https://oz.sputniknews.uz/20210511/amerikaliklar-rossiyaga-afgon-bombasini-tashlayaptimi-18679372.html
Amerikaliklar Rossiyaga “afg‘on bombasini” tashlayaptimi?
Amerikaliklar Rossiyaga “afg‘on bombasini” tashlayaptimi?
Sputnik O‘zbekiston
Aprel o‘rtasida Jo Bayden Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqish sanasini 1-maydan 11-sentabrga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilgach, mamlakatda ko‘proq... 11.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-11T18:23+0500
2021-05-11T18:23+0500
2023-04-05T18:33+0500
kolumnistlar
aqsh
tolibon
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0b/18663722_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_d4439e1e2c4498f08611c93eb5cdb99d.jpg
Birgina 8-may kuni Kobulning Dashti Barchi tumanida qariyb 16 kishi halok bo‘ldi, asosan 11-15 yoshli o‘quvchi qizlar. Nimalar ro‘y berapti? Kimdir qo‘shinlarni olib chiqishni juda xohlamaydi yoki aksincha, kimdir amerikaliklarni qistovga olyapti, chiqish ketish joyini ko‘rsatapti? Ular ketgandan so‘ng nima bo‘ladi?Rossiya uchun bu muhim masala: SSSR parchalanganiga qaramasdan, bizning Afg‘oniston bilan, umuman olganda, ilgariday chegaramiz umumiy. Afg‘oniston bilan sobiq sovet chegarasining katta qismi to‘g‘ri keladigan Tojikiston KXShTga a’zo, ya’ni bizning harbiy ittifoqdoshimizdir. Afg‘oniston bilan chegaradosh O‘zbekiston va Turkmaniston ham bizning milliy manfaatlarimiz va javobgarligimiz zonasiga kiradi.Agar Afg‘onistonda to‘laqonlik fuqarolar urushi o‘t olsa, uning tutuni butun O‘rta Osiyoni qoplaydi, eng yomon holatda esa alangasi o‘tadi, axir Afg‘onistonda yuqorida tilga olingan uchta sobiq sovet respublikalarida ham bo‘lgan o‘sha xalqlar yashaydi. Rossiyada hatto amerika qo‘shinlarining olib chiqilishi mag‘lubiyat emas, sal bo‘lmasa bizga qarshi diversiya degan sadolar yangramoqda: deyishaptiki, Vashington shu tarzda Kremlning diqqatini sharqqa qaratmoqda va ruslarning O‘rta Osiyo hodisasini bartaraf qilishga barcha kuchlarini ishga solishiga to‘g‘ri keladi. Balki, umuman amerikaliklardan qolishlarini so‘rashimiz kerakdir?Shunga o‘xshash soxta konspirologiya kulguli: amerikaliklar Afg‘onistonda istagan narsalaridan hech narsaga erishishmadi (ularning barcha orzulari avvaldan xayoliy va absurd bo‘lgani boshqa gap).“Al Qoida”*ni tugatishdi – uning polklari yoki diviziyalari bor edimi – yoki u islom dunyosining turli qismlarida turli tuzilmalar va guruhlarni bog‘lovchi tarmoqli tashkilot edi va bo‘lib qolmoqda?Ha, guruhlar radikal kayfiyatga ega, biroq Afg‘onistonning amerikaliklar tomonidan ishg‘ol qilinishi islom dunyosida yankilarga bo‘lgan nafratni kuchaytirdi, xolos. Ya’ni jihodchilar ta’siri o‘sdi.