https://oz.sputniknews.uz/20210508/focus-poseydon-va-tsirkon-rossiyaga-qudratli-davlat-maqomini-saqlab-qolishga-yordamlashadi-18644410.html
Focus: "Poseydon" va "Sirkon" Rossiyaga qudratli davlat maqomini saqlab qolishga yordamlashadi
Focus: "Poseydon" va "Sirkon" Rossiyaga qudratli davlat maqomini saqlab qolishga yordamlashadi
Sputnik O‘zbekiston
Sharhlovchining fikricha, ikki turdagi ushbu yangi qurollar Moskvaga jahondagi obro‘ni va AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ehtimoliy mojaroga jalb etilmaslikni ta’minlab... 08.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-08T16:21+0500
2021-05-08T16:21+0500
2023-04-05T18:33+0500
siyosat
vladimir putin
qurol-yarog‘
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1264/86/12648642_0:177:3011:1871_1920x0_80_0_0_543ace5a5bdf218b9118460589736183.jpg
TOShKENT, 8-may - Sputnik. Boshqaruvchisiz boshqariladigan "Poseydon" suvosti droni va gipertovushli "Sirkon" raketasi Rossiyaga qudratli davlat maqomini saqlab qolishga va milliy suverenitet xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi, deb yozadi Focus eksperti Tomas Yeger. RIA Novosti xabari asosida.Yeger fikriga ko‘ra, kosmosdagi qarama-qarshilikning kuchayishi - Qo‘shma Shtatlarda yangi turdagi kosmik qurolli kuchlarining yaratilishi buning dalilidir, - shuningdek, Xitoyning kosmik stansiyani qurish rejalari Rossiyaga qudratli derjava maqomini saqlab qolishga xalal berishi mumkin, shu bois u o‘zining "strategik qo‘rqitish potensialini" modernizatsiya qilmoqda.Maqola muallifi bunda "Poseydon" (2M39) suvosti atom droni va "Sirkon" (3M22) gipertovushli raketasini ajratib ko‘rsatgan.Ekspert 2M39 haqida to‘xtalar ekan, Rossiya endilikda okean tubidan turib yadroviy zarba bera olishini qayd etgan."Ma’lumotnomada keltirilishicha, "Poseydon" katta tezlikda dushman qirg‘oqlariga yaqinlashib, u yerda radioaktiv sunamini yuzaga keltiradi", - deya tushuntiradi u."Sirkon" raketasiga keladigan bo‘lsak, Yeger uning ulkan tezligini e’tirof etgan holda, aynan shu tufayli 3M22 zarbasini qaytarish imkonsizligini qo‘shimcha qilgan.Rossiya "yanada kuchliroq dahshatga solish maqsadida" raketani modernizatsiyalashni davom etayotganini qo‘shimcha qilgan.Sharhlovchining fikricha, ikki turdagi ushbu yangi qurollar Moskvaga jahondagi obro‘ni va AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ehtimoliy mojaroga jalb etilmaslikni ta’minlab beradi."Putin o‘z davlatini Rossiya va jahon siyosatining yangi bosqichiga olib kelmoqda", — deya xulosa qilgan Yeger.Rossiya prezidenti ilk bor 2018-yilda Federal kengashga yo‘llagan murojaatida Poseydon suv osti droni ishlab chiqilgani haqida gapirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday dronlar oddiy singari yadroviy qurollarni ham tashishi mumkin, bu ularga aviatashuvchi guruhlar, qirg‘oq istehkomlari va infratuzilmasini nishonga olib yo‘q qilish imkonini beradi."Sirkon" gipertovushli raketaning ilk sinovlari 2019-yilning dekabrida boshlangan edi. U to‘qqiz Max tezlikka (tovush tezligidan to‘qqiz marta yuqori) va ming kilometrdan ziyod uchish masofasiga ega bo‘ladi. Mudofaa vazirligida ta’kidlashganidek, raketa 885, 885M, 949AM loyihasidagi atom suvosti kemalari, 22350, 23560 loyihasidagi suv usti kemalari, shuningdek, 1144.2 loyihasidagi "Admiral Naximov" kreyserini qayta qurollantirish uchun mo‘ljallangan.
