Qrim ko‘prigi bo‘ylab yuk poyezdlari harakati boshlanganiga hali bir hafta bo‘lmadi, AQShning Kiyevdagi elchixonasi esa bunga o‘z munosabatini bildirdi. Go‘yoki, Rossiyaning qit’a va Qrimni bog‘laydigan “ruxsatsiz” ko‘prigi “navigatsiyaga xalaqit bermoqda”. Amerikaliklar Qora dengizdagi aynan qaysi kemalar bo‘yicha xavotirga tushgani aniq emas. Mabodo, unga vaqti-vaqti bilan kirib turadigan esmineslardan xavotirda emasmikin?
Russia’s unauthorized construction and continued use of the Kerch Strait bridge, impeding navigation in the Strait, reminds us daily of Russia’s unlawful seizure and occupation of Crimea. Another reason to maintain strong sanctions. #CrimeaisUkraine
— U.S. Embassy Kyiv (@USEmbassyKyiv) July 2, 2020
Emishki, ko‘prik AQShga har kuni “Qrimni noqonuniy bosib olinishi va okkupatsiya”ni eslatib turar ekan, bu esa “kuchli sanksiyalar”ni saqlab qolishga sababdir. Birinchidan, Qrim aholining xohish-istagiga binoan, referendum natijasida Rossiya tarkibiga qaytgan. Ikkinchidan, hech kim AQShning sanksion ambitsiyalaridan shubhalanmaydi. AQSh bu bilan hayratlantirmadi. Ammo elchixonani tushunsa bo‘ladi, tvitterda biror munosabat bildirish kerak-ku axir. Buning o‘zi Amerikaning siyosiy qaramligini ko‘rsatadi.
Vashingtonni, shuningdek, yuk poyezdlari Qrimga qurilish materiallarini olib kelishi ham qayg‘uga solmoqda. Bu esa ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar qurib bitkazilishini anglatadi. Don, neft mahsulotlari, qurilish materiallari, kimoviy o‘g‘itlar va metallni tashish narxi o‘rtacha ikki baravarga kamayadi. Bo‘shagan mablag‘lar esa rossiyaliklar orasida sayyohlik yo‘nalishi sifatida katta talabga ega bo‘lgan mintaqani rivojlantirishga yo‘naltirilishi mumkin. Chet elliklar ham unga e’tiborini qaratishmoqda.
Muallif Mila Juravleva, Sputnik radiosi