“Tolibon”* ustidan g‘alaba qozonishdi? Lekin u yaqinda amerikaliklar ketgandan so‘ng Kobulda hukumat tepasiga keladi: yoki hukumat koalitsiyasining bir qismi sifatida tinch yo‘l bilan, yoki harbiy. O‘shanda yakka kelmaydi.Amerikaliklar Afg‘onistondan Rossiyaga va Xitoyga (hamda Eronga) bosim o‘tkazish, Yevroosiyoning asosiy mintaqasida doimiy bo‘lib turishi uchun plasdarm tuzishni xohlashganmidi? Xohlashgandi, lekin buning uchun Afg‘onistonni bo‘ysundirish va uni nazorati ostiga olish zarur edi – bu ish qo‘llaridan kelmadi.Amerikaliklar shunchalik ketishga majbur bo‘lishmaydi - eng yomon holatda ularning o‘zlari uchun ishlagan o‘n minglab afg‘onlarni o‘zlari bilan olib chiqib ketishlariga to‘g‘ri keladi. O‘sha kollaboratsionistlar, bosqinchilar yordamchilarini – axir ularga nafaqat toliblar bunday munosabatda emas. Ya’ni AQShning Afg‘onistondagi pozitsiyalariga shunchaki putur yetmaydi: ular yo‘q qilinadi. Biroq AQSh chiqib ketgandan so‘ng qo‘shni mamlakatlarda mustahkamlanmoqchi-ku? Mana shanba kuni “The Wall Street Journal” Vashingtton “qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqib ketgandan so‘ng toliblar ustidan nazorat qilish va qo‘shinlarni joylashtirish uchun mintaqaviy plasdarmlarni izlayapti”.Ko‘rib chiqilayotganlar qatoriga ham qo‘shni mamlakatlar, ham uzoqdagi mamlakatlar kiradi, masalan, BAA, Fors ko‘rfazida harbiy dengiz kuchlarini joylashtirish uchun imkoniyatlar tahlil qilinmoqda. Bayden allaqachon va’da qildiki, “Al Qoida”* yoki IShID* Amerika uchun yoki Afg‘onistondagi manfaatlari uchun xavf tug‘dirsa, Shtatlar havo zarbasini beradi.Lekin amerikaliklar tezda munosabat bildirish uchun imkoniyatga ega bo‘lishni xohlashmoqda, axir 11-sentabrdan keyin (ayrimlar iyul o‘rtasida deyishmoqda )Afg‘onistonda na amerikaliklar, na biror bir chet el qo‘shinlari qoladi – Amerika elchixonasiga (u yerda 1000 nafargacha kishini qoldirishmoqchi) hujum qilingan taqdirda nima qilish kerak? Pokistondan yordam jo‘natish kerak?Uzoq, ular bilan munosabatlar yomon, shu bois “harbiy baza yaratish uchun eng ma’qul variant Afg‘oniston bilan bevosita chegaradosh va kerak bo‘lganda qo‘shinlarni tezda bir joydan boshqa joyga o‘tishi ta’minlay oladigan O‘zbekiston va Tojikiston bo‘lgan bo‘lardi”.Biroq attang, Amerika rejalarining amalga oshishiga Rossiya va Xitoy xalaqit berishi mumkin, deya yozadi “The Wall Street Journal”. Albatta, shundoy ham: hech kim amerikaliklarning Markaziy Osiyoda mustahkamlanishiga yo‘q qo‘ymaydi. 2001-yil 11-sentabrdan keyin Rossiya Shtatlarga Qirg‘iziston va O‘zbekistonda baza yaratishga imkon bergandi, biroq u payt Rossiya zaif edi, Shtatlar bilan munosabatlar ham faol qarama-qarshilik holatida emasdi. Hozir esa hech qanday, hatto vaqtinchalik amerikaliklarning O‘rta Osiyoda mustahkamlanishlari haqida gap borishi mumkin emas: 20-yillik Afg‘onistonni istilo qilgandan so‘ng ularning mintaqani to‘liq tark etishlariga to‘g‘ri keladi. Uning xavfsizligi uchun Rossiya va Xitoy tomonidan tuzilgan ShHT javob beradi. Unga nafaqat Markaziy Osiyo respublikalari, balki Hindiston va Pokiston ham a’zo. Tez orada Eron ham to‘laqonli a’zo bo‘ladi.Ya’ni Afg‘oniston ShHTga a’zo mamlakatlar bilan to‘liq o‘ralgan bo‘ladi, boz ustiga uning o‘zi kuzatuvchi maqomiga ega. Kobulni ShHTga yaqqol obyektiv ko‘rsatgichlarga ko‘ra qabul qilishmagan: istilo qilingan va to‘liq suverenitetdan mahrum mamlakat tashkilot a’zosi bo‘lolmaydi. ShHT maqsadi – Osiyoda, birinchi navbatda Markaziy Osiyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash. ShHT hozircha o‘zining tinchlikparvar kuchlariga ega emas, Afg‘onistonga qo‘shin kiritishning hojati, bir