Pentagonga nega Markaziy Osiyoda joy yo‘q

© AFP / MASSOUD HOSSAINIAmerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexoti "Chinuk"
Amerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexoti Chinuk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Obuna bo‘lish
Pentagon bazalarining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda bo‘lib turishi destruktiv, va bu Afg‘oniston, Iroq, Suriyadagi o‘nlab yillar davom etgan shonsiz jangovar harakatlarda o‘z isbotini topgan.
AQSh harbiy aerodromlari va boshqa obyektlarining Afg‘onistondan Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘istonga yoki Qirg‘izistonga ko‘chirilishi siyosiy va amalga oshirib bo‘lmaydigan ish, chunki bu Afg‘oniston Islom Respublikasidagi urush mantig‘ini o‘zgartirmaydi va mavjud mintaqaviy xavfsizlik tizimini yo‘q qilish bilan xavf soladi.
The Wall Street Journal nashri xabariga ko‘ra, AQSh Afg‘onistondan chiqarilayotgan qo‘shinlarini Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashtirishni xohlaydi. Ta’kidlanishicha, Pentagonga bazalar shaxsiy tarkib, dronlar, boshqariladigan bombardimonlar va artilleriya uchun zarur. Qo‘shinlar dislokatsiyasi uchun ehtimoliy joylar sifatida Afg‘oniston shimolidagi qo‘shni davlatlar va Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari ko‘rib chiqilmoqda. Hozircha, aytilishicha, Bishkek, Dushanbe, Toshkent va Nur-Sulton Vashingtondan rasmiy so‘rovlar olmagan.
Amerikanskie soldati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Amerikaliklar Rossiyaga “afg‘on bombasini” tashlayaptimi?
Ammo amerika OAVlarida tarqalgan va tasodif bo‘lmagan ma’lumotlar mintaqada ommaviy-siyosiy notinchlik manbaiga aylanmoqda.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bergan rasmiy bayonotga ko‘ra: mudofaa doktrinasi, Konstitutsiya va 2012-yilda qabul qilingan tashqi siyosiy konsepsiyaga muvofiq respublika hududida xorijiy harbiy bazalar va obyektlarni joylashtirish nazarda tutilmagan.

Mudofaa vazirligi pozitsiyasi o‘ta aniq, ammo shunday bo‘lsa-da, Toshkentda siyosiy qarorlar boshqa darajada qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida, chet el harbiy bazasini (amalda) misol uchun, hamkorlikdagi mashg‘ulotlar bazasi yoki (yuridik tomondan) logistik markaz deb nomlash mumkin.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Rahmon tojik-afg‘on chegarasini qo‘riqlashni mustahkamlash bo‘yicha topshiriq berdi
Rossiyaga 9-may kuni uyushtirilgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning tashrifi (Moskvaga G‘alaba paradiga MDH davlatlaridan tashrif buyurgan yagona davlat yetakchisi) Rossiya prezidenti Vladimir Putin bidan afg‘on (amerikadan keyingi masala) bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyati sifatida ko‘rinmoqda.
Tojikiston Afg‘oniston bilan eng katta chegaraga ega.
Pentagonga Panj darosi yaqinida, Islom Respublikasining shimoliy viloyatlariga yaqin masofada "lagerni joylash" qulay bo‘lar edi. Ammo, Tojikiston KXShT a’zosi; 201-Rossiya harbiy bazasi respublika hududida joylashtirilgan. Bundan tashqari, Rossiyaning kosmik obyektlarni aniqlovchi "Okno-M" optik-elektron majmuasi ham shu yerda joylashgan, u hududni butun sayyora ustida turib kuzatishga qodir. Bu KXShT mamlakatlari xavfsizligini ta’minlashning strategik elementlaridir, va amaliy jihatdan olganda - AQSh unga qarshi ochiqchasiga dushmanona "tiyib turish" siyosatini olib borayotgan Rossiyaning yetakchi chizig‘idir.

