https://oz.sputniknews.uz/20210513/aqsh-afgonistondagi-bazalarini-markaziy-osiyo-mamlakatlariga-kochirishga-umid-qilmoqda-18706697.html
AQSh Afg‘onistondagi bazalarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘chirishga umid qilmoqda
AQSh Afg‘onistondagi bazalarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘chirishga umid qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Afg‘oniston bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlarda o‘z harbiy bazalarini joylashtirish imkoniyatini o‘rganmoqda. 13.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-13T10:15+0500
2021-05-13T10:15+0500
2023-04-05T18:33+0500
analitika
xitoy
tolibon
pentagon
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1177/23/11772385_0:154:3091:1893_1920x0_80_0_0_7641fbdbfd84d7bf577c8cfb2449fcd1.jpg
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqargandan so‘ng harbiy bazalarni Markaziy Osiyoda joylashtirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda, dedi AQSh Mudofaa vazirining Hindiston va Tinch okeani mintaqasi xavfsizligi masalalari bo‘yicha yordamchisi Devid Xelvi AQSh Vakillar Palatasining Qurolli kuchlar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan tinglovda.Bunday chora o‘rganilishidan maqsad, Afg‘oniston hududidagi terrorchilarga qarshilik ko‘rsatish ekanligi qo‘shimcha qilingan."Biz tahdidlarni kuzatish va to‘xtatish imkoniyatlarini saqlab qolishga qodir bo‘lish maqsadida mintaqada harbiylarni va razvedka imkoniyatlarini saqlab qolish variantlarini o‘rganishni istar edik", - deb aytgan Xelvi AQSh Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarda amerika bazalarini joylashtirishi haqidagi savolga izoh berar ekan.U shuningdek, AQSh harbiy rahbariyati Afg‘oniston ustidan parvozlarni amalga oshirish imkoniyatini saqlab qolishga umid qilayotganini qo‘shimcha qilgan.Pentagon vakili shu bilan birga, hozircha amerika bazalarini joylashtirish bo‘yicha ushbu respublikalar bilan aniq kelishuvlarga erishilmaganini qayd etgan."Bizning bu mamlakatlarning birortasi bilan kelishuvimiz yo‘q. Ammo barcha variantlarni ko‘rib chiqapmiz", - degan Xelvi.Sal avval amerika biznes nashri bo‘lgan Wall Street Journal AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini chiqargach, ularni Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashtirishi mumkinligi, ammo ayni vaqtda kelishuvlar yo‘qligi haqida xabar qilgan edi.Prezident Jo Bayden ma’muriyati vakillari va ayrim harbiylar fikricha, qo‘shinlarni Afg‘oniston bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikistonda joylashtirish ayni muddao bo‘lur edi. Bu zarurat tug‘ilganida mamlakatga kirish imkonini berardi.Ammo ba’zi manbalar, Rossiyaning "katta harbiy mavjudligi" va tobora oshib borayotgan Xitoy ta’siri tufayli bu respublikalarda bazalarni joylashtirish murakkab ishligini ta’kidlashgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210426/aqsh-markaziy-osiyoda-harbiy-baza-uchun-joy-izlayapti-18494098.html
https://oz.sputniknews.uz/20210428/tolibon-afgoniston-shimolini-nazoratga-olmoqda--markaziy-osiyo-xavf-ostida-18536992.html
https://oz.sputniknews.uz/20210511/pentagon-afgonistonni-tark-etgach-markaziy-osiyodan-oziga-joy-topa-oladimi-18683285.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1177/23/11772385_180:0:2911:2048_1920x0_80_0_0_874a67b1e79fc8d38e14ddeb7d59c919.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, xitoy, tolibon, pentagon, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida, rossiya
analitika, xitoy, tolibon, pentagon, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida, rossiya
AQSh Afg‘onistondagi bazalarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘chirishga umid qilmoqda
10:15 13.05.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) AQSh Afg‘oniston bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlarda o‘z harbiy bazalarini joylashtirish imkoniyatini o‘rganmoqda.
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqargandan so‘ng harbiy bazalarni Markaziy Osiyoda joylashtirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda, dedi AQSh Mudofaa vazirining Hindiston va Tinch okeani mintaqasi xavfsizligi masalalari bo‘yicha yordamchisi Devid Xelvi AQSh Vakillar Palatasining Qurolli kuchlar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan tinglovda.
Bunday chora o‘rganilishidan maqsad, Afg‘oniston hududidagi terrorchilarga qarshilik ko‘rsatish ekanligi qo‘shimcha qilingan.
"Biz tahdidlarni kuzatish va to‘xtatish imkoniyatlarini saqlab qolishga qodir bo‘lish maqsadida mintaqada harbiylarni va razvedka imkoniyatlarini saqlab qolish variantlarini o‘rganishni istar edik", - deb aytgan Xelvi AQSh Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarda amerika bazalarini joylashtirishi haqidagi savolga izoh berar ekan.
U shuningdek, AQSh harbiy rahbariyati Afg‘oniston ustidan parvozlarni amalga oshirish imkoniyatini saqlab qolishga umid qilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Pentagon vakili shu bilan birga, hozircha amerika bazalarini joylashtirish bo‘yicha ushbu respublikalar bilan aniq kelishuvlarga erishilmaganini qayd etgan.
"Bizning bu mamlakatlarning birortasi bilan kelishuvimiz yo‘q. Ammo barcha variantlarni ko‘rib chiqapmiz", - degan Xelvi.
Sal avval amerika biznes nashri bo‘lgan Wall Street Journal AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini chiqargach, ularni Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashtirishi mumkinligi, ammo ayni vaqtda kelishuvlar yo‘qligi haqida xabar qilgan edi.
Prezident Jo Bayden ma’muriyati vakillari va ayrim harbiylar fikricha, qo‘shinlarni Afg‘oniston bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikistonda joylashtirish ayni muddao bo‘lur edi. Bu zarurat tug‘ilganida mamlakatga kirish imkonini berardi.
Ammo ba’zi manbalar, Rossiyaning "katta harbiy mavjudligi" va tobora oshib borayotgan Xitoy ta’siri tufayli bu respublikalarda bazalarni joylashtirish murakkab ishligini ta’kidlashgan.