Jamiyat

Yoshlar orasida koronavirusga chalinish ikki baravar koʻpaydi - shifokor

© Uzbekistan 24Doniyor Mirazimov, direktor 2-oy infektsionnoy bolnitsы v Zangiote
Doniyor Mirazimov, direktor 2-oy infektsionnoy bolnitsы v Zangiote  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.05.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda odam gavjum joylarda niqob taqib yurish va boshqa ehtiyot choralariga amal qilish susaygani sababli kasallar soni oʻsishda davom etmoqda.
TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekistonda 20 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan fuqarolar orasida koronavirusga chalinish holati deyarli ikki barobarga ortdi. Bu haqda Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov "Oʻzbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
"Afsuski, aprel oyi ham kasallar soni oʻsishda davom etdi. Oʻziga xos jihatlaridan, kasallik yasharganini qayd etilish mumkin. Yaʼni koronavirusga chalinganlar, jumladan, uning ogʻir shakli bilan ogʻriganlarning yosh toifasi — 20 yoshdan 45 yoshgacha boʻlganlar qariyb ikki barobarga ortdi. Bunda odamlar epidemiologik rejimga rioya qilmay qoʻygani katta rol oʻynadi", — deydi Mirazimov.
"Barchamizga sir emaski, yana ommaviy tantanalarni oʻtkazish boshlandi, bozorlar va jamoat joylaridagi odamlar deyarli niqob taqmay qoʻydi. Odamlarda ehtiyotkorlik yoʻqoldi va bu oʻz rolini oʻynadi. Pandemiyani tugatish borasidagi eng katta umidimiz — bu vaktsinatsiya boʻlib, 1 maydan uning ikkinchi bosqichi boshlanadi", — deya qayd etadi shifokor.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 30 aprel kuni koronavirus infektsiyasini yuqtirib olish bilan bogʻliq 442 ta yangi holat roʻyxatga olindi — bu kunlik kasallanish boʻyicha 2021 yilning eng yuqori koʻrsatkichidir. Koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 91 250 nafar, COVID-19’ga qarshi emlanganlar soni esa 797 781 nafarga yetdi.
Yangiliklar lentasi
0