istilochini boshqasiga almashtirishning hojati ham yo‘q.Afg‘onlar qirq yildan ziyod muddat bir-birlari bilan jang qilib keladi, 28-yil esa yana chet el qo‘shinlari bilan. To‘laqonli ichki afg‘on muloqoti uchun siyosiy sharoitlarni yaratish kerak. Tashqi, buning ustiga g‘arb aralashishisiz, lekin barcha davlatlar va qo‘shni mamlakatlarning – Rossiya, Xitoy, Pokiston, Eron va Hindistonning faol ishtiroki bilan. AQSh ham afg‘onlarni o‘zaro yarashtirishda qatnasha oladi va shart – faqat qo‘shinlar olib chiqib ketilgandan keyin Afg‘onistondagi ularning tarafdorlariga bo‘lgan munosabat har qanday muloqot uchun g‘ov bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, amerikaliklar ketgandan keyin Afg‘oniston uchun javobgarlikning asosiy yuki ShHT zimmasiga tushadi va ayniqsa uning uch a’zosi zimmasiga: Rossiya, Xitoy va Pokiston. Bu ham ularning manfaatlari, ham Afg‘oniston xalqi manfaatlari yo‘lida.Afg‘onistondagi qiyin ichki qarama-qarshilik – unga qo‘l siltash yoki undan harbiy devor bilan o‘rab olish uchun bahona emas. Ikkinchisining imkoni yo‘q ham, birinchisi esa uning qo‘shnilari va buyuk Osiyo davlatlari, jumladan, Rossiyaga manfaatlariga javob bermaydi.ShHT uchun minimum vazifa – afg‘on muammosining mamlakatdan tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. Maksimum vazifa esa barcha afg‘on tomonlarini real sulh va yangi Afg‘onistonni barpo etishga otlantirish.Jasur va shuncha musibatni boshdan kechirgan xalq axiyri o‘zining tog‘li diyorida tinch-totuv, mustaqil hayot kechirmog‘i lozim. Shveysariyadagi kabi emas, albatta, Shveysariya kantonlari ham o‘zaro jang qilgan bo‘lsada.Afg‘oniston Shveysariya bo‘lmaydi – unga g‘arb normalarini ko‘chirish mamlakatga ziyon yetkazdi, xolos – biroq u Markaziy Osiyo uchun keskinlik o‘chog‘idan barcha uning do‘stlari uchun tinch qo‘shniga aylanishiga to‘liq haqli.Faqat afg‘onlarga mustaqil osuda hayotga qaytishlariga yordam berish zarur – o‘zimiz uchun, geosiyosiy manfaatlar va o‘zga strateg eksperimentlar yo‘lida emas. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlariManba: RIA Novosti
https://oz.sputniknews.uz/20210511/rahmon-tojik-afgon-chegarasini-qoriqlashni-mustahkamlash-boyicha-topshiriq-berdi-18671969.html
https://oz.sputniknews.uz/20210510/afgonistonda-bir-sutkada-ikkinchi-avtobus-minada-portladi-18659864.html
https://oz.sputniknews.uz/20210510/aqsh-oz-qoshinlarini-markaziy-osiyoning-qaysi-davlatida-joylashtirmoqchi-18658971.html
https://oz.sputniknews.uz/20210511/markaziy-osiyo-nega-oz-hududida-aqsh-bazalarini-qabul-qilmaydi---ekspertlar-xulosasi-18667355.html
https://oz.sputniknews.uz/20210428/tolibon-afgoniston-shimolini-nazoratga-olmoqda--markaziy-osiyo-xavf-ostida-18536992.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0b/18663722_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_cf991a847b9ef707705637d744982152.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
kolumnistlar, aqsh, tolibon, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida, rossiya
kolumnistlar, aqsh, tolibon, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida, rossiya
Amerikaliklar Rossiyaga “afg‘on bombasini” tashlayaptimi?
