Putin qizil chiziqni aynan qayerdan tortganini G‘arb juda yaxshi biladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin pered nachalom vistupleniya s yejegodnim poslaniyem Federalnomu Sobraniyu
Prezident RF Vladimir Putin pered nachalom vistupleniya s yejegodnim poslaniyem Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya hech kimga biz bilan munosabatlarda qizil chiziqdan o‘tishni maslahat bermaydi — bu chiziq qayerdan o‘tishini esa, har bir konkret holatda biz o‘zimiz aniqlashtiramiz.
Vladimir Putinning Federal kengashga murojaatida yangragan ushbu so‘zlarini uning Munxendagi nutqiga qiyoslashdi va ushbu ta’kid Rossiyaning tashqi siyosiy manifesti nomini oldi.
V sluchae neobxodimosti otvet budet asimmetrichnim, bistrim, jestkim - Putin o mejdunarodnix otnosheniyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
“Qilmishidan pushaymon bo‘ladi”: Putin ig‘vogarlarni ogohlantirdi
Haqiqatan ham yangi tarixiy davr boshlandi — ammo prezident bu so‘zlar bilan allaqachon ro‘y berib bo‘lgan holatni ta’kidlamoqda edi, xolos. Rossiya surinardi, Rossiya tiklanardi, Rossiya birlashdi — endi Rossiya hujumga o‘tmoqda. Yo‘q, Ukraina yoki G‘arbga emas — shunchaki, biz o‘z milliy manfaatlarimizni yanada ochiq va keskin himoyalashga o‘tmoqdamiz.
Ammo bu biz o‘z milliy manfaatlarimizni ilgari himoya qilmagan edik, degani emas, — Putin boshqaruvining barcha yillarida bu bizning tashqi siyosiy doktrinamiz mohiyati bo‘lib kelgan. Qanchalik ko‘p kuch olsak, o‘zimizning haqligimizga bo‘lgan ishonch shunchalik ildiz otardi, voqealar rivoji tashqi vaziyatga bergan baholarimizning to‘g‘riligini qanchalik kuchliroq isbotlasa, dunyo sahnasida shuncha qat’iyatli va qattiqqo‘l bo‘ldik, va shu o‘laroq katta geosiyosiy kengashning barcha maydonlaridagi o‘yinlarda yanada faol qatnashdik.
Ammo bizni "mahluqlashtirish" ham shu qadar kuchli kechdi - bizni butun dunyoga tahdid sifatida ko‘rsatib, bloklashga va yakkalashga urinishardi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Yangi sanksiyalari bilan G‘arb “temir parda”ni qayta tushirmoqda
Qrim voqeasidan keyingi yetti yil bu shunchaki befoyda emasligini ko‘rsatdi. Bu shunchaki jahon ko‘lamida ishlamasligi ayon bo‘ldi (G‘arbning demonlashtirish (mahluqlashtirish) bo‘yicha xatti-harakatlari faqat G‘arbning o‘zigagina ta’sir etardi — agar aholi kayfiyatini oladigan bo‘lsak, bu unchalik samarali kechmaganini ko‘rish mumkin).
Rossiyani tiyib turish siyosati natijalari dunyo qanchalik o‘zgarganining dalili bo‘ldi. U bekorga emas, muayan sabablarga ko‘ra (2000 yillarda oxirigacha qurib bitkazilmagan atlantik dunyo tartibotining barbod bo‘lishi sababli), shuningdek, tarix o‘zanini tezlikda o‘zgartirgan Rossiyaning maqsadli harakatlari tufayli ham o‘zgargan edi.
2014 yildagi ochiq isonimiz bilan biz G‘arbning global yetakchilik loyihasi inqirozini tezlashtirdik (hukmronlikni ko‘zlagan holda) - garchi Qrim bilan bog‘liq vaziyatda biz birinchi navbatda o‘zimizni, milliy manfaatlarimizni himoya qilgan edik.
