Hindistonga "koronavirus shtormi" yopirildi: mamlakatda nimalar ro‘y bermoqda

© AFP 2023 / Diptendu DuttaMujchina iz nepravitelstvennoy organizatsii, odetiy v odejdu, napominayushuyu koronavirus Covid-19, dvijetsya po rinku, prizivaya lyudey soblyudat protokoli bezopasnosti
Mujchina iz nepravitelstvennoy organizatsii, odetiy v odejdu, napominayushuyu koronavirus Covid-19, dvijetsya po rinku, prizivaya lyudey soblyudat protokoli bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Obuna bo‘lish
Hindiston hukumatining ta’kidiga ko‘ra, koronavirusning uchinchi to‘lqini muqarrar, hozirgi mushkul ahvolda esa yangi umummilliy karantin kiritilishi ham istisno etilmayapti
TOShKENT, 7-may – Sputnik. Hindiston koronavirus kasalligi qayd etilishi bo‘yicha rekordlarni yangilashda davom etmoqda, antirekordlar har kuni yangilanmoqda.
Oxirgi sutka davomida mamlakatda 414,4 ming nafar kasallanganlar qayd etilgan, COVID-19ga chalinganlar umumiy soni esa 21,4 milliondan oshgan. Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi keltirmoqda bu raqamlarni.
Podgotovka pogrebalnix kostrov vo vremya massovoy krematsii v krematorii v Nyu-Deli, Indiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2021
Hindiston dahshati: koronavirusdan vafot etganlarni yoqib ulgurishmayapti - foto
Mahalliy hukumat fikricha, koronavirusning uchinchi to‘lqini ro‘y berishi muqarrar, ammo u qachon yuz beradi va oqibatlari qanday bo‘ladi, hozircha prognoz qilishning imkoni yo‘q.
Hindistonda fevral oyining o‘rtalaridan boshlab kasallanish soni keskin ortishi boshlangan, so‘nggi kunlarda esa mamlakatda qayd etilayotgan virusga chalinish holatlari barcha rekordlarni ortda qoldirmoqda, koronavirusga chalinganlar soni 300 mingdan oshmoqda - bu esa dunyoning istalgan mamlakatidagi ko‘rsatkichlardan ko‘proqdir.
Jumladan, uch marotaba bu raqam 400 mingdan oshgan.

"Koronavirus shtormi"

Hindiston hukumati bayonotiga ko‘ra, yuzaga kelgan ahvol tufayli yangi umummilliy karantin kiritilishi mumkin. Hozircha ba’zi shtatlarda harakatlanish bo‘yicha cheklovlar amal qilmoqda.
Hindistonda umummilliy karantin o‘tgan yilning mart oyi oxirida kiritilgan va o‘shanda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni atigi 500 nafar edi. Oradan uch oy o‘tib o‘tgach hukumat iqtisodiy faoliyatni qayta tiklashga ruxsat bergan edi.
Doniyor Mirazimov, direktor 2-oy infeksionnoy bolnisi v Zangiote  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2021
Yoshlar orasida koronavirusga chalinish ikki baravar ko‘paydi - shifokor
Koronavirus bilan bog‘liq holat tufayli qator mamlakatlar Hindiston bilan o‘zaro parvozlarni bekor qildi, ba’zi joylarda Hindistondan odamlarning kirib kelishi shunchaki ta’qiqlangan yoki fuqarolar tomonidan virus yo‘qligi qayd etilgan test ko‘rsatilsada, ular baribir karantinga yuborilmoqda.
Bundan tashqari, chet elliklar Hindistonni tark etishni rejalashtirishgan - jumladan, AQSh davlat departamenti o‘z davlat xizmatchilarining Hindistonni tark etishlarini ma’qullagan, Avstraliya hukumati ham o‘z fuqarolarini olib chiqib ketish uchun maxsus reyslarni tashkil etmoqda.
Mamlakat kasalxonalari to‘lib ketgan, krematoriylar ish hajmiga dosh bera olmay, vafot etganlar tanalari ko‘chalarning o‘zida yoqib yuborilmoqda.
Ilgariroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakatga "koronavirus shtormi" yopirilgani haqida bayonot qilib, barcha fuqarolarni vaksina olishga da’vat qilgan, shuningdek, ehtiyotkorlikka amal qilishga chaqirgan edi.
Qator davlatdar, xususan, Rossiya, O‘zbekiston, AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, BAA, Irlandiya, Tailand, Germaniya, Fransiya mamlakat hukumatiga o‘z yordamini taklif qilgan.

Vaksinatsiya bilan bog‘liq holat

Hindistonda ayni vaqtda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Tibbiyot xodimlari va koronavirusga qarshi kurashda yordam berayotganlar, jumladan, politsiyachilar va favqulodda xizmatlar xodimlari birinchilar qatorida emlanmoqda. Keyingi navbatda yoshi 45dan katta bo‘lganlar vaksina olmoqda, 1-maydan boshlab Hindistonda 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ham vaksina olishni boshlagan.
Ayni vaqtda Hindistonda 164 milliondan ziyod kishi emlangan, so‘nggi sutka ichida vaksina olganlar soni 2,3 millionga ortdi.
Hozirda mamlakat koronavirus infeksiyasi qayd etilgan mamlakatlar orasida ikkinchi, o‘lim holatlari qayd etilishi bo‘yicha esa dunyoda uchinchi o‘rinda kelmoqda. Ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda Amerika Qo‘shma Shtatlari turibdi.
Yangiliklar lentasi
0