Amerikaliklarning benzinga puli yetmayapti: aybdor ruslar

© REUTERS / COLONIAL PIPELINEToplivnie rezervuari kompanii Colonial Pipeline v aeroportu goroda Sharlott, SShA benzin kompaniyasi
Toplivnie rezervuari kompanii Colonial Pipeline v aeroportu goroda Sharlott, SShA benzin kompaniyasi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Obuna bo‘lish
Siz kulasiz, biroq Amerikada yana rus xakerlarini topishdi. Bu gal ular go‘yoki Texasdan Nyu-Yorkkacha cho‘zilgan va kuniga 2,5 million barrel qazib oluvchi “Colonial Pipeline” neft quvurini to‘xtatishgan.
FQBning nomi ochiqlanmagan manbalarining “Associated Press”ga sizdirgan ma’lumotlarga ko‘ra, qandaydir zararli kompyuter dasturi “Colonial Pipeline” egalarini neft qazib olishni to‘xtatishga majbur qilgan. Hozir, faraz qilinishicha, xakerlar kompaniya rahbariyati bilan tovon borasida savdolashmoqda. So‘nggi uch kunda neft quvuri ishlamayapti, shu sabab esa benzin qimmatlashmoqda va yana qimmatlashadi.
Demokratik partiyaning partiya telekanali CNN kiber hujumni “Darkside” guruhidagi xakerlar amalga oshirgani haqidagi versiyani tarqatdi, bu guruh esa – ha, topdingiz - albatta, ruslar bilan bog‘liq.
Xaker - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
AQSh Rossiyaga ko‘rinmas zarba berishni va’da qildi
Dalillar? Qanaqasiga. “Darkside” tarjimasi “qora tomon”ni anglatadi, demokratik dunyoning qora tomonida kimlar yashaydi? Albatta, ruslar. “Darkside”ning rasmiy sayti va bog‘lanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlari bor. Ular orqali bugun amerikalik jurnalistlar ular bilan bog‘lanishga urinishmoqda. O‘z sayti va bog‘lanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlari yozilgan bu qanaqa xakerlar bo‘ldi, deb so‘rashingiz mumkin. Ehtimol, bu ruslarning jumboqli ko‘ngli.
Aslida xakerlar haqidagi ertaklar Bayden davrining noxush iqtisodiy voqeligini oqlashga qaratilgan. Gap shundaki, Tramp prezidentligi davrida mamlakatda benzin o‘rtacha galloni uchun ikki dollardan edi (taxminan bir litri uchun yarim dollardan). Bugun gallon uch yarim – to‘rt dollargacha qimmatlashdi. Kalifarniya shtatida bir gallon uchun narx besh dollarga qarab ketmoqda. Bu bir litr benzin oddiy kaliforniyalikka 100 rubldan ziyodga tushishini anglatadi.
“Colonial Pipeline” bilan tushunarsiz narsalar (hatto u yerda nima ro‘y bergani muhim emas) yoqilg‘i narxining keyingi keskin ko‘tarilishi uchun vaj bo‘ladi. U nimalarga olib kelishini oldindan taxmin qilish qiyin emas. Ko‘chib o‘tish, tashishning qimmatlashishi, deyarli hamma narsaning narxi oshishi – aviachiptalardan tortib mahsulotlargacha. Qisqasi, amerikaliklar ilgari uni aksiyalar va ko‘chmas mulkka kiritgan inflyatsiya barcha bandlari bilan o‘zini ko‘rsatadi.
Ajoyiblik shundaki, bu inqiroz qo‘l bilan keltirib chiqarilgan. Bayden Oq uyga kirar-kirmas, slans neftini qazib olishni chekladi, “Keystone XL” neft quvuri loyihasini yopdi, yashil energetikaga sarmoya kiritishni va’da qildi. Bularning hammasi qazib olishni koronavirusga qadar darajaga tiklashga imkon bermadi.
Posolstvo RF v SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2020
Rossiya AQSh Moliya vazirligiga uyushtirilgan kiberhujumdagi ayblovni asossiz deb atadi
Rus neftchilarini qora oltinga bo‘lgan narxni tushirib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilish rejalari ish bermadi. Rejaga qaramasdan, 2020-yilda faqat amerika slanschilari o‘zidan o‘zi yo‘q bo‘ldi. Hozir, pandemiyaning avj olgan pallasidan so‘ng, yoqilg‘iga bo‘lgan talab oshmoqda, mamlakat bo‘ylab ommaviy safar qilish mavsumi boshlanmoqda, talabni hech narsa bilan qondirib bo‘lmaydi. Benzin narxi osmonga chiqishiga ajablanarli emas.
Sivilizatsiyaga erishgan mamlakatlarda yoqilg‘i narxini ushlab turish uchun turli moliyaviy vositalar bor. Rossiya, masalan, ko‘p yillardirki dempfer mexanizmidan muvaffaqiyatli foydalanadi. Bugun mamlakatning dunyoda yoqilg‘ining past narxi bilan faxrlanishga haqqi bor.