18:23 11.05.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Aprel o‘rtasida Jo Bayden Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqish sanasini 1-maydan 11-sentabrga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilgach, mamlakatda ko‘proq qon to‘kilmoqda – zo‘ravonlik keskin o‘sdi, qurbonlar yuzlarcha.
Birgina 8-may kuni Kobulning Dashti Barchi tumanida qariyb 16 kishi halok bo‘ldi, asosan 11-15 yoshli o‘quvchi qizlar. Nimalar ro‘y berapti? Kimdir qo‘shinlarni olib chiqishni juda xohlamaydi yoki aksincha, kimdir amerikaliklarni qistovga olyapti, chiqish ketish joyini ko‘rsatapti? Ular ketgandan so‘ng nima bo‘ladi?
Rossiya uchun bu muhim masala: SSSR parchalanganiga qaramasdan, bizning Afg‘oniston bilan, umuman olganda, ilgariday chegaramiz umumiy. Afg‘oniston bilan sobiq sovet chegarasining katta qismi to‘g‘ri keladigan Tojikiston KXShTga a’zo, ya’ni bizning harbiy ittifoqdoshimizdir.
Afg‘oniston bilan chegaradosh O‘zbekiston va Turkmaniston ham bizning milliy manfaatlarimiz va javobgarligimiz zonasiga kiradi.
Agar Afg‘onistonda to‘laqonlik fuqarolar urushi o‘t olsa, uning tutuni butun O‘rta Osiyoni qoplaydi, eng yomon holatda esa alangasi o‘tadi, axir Afg‘onistonda yuqorida tilga olingan uchta sobiq sovet respublikalarida ham bo‘lgan o‘sha xalqlar yashaydi.
Rossiyada hatto amerika qo‘shinlarining olib chiqilishi mag‘lubiyat emas, sal bo‘lmasa bizga qarshi diversiya degan sadolar yangramoqda: deyishaptiki, Vashington shu tarzda Kremlning diqqatini sharqqa qaratmoqda va ruslarning O‘rta Osiyo hodisasini bartaraf qilishga barcha kuchlarini ishga solishiga to‘g‘ri keladi. Balki, umuman amerikaliklardan qolishlarini so‘rashimiz kerakdir?
Shunga o‘xshash soxta konspirologiya kulguli: amerikaliklar Afg‘onistonda istagan narsalaridan hech narsaga erishishmadi (ularning barcha orzulari avvaldan xayoliy va absurd bo‘lgani boshqa gap).
“Al Qoida”*ni tugatishdi – uning polklari yoki diviziyalari bor edimi – yoki u islom dunyosining turli qismlarida turli tuzilmalar va guruhlarni bog‘lovchi tarmoqli tashkilot edi va bo‘lib qolmoqda?
Ha, guruhlar radikal kayfiyatga ega, biroq Afg‘onistonning amerikaliklar tomonidan ishg‘ol qilinishi islom dunyosida yankilarga bo‘lgan nafratni kuchaytirdi, xolos. Ya’ni jihodchilar ta’siri o‘sdi.