https://oz.sputniknews.uz/20201222/Bunaasi-dunda-ech-kimda-y---Putin-yangi-urol-aida-15655411.html
https://oz.sputniknews.uz/20210322/rossiya-shimoliy-hududlarini-gayrioddiy-qurol-bilan-imoya-qiladi--17890533.html
https://oz.sputniknews.uz/20210427/putin-qizil-chiziqni-aynan-qaerdan-tortganini-garb-juda-yaxshi-biladi-18512127.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1264/86/12648642_140:0:2871:2048_1920x0_80_0_0_2707a1876083b0c0904cd64ca35a48d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, vladimir putin, qurol-yarog‘, rossiya
siyosat, vladimir putin, qurol-yarog‘, rossiya
Focus: "Poseydon" va "Sirkon" Rossiyaga qudratli davlat maqomini saqlab qolishga yordamlashadi
16:21 08.05.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Sharhlovchining fikricha, ikki turdagi ushbu yangi qurollar Moskvaga jahondagi obro‘ni va AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ehtimoliy mojaroga jalb etilmaslikni ta’minlab beradi.
TOShKENT, 8-may - Sputnik. Boshqaruvchisiz boshqariladigan "Poseydon" suvosti droni va gipertovushli "Sirkon" raketasi Rossiyaga qudratli davlat maqomini saqlab qolishga va milliy suverenitet xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi, deb yozadi Focus eksperti Tomas Yeger.
RIA Novosti xabari asosida.
Yeger fikriga ko‘ra, kosmosdagi qarama-qarshilikning kuchayishi - Qo‘shma Shtatlarda yangi turdagi kosmik qurolli kuchlarining yaratilishi buning dalilidir, - shuningdek, Xitoyning kosmik stansiyani qurish rejalari Rossiyaga qudratli derjava maqomini saqlab qolishga xalal berishi mumkin, shu bois u o‘zining "strategik qo‘rqitish potensialini" modernizatsiya qilmoqda.
Maqola muallifi bunda "Poseydon" (2M39) suvosti atom droni va "Sirkon" (3M22) gipertovushli raketasini ajratib ko‘rsatgan.
Ekspert 2M39 haqida to‘xtalar ekan, Rossiya endilikda okean tubidan turib yadroviy zarba bera olishini qayd etgan.
"Ma’lumotnomada keltirilishicha, "Poseydon" katta tezlikda dushman qirg‘oqlariga yaqinlashib, u yerda radioaktiv sunamini yuzaga keltiradi", - deya tushuntiradi u.
"Sirkon" raketasiga keladigan bo‘lsak, Yeger uning ulkan tezligini e’tirof etgan holda, aynan shu tufayli 3M22 zarbasini qaytarish imkonsizligini qo‘shimcha qilgan.
Rossiya "yanada kuchliroq dahshatga solish maqsadida" raketani modernizatsiyalashni davom etayotganini qo‘shimcha qilgan.
Sharhlovchining fikricha, ikki turdagi ushbu yangi qurollar Moskvaga jahondagi obro‘ni va AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ehtimoliy mojaroga jalb etilmaslikni ta’minlab beradi.
"Putin o‘z davlatini Rossiya va jahon siyosatining yangi bosqichiga olib kelmoqda", — deya xulosa qilgan Yeger.
Rossiya prezidenti ilk bor 2018-yilda Federal kengashga yo‘llagan murojaatida Poseydon suv osti droni ishlab chiqilgani haqida gapirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday dronlar oddiy singari yadroviy qurollarni ham tashishi mumkin, bu ularga aviatashuvchi guruhlar, qirg‘oq istehkomlari va infratuzilmasini nishonga olib yo‘q qilish imkonini beradi.
"Sirkon" gipertovushli raketaning ilk sinovlari 2019-yilning dekabrida boshlangan edi. U to‘qqiz Max tezlikka (tovush tezligidan to‘qqiz marta yuqori) va ming kilometrdan ziyod uchish masofasiga ega bo‘ladi. Mudofaa vazirligida ta’kidlashganidek, raketa 885, 885M, 949AM loyihasidagi atom suvosti kemalari, 22350, 23560 loyihasidagi suv usti kemalari, shuningdek, 1144.2 loyihasidagi "Admiral Naximov" kreyserini qayta qurollantirish uchun mo‘ljallangan.