TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalari ularning Kiyevga ta’sir ko‘rsatishga ojizligini ko‘rsatmoqda, deb bayonot qildi Rossiya Tashqi ishlar vaziri rahbari Sergey Lavrov Mo‘g‘uliston TIVida ma’ruza bilan chiqish qilar ekan.
"Biz G‘arblik hamkorlarimizni ushbu sanksiyalarni bekor qilishni so‘ramaganmiz va so‘ramaymiz ham, iltimos qilmaymiz, va bu borada munozaralar tashabbuskori bo‘lmaymiz ham, — dedi Lavrov. — Ularning o‘zlari — biz bilan uchrashuvlarda ham, o‘zlarining omma oldidagi chiqishlarida ham ushbu mavzu haqida og‘iz ochib, asabiylashishni boshlashadi, va "Rossiyaga qarshi sanksiyalarga keladigan bo‘lsak, Moskva “Minsk shartnomasini” bajarishi bilan sanksiyalar bekor qilinadi” deb takrorlashadi har safar.
"Bu bir vaqtning o‘zida ham ularning xohishi, ham ojizligidan nishona. G‘arblik hamkorlarimiz Minsk kelishuvida Rossiya haqida umuman tilga olinmaganini yaxshi biladilar, ammo har bir bo‘limda Ukraina rahbariyati oldida turgan masalalar va bu masalalar bajarilishi lozim bo‘lgan muddat keltirib o‘tilgan”, — dedi Lavrov.
"G‘arblik hamkorlarimiz ayni vaqtda Kiyevdagilarni va’daga vafo qilishga o‘rtaga olmasliklarini tushunib yetdilar, — deb ta’kidladi Rossiya TIV rahbari. — Shu bois, bor aybni Rossiyaga ag‘darmoqchi bo‘lyaptilar". Natijada, Kiyev "va’dani bajarmaslikda davom eting, natijada sizlar emas, Rossiya jazolanadi", degan signal olmoqda.
"Ular qahrdan tushishini sanksiyalarni bekor qilib, biz bilan hamkorlikni tiklashini kutib yashash mutlaqo nomaqbul”, — deb ta’kidladi Lavrov.