“Tolibon”* ustidan g‘alaba qozonishdi? Lekin u yaqinda amerikaliklar ketgandan so‘ng Kobulda hukumat tepasiga keladi: yoki hukumat koalitsiyasining bir qismi sifatida tinch yo‘l bilan, yoki harbiy. O‘shanda yakka kelmaydi.
Amerikaliklar Afg‘onistondan Rossiyaga va Xitoyga (hamda Eronga) bosim o‘tkazish, Yevroosiyoning asosiy mintaqasida doimiy bo‘lib turishi uchun plasdarm tuzishni xohlashganmidi? Xohlashgandi, lekin buning uchun Afg‘onistonni bo‘ysundirish va uni nazorati ostiga olish zarur edi – bu ish qo‘llaridan kelmadi.
Amerikaliklar shunchalik ketishga majbur bo‘lishmaydi - eng yomon holatda ularning o‘zlari uchun ishlagan o‘n minglab afg‘onlarni o‘zlari bilan olib chiqib ketishlariga to‘g‘ri keladi. O‘sha kollaboratsionistlar, bosqinchilar yordamchilarini – axir ularga nafaqat toliblar bunday munosabatda emas. Ya’ni AQShning Afg‘onistondagi pozitsiyalariga shunchaki putur yetmaydi: ular yo‘q qilinadi.
Biroq AQSh chiqib ketgandan so‘ng qo‘shni mamlakatlarda mustahkamlanmoqchi-ku? Mana shanba kuni “The Wall Street Journal” Vashingtton “qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqib ketgandan so‘ng toliblar ustidan nazorat qilish va qo‘shinlarni joylashtirish uchun mintaqaviy plasdarmlarni izlayapti”.
Ko‘rib chiqilayotganlar qatoriga ham qo‘shni mamlakatlar, ham uzoqdagi mamlakatlar kiradi, masalan, BAA, Fors ko‘rfazida harbiy dengiz kuchlarini joylashtirish uchun imkoniyatlar tahlil qilinmoqda.
Bayden allaqachon va’da qildiki, “Al Qoida”* yoki IShID* Amerika uchun yoki Afg‘onistondagi manfaatlari uchun xavf tug‘dirsa, Shtatlar havo zarbasini beradi.
Lekin amerikaliklar tezda munosabat bildirish uchun imkoniyatga ega bo‘lishni xohlashmoqda, axir 11-sentabrdan keyin (ayrimlar iyul o‘rtasida deyishmoqda )Afg‘onistonda na amerikaliklar, na biror bir chet el qo‘shinlari qoladi – Amerika elchixonasiga (u yerda 1000 nafargacha kishini qoldirishmoqchi) hujum qilingan taqdirda nima qilish kerak? Pokistondan yordam jo‘natish kerak?
Uzoq, ular bilan munosabatlar yomon, shu bois “harbiy baza yaratish uchun eng ma’qul variant Afg‘oniston bilan bevosita chegaradosh va kerak bo‘lganda qo‘shinlarni tezda bir joydan boshqa joyga o‘tishi ta’minlay oladigan O‘zbekiston va Tojikiston bo‘lgan bo‘lardi”.
Biroq attang, Amerika rejalarining amalga oshishiga Rossiya va Xitoy xalaqit berishi mumkin, deya yozadi “The Wall Street Journal”. Albatta, shundoy ham: hech kim amerikaliklarning Markaziy Osiyoda mustahkamlanishiga yo‘q qo‘ymaydi.
2001 yil 11-sentabrdan keyin Rossiya Shtatlarga Qirg‘iziston va O‘zbekistonda baza yaratishga imkon bergandi, biroq u payt Rossiya zaif edi, Shtatlar bilan munosabatlar ham faol qarama-qarshilik holatida emasdi. Hozir esa hech qanday, hatto vaqtinchalik amerikaliklarning O‘rta Osiyoda mustahkamlanishlari haqida gap borishi mumkin emas: 20-yillik Afg‘onistonni istilo qilgandan so‘ng ularning mintaqani to‘liq tark etishlariga to‘g‘ri keladi.