Prezident RF V. Putin vistupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2021
Putin Qrimdagi referendum bo‘yicha qarorni qanday qabul qilgani haqida gapirdi
G‘arb bizni, hatto, bu manfaatlar haqida ochiq aytish huquqidan ham mahrum qildi - benzokolonka-mamlakat, mintaqaviy derjava, parchalanib ketgan iqtisodiyot haqida barcha gap-so‘zlar ham shundan, aslida. Rossiyani 90-yillarda hisobdan chiqarib tashlashdi - va Munxen hamda Qrim orqali u superderjava pozitsiyasiga qaytishni boshlaganida juda hayron qolishdi.

Ha, SSSR miqyosida emas - ammo kazino egalari uchun butun o‘yinni buzish uchun yetarli darajada. Chunki o‘sha paytga kelib G‘arbning o‘zi Bobil globallashuv minorasini qurish paytida o‘zini o‘zi o‘ta zo‘riqtirib yuborgan va, hatto, Rossiyaning cheklangan imkoniyatlari unga Atlantika dunyo tartibotining qulashi jarayonini tezlashtirishga imkon bergandi.

Buni anglash esa (globalistik loyiha ichki inqirozi hamda Rossiyaning faol o‘yini uyg‘unlashuvi) atlantachilarni "ruslar kelyapti!" qabilidagi jazava holatiga tushirgan edi, endi ruslar hamma joyda hamma narsaga aralashardi.
Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Lavrov: Rossiya AQShning har qanday nodo‘stona xatti-harakatlariga javob qaytaradi
Qrim va Suriya ularga kamlik qilgandek, ular kamiga Trampni saylashdi va Brexitni uyushtirishdi — mana shunday isitma aralash safsatani biz ko‘p yillardan buyon kuzatib kelmoqdamiz.
Rossiyani izolyatsiyalashga urinish holatlari qarama-qarshi natija bilan yakunlandi: G‘arb o‘zini himoyalanmagan his eta boshladi, u ruslarni har bir krovat tagidan qidirar va o‘zining har bir muammosi hamda muvaffaqiyatsizligi ortida ruslarni ko‘ra boshlagandi. Ammo muvaffaqiyatsizliklari tabiiyki, kundan kunga ortib borardi.
"Ruslar buni uddalashdi" jumlasi hazilnamo memga aylangandi. Ammo eng qizig‘i, Rossiyaga qarshi tashviqot jahon ko‘lamida Rossiya foydasiga ishlay boshlagandi — agar ruslar shunchalar, G‘arb aytayotgani singari, qudratli ekan, u holda ular bilan ishlash va, hatto, do‘st tutinish kerak, deya fikrlay boshladilar.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2016
Lavrov: G‘arb har borada Rossiyani ayblashga urinyapti
Osiyo, Lotin Amerikasi, Afrika ko‘z o‘ngida Rossiya qo‘shimcha reklamaga ega bo‘ldi va bu reklama bizning sayyoraning turli regionlariga qaytishimizda juda muhim rol tutdi.
Putin bilan qo‘rqitishni istashgandi, natijada esa Putinning obro‘yi zamonaning eng qudratli siyosatchisi darajasida mustahkamlanishiga hissa qo‘shishdi. Shu bois, keyingi bosqichda, Rossiyani bo‘lar-bo‘lmasga turtkilay boshlashni odat qildilar, biz bunga ko‘nikkanmiz, biz uchun bu yangilik emas, ammo javob qaytarish zarur.
Bu derjava uchun qayg‘urganimiz uchun emas, garchi bayroq obro‘yini himoyalash kerak, albatta, bu tabiiy, ammo biz hozirda bizga bo‘lgan bosimning yangi shakliga duch kelganmiz.
Vid na Spasskuyu bashnyu Moskovskogo kremlya i xram Vasiliya Blajennogo so storoni parka Zaradye v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2019
Rossiyada G‘arbni nega yaxshi ko‘rishmaydi?
Bunda ichki va tashqi siyosiy omillar chambarchas bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ichki ishlarimizga aralashish va milliy manfaatlarimizga qasddan mensimaslik deb atash mumkin. Navalniy va Ukraina bilan bog‘liq voqealarning o‘zaro bog‘liqligi buning eng aniq dalilidir.