Ammo rivojlangan Shtatlarda Greta Tunberg orzusini ro‘yobga chiqarishni afzal bilishadi: amerikaliklar uyda o‘tirishibdi, chunki benzin olishga pullari yo‘q, ta’tilga boshqa joyga uchishmaydi, chunki samolyotga chipta xarid qilish juda qimmatga tushadi, tokchada ko‘chat o‘stirishadi, chunki ovqat juda qimmatlashib ketdi.
Aynan shunday yashil kun tartibini Demokratik partiyasi teppadagilari zo‘r berib o‘tkazmoqda. Bir yil avval, neft narxi tarixiy minimumga qulaganda, so‘l demokratlar yulduzi Aleksandriya Okasio-Kortes o‘z tvitterida yozdi: “Siz buni sevasiz, mutlaqo. Neftchimiz tuzilmaviy inqirozda...”
Naftalanskaya neft - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
Zahiralar tugamoqda: neft narxi 74 dollarga chiqadi
Aynan o‘sha payt qazib chiqaruvchi sanoatida ishlaydiganlar ommaviy ravishda ishlaridan ayrilishgan, katta va kichik kompaniyalar xonavayron bo‘lishgandi, tez orada kongresschi bu tvitini o‘chirib tashlashga majbur bo‘lgandi. Biroq internet hamma narsani yodda tutadi: amerika neftchilarini yo‘q qilish – bu Demokratik partiyani moliyalashtirayotgan oligarxlarning yashirin maqsadidir.
“Colonial Pipeline”ga kiber hujum uyushtirilgandan so‘ng darhol birja tahlilchilari mijozlarga kiber xavfsizlikka ixtisoslashgan internet gigantlarning aksiyalarini xarid qilishni tavsiya qilishdi. Shunday gigantlardan biri sobiq CEO - Google᾽dan bo‘lgan Erik Shmidt – bugungi kunda Oq uyning kulrang kardinali bo‘ladi. U himoyasi ostidagilarni yuqoriroq yoki quyiroq lavozimlarga ilgari suradi.
Raqamli korporatsiyalarga egalik qiluvchi amerikalik oligarxlarga amerikalik neftchilarni xonavayron qilish foydali. Ular bilan bir qatorda millionlab oddiy fuqarolar xonavayron bo‘lishi, bu korporativ iqtisodiy urushning “hamroh zarari”. “Raqamchilar” qazib chiqaruvchi sanoatiga qarshi, elektrokarlar benzinli dvigatellarga qarshi, soya go‘shti ishlab chiqaruvchilari chorvachilikka qarshi. Harbiy harakatlar teatri AQSh hududi bo‘ldi, oddiy amerikaliklarning barcha kulfatini Vashington ruslarga ag‘daradi.
Albatta, oshkora tuhmat – Rossiya prezidenti va Oq uy xo‘jayini o‘rtasidagi muzokaralarning yaxshi muqaddimasi emas. Ammo undan bosim uchun foydalanishga urinib ko‘rish mumkin. “Suhbatimiz bo‘ladi, men prezident Putin bilan uchrashishni rejalashtirapman, - dedi kecha Jo Bayden. – Hozircha maxsus xizmatimiz Rossiya aloqadorligini dalilini topmadi (“Colonial Pipeline”ga uyushtirilgan kiber hujumga), ammo tamagir dastur Rossiyada joylashganining dalili bor. Ularning (ruslarning) javob berishiga to‘g‘ri keladi...”
“Rus xakerlari” allaqachon memga aylandi. Uni Amerika hukumati har safar ishlari yurishmaganda undan foydalanishadi. Ayyor rus dasturchilarini nimalarda ayblashmadi deysiz! Demokratik partiya kompyuterlarini buzish, saylovlarga uzluksiz aralashish, o‘tgan yil dekabr oyida Amerika davlat muassasalari kompyuter tarmoqlaridagi uzilishlar, mana endi esa - qimmat benzin. Shu yillar mobaynida jamoatchilikka biror marta ham haqiqiy xaker taqdim etilmadi. Biror marta ham hech qanday dalil keltirilmadi.
Kompressornie stansii Kazachya i Russkaya v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Rossiya va AQSh Yevropa bozorini talashmoqda: gaz omborini kim to‘ldiradi
Bu orada aynan bu yillar ichida AQSh kompyuter jinoyatchiligi bo‘yicha mutlaq jahon yetakchisi bo‘ldi. Amerikaliklar – so‘nggi o‘n yillikning eng mashhur kiber hujumlarning mualliflari. Bu hujumlarning ayrimlari to‘laqonli harbiy diversiya sifatida ko‘ringan. Misol tariqasida Eron infratuzilmasi tahdil solgan “Stuxnet” kompyuter virusi faoliyatini olish mumkin.
Rossiya hamisha AQShga xalqaro kiber xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ishni yo‘lga qo‘yishni taklif qilib keladi. Ammo amerikaliklar har doim bo‘yin tovlashadi – axir ularning ham qoidaga binoan o‘ynashlariga to‘g‘ri keladi. Mamlakat inqirozi va fuqarolarning xonavayron bo‘lishini har yerda bo‘lgan rus xakerlariga ag‘darish osonroq-da.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0