Sharq - nozik masala

Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan G‘alaba kuniga bag‘ishlangan parad arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmonni qabul qildi. Suhbat bo‘lib o‘tdi, uning davomida davlatlar rahbarlari "Afg‘onistondagi vaziyatdan tashvish bildirishdi". Ehtimolga yaqinki, tomonlar Vashingtonning Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan Tojikistonga ko‘chirish rejalarini ham muhokama qilishgan. Qabul qilingan qarorlar haqida hozircha faqat taxmin qilishimiz mumkin.

Boshqa tomondan may oyida The Wall Street Journal tomonidan AQSh armiyasining "afg‘on kontingenti" O‘zbekiston yoki Tojikistonda joylashtirilishi "afzal ko‘rilgani" haqidagi qat’iy eslatma Vashingtonning amerika harbiy bazasini ushbu tilga olingan ikki mamlakatning birida bosim orqali joylashtirishga erishishidan dalolat beradi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
“Tolibon”* Afg‘oniston shimolini nazoratga olmoqda – Markaziy Osiyo xavf ostida
Rossiya mintaqasida va Xitoyning qo‘shnilarida sezilarli harbiy kuchlarga ega bo‘lishiga qaramay (ular bilan Vashington ham ziddiyatli munosabatlar o‘rnatgan). Amerikalik nashrning rasmiy manbasi so‘nggi omillar bekor qilinmasligini, aksincha "Markaziy Osiyoda bazalarni joylashtirish rejalarini murakkablashtirayotganini" ta’kidlamoqda.
The New York Times gazetasi aprel oyi oxirida Pentagon, AQSh razvedka agentliklari va G‘arbdagi ittifoqchilar Afg‘onistondan qo‘shni Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga qo‘shinlar va zarba beradigan samolyotlarni ko‘chirish variantlarini muhokama qilayotganini xabar qildi. The Wall Street Journal tomonidan Qozog‘iston tilga olinmagani juda qiziq. Albatta, loyihaning barcha tafsilotlari ommaga ma’lum etilmadi, ko‘p narsalar "parda ortida" qolmoqda. Masalan, AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodning O‘zbekiston va Tojikistonda aprel oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralarining aniq kun tartibi noma’lum.
Eslatib o‘taman, aprel oyi boshida AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ning strategik rejalashtirish va siyosat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, brigada generali Duk Pirak boshchiligidagi Pentagon delegatsiyasi ishchi tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan. Pentagonning respublikaga bo‘lgan qiziqishi azaliy va ko‘p qirrali. Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi harbiy va siyosiy voqealarni nazorat qilishga intiladi. Respublika Qo‘shma Shtatlarning Rossiya va Xitoy ta’siriga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita kurash uchun o‘ziiga xos platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Fikrimcha, AQSh armiyasi bilan Xonoboddagi bo‘lgan o‘tmishdagi negativ tajribaga qaramay, "blokdan tashqaridagi" (Tojikistondan farqli o‘laroq) O‘zbekiston Vashington uchun eng qulay muzokarachiga aylanishi mumkin.
Amerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2021
AQSh Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon O‘zbekistonni tanlaydimi?
Pentagon va uning ittifoqchilari hukumat kuchlari va toliblar o‘rtasida (boshqa terroristik uyushmalarni hisobga olmaganda) qurolli ziddiyatlar kuchaygan Islom respublikasini tark etishmoqda. Mujohid-jangarilariga qarshi kurash tarixi yakun topmagani aniq. Amerikaliklar titrab-qaqshagan holda Afg‘onistonni shunday tark etish imkoniyatini qidirmoqdalarki, toki yaqin atrofda o‘z harbiy mavjudligini, "kuch proyeksiyasi" vositalarini saqlab qolish imkoni bo‘lsin. Vashington shonsiz afg‘on urushi AQSh va uning ittifoqchilariga teskari ta’sir qilishini tushunadi va 2020-yilda tuzilgan "tinchlik" ning og‘ir oqibatlarini Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar zimmasiga yuklashga harakat qilmoqda. Bir vaqtning o‘zida Pentagon o‘zining uzoq muddatli maqsadlarini ko‘zlamoqda.

