.1b s razgonnim blokom Fregat s kosmodroma Vostochniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Rossiya-O‘zbekiston: kosmosda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tayyor
“Rossiya o‘zining milliy kosmik stansiyasini yaratishni rejalashtirmoqda. XKS juda eskirdi, va hukumat chet ellik hamkorlar bilan ilgariroq bu haqda gaplashishni taklif qilmoqda”, - deyilgan xabarda.
XKS loyihasida 14 mamlakat qatnashadi, ularning beshtasi – Rossiya, AQSh, Kanada, Yaponiya va Yevropa kosmik agentligi asosiy sanaladi. Stansiyani qurish 1998-yilda boshlangan, birinchi doimiy ekspeditsiya 2000-yildan ishga tushgan.
Yangiliklar lentasi
0