Navalniy tufayli e’lon qilingan sanksiyalar va "Shimoliy oqim 2"ni to‘xtatib qo‘yish bilan bog‘liq tahdidlar (boshida zaharlangani, keyin esa hibsga olingani uchun), Ukrainaga "ruslarning bostirib kirishi tahdidi" atrofida jazavani kuchaytirish, va buning uchun hozirdanoq Rossiyaga bahoni belgilab qo‘yish, ya’ni qizil chiziqlarni tortish zarurati — bularning barchasini G‘arb bizga "yangi rasmiyatchilik" tarzida o‘tkazmoqchi bo‘lyapti.
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2020
Bemor AQSh maxsus xizmatlari ko‘magidan foydalanadi — Putin Navalniy haqida
Ammo Rossiya unga taklif qilingan o‘yin qoidalariga rozi bo‘lmaydi - na bizning ichki ishlarimizga aralashuv, na "Ukrainani Rossiyadan qutqaramiz" mavzusi bizga mutlaqo ma’qul emas. Ya’ni biz G‘arb bilan o‘ynamaymiz (uning Atlantika qismi bilan), chunki bu qoidalardan bilyapmizki, ular bizga zarar yetkazish uchun bahona sifatida kerakligini tushunamiz.
Tashviqot, siyosiy, iqtisodiy - va eng muhimi, geosiyosiy tomondan yetkaziladigan zarar uchun bahona sifatida.
Ya’ni G‘arb bizdan tashabbusni tortib olmoqchi, bizni Navalniy, Ukraina tufayli cheksiz o‘zini oqlashlar bilan chalg‘itmoqchi. Ammo shu bilan birga ushbu ikkala mavzu ham Putin aytgan qizil chiziqlardan tashqarida. G‘arb buni juda yaxshi tushunadi, lekin yana bir bor turtib ko‘rishga urinmoqda.
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferensiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2020
Bunaqasi dunyoda hech kimda yo‘q - Putin yangi qurol haqida
Mabodo ish berib qolsa-chi? Yo‘q, yaxshisi provokatsiya qilmagan ma’qul, toki keyinchalik uzoq vaqtdan buyon ko‘rmagan pushaymon alamini ta’tib ko‘rmaslik uchun. Putinning bu so‘zlari barchaga birdek taalluqli — Ukraina frontidagi provokatsiyalarga ham, bizning milliy manfaatlarimiz bor boshqa nuqtadagi provokatsiyalarga ham. Ular ko‘pmi? Albatta: Rossiya — global derjava, global hukmronlik o‘rnatish ambitsiyalariga ega derjava ma’nosidamas (bu ko‘proq AQShga tegishli), balki global manfaatlarga ega mamlakatdir. Ular faqatgina sobiq ittifoq maydonida emas — Suriyada ham, Vyetnamda ham, Serbiyada ham, Misrda va Angolada ham bor. Eng muhimi, ular Moskva va Pekinga ko‘ra yangi dunyo tartibotini shakllantirishda yanada faol va muvofiqlashtirilgan holda shug‘ullanishmoqda.
Repetitsiya Parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Rossiya shimoliy hududlarini g‘ayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Bu ishda bizga qizil chiziqlar tortish befoyda — biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz, qolaversa, "rassomlarning" kuchi ham yetmagay. Lekin har bir alohida holatda qizil chiziq qayerdan tortilishini o‘zimiz hal qilishimiz haqidagi gaplar manmanlik bo‘lib qolmayaptimi? Ya’ni G‘arbga bizni "jilovlashga" ruxsat bermagan holda, unga mumkin bo‘lgan - mumkin bo‘lmagan holat bo‘yicha o‘z fikrimizni uqtirishga tayyor ekanmizda? Yo‘q, zinhor bu manmanlik emas — chunki gap o‘zga hududlarga, o‘zga milliy manfaatlar zonasiga ekspansiya haqida bormayapti. Gap bu yerda o‘zinikini yoki G‘arb bizdan olib qo‘yishga uringan va urinayotgan narsalarni himoyalash va qaytarish haqida borayotgani yo‘q. Bu haqda ularga nimanidir oydinlashtirish va tushuntirishning hojati ham yo‘q, chunki mushuk kimning go‘shtini paqqos tushirganini yaxshi biladi. To‘g‘rirog‘i - paqqos tushirishga urinayotganini.
Yangiliklar lentasi
0