Mintaqa uchun ikki variant

Avvalroq AQSh Qurolli kuchlari shtablar rahbarlari birlashgan qo‘mitasining raisi general Mark Milli Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari chiqarilgandan keyingi vaziyat qanday rivojlanishi haqida prognozini aytgan edi: "Men faqat ikkita variantni ko‘rapman: yomon bo‘ladi yoki juda yomon bo‘ladi". Ehtimol-ki, ushbu xulosa butun mintaqa uchun prognoz qilingan.

Amerikaliklar tomonidan o‘qitilgan, qurollantirilgan va kerakli narsalar bilan ta’minlangan 350 ming kishilik afg‘on armiyasi, "Tolibon" va ID*ning taxminan 50 ming kishilik "qo‘shiniga" munosib qarshi turishga qodir emas. O‘tgan bir haftada Islom Respublikasida jangovar harakatlar intensivligi oshdi, ularda kuch tuzilmalarining 211 vakili va 15 nafar tinch aholi halok bo‘ldi. 315 jangari yo‘q qilindi (jangarilar hamisha ko‘proq yo‘q qilinayotgandek tuyuladi, ammo Afg‘onistonda negadir ular soni hech kamaymaydi).
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2020
O‘zbekiston va Tojikistondan yuzlab terrorchi “Tolibon”* safiga qo‘shildi – afg‘on OAV
Eng rezonansli hujum shimolidagi Bag‘lon provinsiyasining Bog‘lani-Markazi mintaqasida Tolibon * jangarilarining hujumi bo‘lib, u paytda oltita harbiy baza va etti davlat posti qo‘lga olindi (100 dan ortiq askar Tolibonga taslim bo‘ldi). Vardak, G‘azni, Gilmand va Qunduz viloyatlarida ham qattiq janglar bo‘lib o‘tdi. E’tibor bering, miqdoriy va sifat tarkibi (jangovar tajribasi va qurol-yarog‘) mujohidlarga Afg‘onistondan tashqarida operatsiyalar o‘tkazishga imkon beradi.

To‘rt kun ichida Afg‘oniston hududidan Pokiston chegarachilari va harbiy xizmatchilariga ikkinchi bor hujum uyushtirilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Sodir etilgan hujum oqibatida Belujiston viloyatida uch nafar Pokiston chegarachisi halok bo‘ldi. Maxsus qidiruv operatsiyasi hech qanday natija bermadi. Pokistondagilar jangarilar faollashuvi NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketishi bilan bog‘liq deb hisoblaydi. Bu Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlari uchun juda havotirli faktlardir.
Amerikanskie voyennie vo vremya posadki na samolet na aviabaze v Kirkuke, Irak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Markaziy Osiyo nega o‘z hududida AQSh bazalarini qabul qilmaydi - ekspertlar xulosasi
Vashingtonning Kobuldagi hukumatni Tojikiston yoki O‘zbekiston hududidan harbiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mintaqaviy rejalari to‘g‘risida hali ham to‘liq aniqlik yo‘q. Va shunga qaramay, tabiiy ravishda savol tug‘iladi: agar Pentagon va NATO ittifoqchilari 20-yil davomida bevosita Afg‘oniston hududida toliblarga qarshi urushda muvaffaqiyatga erisha olmagan ekan, amerika qo‘shinlari Markaziy Osiyoga "ko‘chganidan so‘ng" nima o‘zgaradi? ? Ehtimol, Afg‘oniston shunchaki mintaqada Rossiya va Xitoyni "jilovlab turish" uchun qolishga bahonadir. Bunday beqarorlashtiruvchi siyosat Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ikki baravar xavflidir.
* – RF ta’qiqlangan terroristik uyushma.
Yangiliklar lentasi
0