Uning xavfsizligi uchun Rossiya va Xitoy tomonidan tuzilgan ShHT javob beradi. Unga nafaqat Markaziy Osiyo respublikalari, balki Hindiston va Pokiston ham a’zo. Tez orada Eron ham to‘laqonli a’zo bo‘ladi.
Ya’ni Afg‘oniston ShHTga a’zo mamlakatlar bilan to‘liq o‘ralgan bo‘ladi, boz ustiga uning o‘zi kuzatuvchi maqomiga ega. Kobulni ShHTga yaqqol obyektiv ko‘rsatgichlarga ko‘ra qabul qilishmagan: istilo qilingan va to‘liq suverenitetdan mahrum mamlakat tashkilot a’zosi bo‘lolmaydi.
ShHT maqsadi – Osiyoda, birinchi navbatda Markaziy Osiyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash. ShHT hozircha o‘zining tinchlikparvar kuchlariga ega emas, Afg‘onistonga qo‘shin kiritishning hojati, bir istilochini boshqasiga almashtirishning hojati ham yo‘q.
Afg‘onlar qirq yildan ziyod muddat bir-birlari bilan jang qilib keladi, 28-yil esa yana chet el qo‘shinlari bilan. To‘laqonli ichki afg‘on muloqoti uchun siyosiy sharoitlarni yaratish kerak.
Tashqi, buning ustiga g‘arb aralashishisiz, lekin barcha davlatlar va qo‘shni mamlakatlarning – Rossiya, Xitoy, Pokiston, Eron va Hindistonning faol ishtiroki bilan.
AQSh ham afg‘onlarni o‘zaro yarashtirishda qatnasha oladi va shart – faqat qo‘shinlar olib chiqib ketilgandan keyin Afg‘onistondagi ularning tarafdorlariga bo‘lgan munosabat har qanday muloqot uchun g‘ov bo‘lishi mumkin.
Nima bo‘lganda ham, amerikaliklar ketgandan keyin Afg‘oniston uchun javobgarlikning asosiy yuki ShHT zimmasiga tushadi va ayniqsa uning uch a’zosi zimmasiga: Rossiya, Xitoy va Pokiston. Bu ham ularning manfaatlari, ham Afg‘oniston xalqi manfaatlari yo‘lida.
Afg‘onistondagi qiyin ichki qarama-qarshilik – unga qo‘l siltash yoki undan harbiy devor bilan o‘rab olish uchun bahona emas. Ikkinchisining imkoni yo‘q ham, birinchisi esa uning qo‘shnilari va buyuk Osiyo davlatlari, jumladan, Rossiyaga manfaatlariga javob bermaydi.
ShHT uchun minimum vazifa – afg‘on muammosining mamlakatdan tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. Maksimum vazifa esa barcha afg‘on tomonlarini real sulh va yangi Afg‘onistonni barpo etishga otlantirish.
Jasur va shuncha musibatni boshdan kechirgan xalq axiyri o‘zining tog‘li diyorida tinch-totuv, mustaqil hayot kechirmog‘i lozim. Shveysariyadagi kabi emas, albatta, Shveysariya kantonlari ham o‘zaro jang qilgan bo‘lsada.
Afg‘oniston Shveysariya bo‘lmaydi – unga g‘arb normalarini ko‘chirish mamlakatga ziyon yetkazdi, xolos – biroq u Markaziy Osiyo uchun keskinlik o‘chog‘idan barcha uning do‘stlari uchun tinch qo‘shniga aylanishiga to‘liq haqli.
Faqat afg‘onlarga mustaqil osuda hayotga qaytishlariga yordam berish zarur – o‘zimiz uchun, geosiyosiy manfaatlar va o‘zga strateg eksperimentlar yo‘lida emas.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari