https://oz.sputniknews.uz/20210419/bayden-bilan-uchrashish-nima-uchun-kerak--18402628.html
Bayden bilan uchrashish nima uchun kerak?
Bayden bilan uchrashish nima uchun kerak?
Sputnik O‘zbekiston
Amerika-Rossiya munosabatlarining so‘nggi oyini amerikalik aktorlar ijrosidagi absurdlar teatri buo‘li desa ham to‘g‘ri bo‘ladi. Dastlab Bayden Putinni “qotil” deb
2021-04-19T16:48+0500
2021-04-19T16:48+0500
2021-04-19T16:48+0500
kolumnistlar
uchrashuv
aqsh
vladimir putin
jo bayden
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/10/18362684_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_a6e9043b3ccf9c8a78051120d2342f12.jpg
Amerika-Rossiya munosabatlarining so‘nggi oyini amerikalik aktorlar ijrosidagi absurdlar teatri buo‘li desa ham to‘g‘ri bo‘ladi. Dastlab Bayden Putinni “qotil” deb atadi. Undan so‘ng “Rossiya Ukrainaga bostirib kirish xavfi” to‘g‘risidagi vahimalar tarqatildi. Eng oxirida esa Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar ro‘yxatini imzoladi. Sanksiyalarni kiritb bo‘lib, ertasiga Bayden AQShda Rossiya bilan ishlashdan manfaatdor ekanini va munosabatlarni barqaror qilish istagi borligini va buning uchun Putin bilan Yevropaning biror joyida uchrshish istagi borligini ta’kidladi. Spektakl tamom. Axir bu kulguli emasmi? Rostini aytganda so‘nggi vaqtlarda Bayden xatolari ustidan kulishning ham qizig‘i qolmapti. Aslida Vashington Rossiyani nima qilishini bilmayapti. Shu sababli ham “goh qamchi goh shirinlik” uslubi bilan avramoqsi bo‘lishayapti. Albatta, Oq uy va uning atroflarida axmoqlar yashamaydi – ular o‘zlariga nima kerakligini juda yaxshi bilishadi. Jumladan Rossiya yo‘nalishida ham. Xo‘sh Rossiya bunga qanday javob berishi kerak? Bo‘lib o‘tgan voqealarga Putin qanday munosabatda bo‘lishi kerak? Bayden bilan uchrashuvga borishi kerami-yo‘qmi? Ayni damda muzokaralar birinchi navbatda amerikaliklarga kerakka o‘xshaydi. Balkim Bayden o‘zining “har tarafga qadam tashlashi” bialn aynan shunga erishmoqchidir? Ya’ni Putinni uchrashishga “majbur” qilmoqchidir. Balkim aynan shuning uchun ham amerikaliklar bilan hozircha uchrashuvdan voz kechib turgan ma’quldir. Amerikaliklar, rad javobi olishni yomon ko‘rishadi. Jumladan muzokaralardan voz kechishni ham. Lekin ba’zida ana shunday taktika o‘zini oqlaydi. Masalan, Eron va KXDR ana shunday qilmoqda. Shimoliy Koreya AQShning navbatdagi dushmanona harakatlaridan so‘ng bir yildan ber AQSh bilan barcha aloqalarni uzgan. Eron ham bir necha bor amerikaliklar bilan muloqotni cheklab qo‘ygan edi, jumladan eng yuqori darajada ham. Eron va Shimoliy Koreya miqyosida bu albatta munosib va o‘zini oqlaydigan taktika, lekin Rossiyaga to‘g‘ri kelmaydi, masshtab va kontekst boshqacha.Baydenning dastlabki mojaroli intervyusidan so‘ng Putinning o‘zi dastlab Baydenga uchrashishni taklif qilgan edi. U hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uchrashishga ham tayyor ekanini bildirgan edi. Putin – davlat manfaati yo‘lida, kim bilan bo‘lsa ham qayerda bo‘lsa ham uchrashishga tayyor. Hozir Rossiya manfaatlari qanday? Balkim Amerika bilan qarama-qarshilik darajasini yumshatish haqida kelishib olish kerakdir? Yoki Yaqin Sharq, Afg‘oniston, Eron yadroviy bitimi, KXDR raketalari borasida biror umumiy fakrga kelish mumkindlir? Balkim Ukraina yo‘nalishida amerikaliklar uchun “qizil chiziqlarni” belgilab berish kerakdir?Yo‘q – bularning barchasi lokal muammolar. Eron yo‘nlishida Rossiya 2015-yilda AQSh ishtirokida imkoni bor bo‘lgan maksimal vazifalarni bajargan edi. KXDRni ham o‘z raketalaridan voz kechishga ko‘ndirishning imkoni yo‘q. Gap oddiy muzokaralar haqida ketmoqda. AQSh Pxenyanga qarshi kiritilgan sanksiyalarni biroz kamaytirmasdan turib, KXDR ishtirokida biror muzokara o‘tkazishning iloji yo‘q. Amerikaliklar bilan “Shimoliy oqim-2“ to‘g‘risida muzokaralar olib borish kerakmi? Lekin nega, yevropaliklarning o‘zi, o‘z manfaati himoyasi yo‘lida, bu ishni uddalyaptiku. Ukraina? Vashington Ukrainani NATOga qo‘shib olish bilan po‘pisa qilishda davom etarkan, bu borada hozircha hech qanday kelishuvga imkon yo‘q. Bu ular uchun Ukrainani yo‘qotishni yanada tezlashtiradi, xolos. Bayden bilan Xitoy haqida gaplashishi kerakmi? Balkim uning “Xitoy Rossiya uchun naqadar xavfli” ekani va hatto Brejnev ham buni yaxshi bilgani haqidagi gaplarini eshitish kerakdir? (Bir vaqtlar Brejnev bilan uchrashgan Bayden nahotki bu haqida Putinga aytib berar?) Keyin esa bu gaplar ustidan Si Szinpin bilan birga kulish uchunmi? Yuqorida aytilgan barcha muammolar qanchalik muhim bo‘lmasin, ular Bayden bilan uchrashishga yetarlicha sabab bo‘la olmaydi. Bularning barchasidan ko‘ra oddiy insoniy tasavvur olish muhimroq. Putin uchun Bayden AQShning beshinchi prezidenti. Bayden bilan yagona (muvaffaqiyatsiz) uchrashuv esa bundan 10-yil oldin bo‘lgandi. O‘shanda Bayden o‘zi haqida “yetarlicha taasurot” qoldirgan bo‘lsa-da, dunyo yetakchilari bilan uchrashuvlar qachon “ko‘p” bo‘lmaydi. Jahon arenasida muvaffaqiyatli ishlash uchun ular juda muhim. Rossiyaning geosiyosiy strategiyasi, tashqi siyosiy “o‘yini” uchun – yuqori darajadagi rahbarlar uchrashuvini talab qiladi. Rossiya nafaqat XXI asr – dunyo tizimini shakllantirishda balkim uni yaratishda ham faol ishtirok etmoqda. Bunda Rossiya Amerika tamoyillariga asoslanmagan holda o‘z yo‘lidan bormoqda. Ha, ushbu yo‘lda Rossiya Xitoy bilan birga ishlamoqda – lekin bu yerda bizning manfaatlar to‘liq mos keladi. Ha, biz AQSh harakatlarni to‘liq tahlil qilib, ularga mos ravishda javob qaytarmoqdamiz, axir amerikacha dunyoni ehtiyotkorlik bilan buzish – barcha revizionist (AQSh nuqtayi nazaridan) kuchlarning vazifasi? Rossiyani Amerika “ishlariga aralashishda” ayblayotgan Bayden bir tomondan to‘g‘ri gapirmoqda. Faqat prezident sayloviga emas, bu borada “Vashington botqog‘i” bilan bahslashish befoyda ushbu mavzu ular uchun allaqachon ichki va tashqi siyosatning muhim elementiga aylangan. Umuman olganda bu umumjahon ko‘z oldida Rossiyani - Amerikani nafaqat jahon arenasida siqib borayotgan balkim uning ichki siyosatiga ham ta’sir o‘tkaza oladigan “qo‘llari uzun” qudratli davlat qilib ko‘rsatadi. Rossiya, darhaqiqat, AQSh manfaatlariga xalal bermoqda, faqat bu yerda gap global manfaatlar haqida ketmoqda. So‘nggi vaqtlarda dunyo arenasida AQShning o‘zi egallab olgan “xalqlar cho‘poni” huquqiga egalik qilishga nafaqat ma’naviy huquqi (AQSh uchun bu muhim emas) balkim jismoniy imkoniyati ham qolmayapti. Rossiya esa - AQShdan moddiy nuqtayi nazardan ancha kuchsiz bo‘lishiga qaramasdan – bir muhim ustuvorlikka ega. Hozir Rossiya – tarixning to‘g‘ri tomonida. Rossiya o‘z taktikasini jahonda rivojlanib borayotgan kuch markazlari balansidan va global arxitekturadan kelib chiqqan holda belgilamoqda. Rossiya o‘zgarishlar yetakchisi, atlantik dunyo tartibining qurib bitkazilmagan “Vavilon minrasini” buzish strategiyasi yetakchisi sifatida ishtirok etmoqda. Shundan kelib chiqib, dunyoning eng kuchli, lekin qulayotgan davlati rahbari bilan uchrashuvdan foyda bor. Xoh u Bayden bo‘lsin, xoh Xarris yoki “Kapitoliy tepaligidan” boshqa birov.
https://oz.sputniknews.uz/20210414/bayden-putinga-uchrashishni-taklif-qildi-18320642.html
https://oz.sputniknews.uz/20210127/Putin-va-Baydenning-ilk-telefon-suhbati-prezidentlar-nimalarni-muhokama-qildi-15873707.html
https://oz.sputniknews.uz/20210415/aqsh-rossiyaga-qarshi-yangi-sanktsiyalar-kiritdi-18356152.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/10/18362684_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_24de009e5e299d309004294a8d35d003.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
kolumnistlar, uchrashuv, aqsh, vladimir putin, jo bayden
kolumnistlar, uchrashuv, aqsh, vladimir putin, jo bayden
Bayden bilan uchrashish nima uchun kerak?
Rossiya, darhaqiqat, AQSh manfaatlariga xalal bermoqda, faqat bu yerda gap global manfaatlar haqida ketmoqda.
Amerika-Rossiya munosabatlarining so‘nggi oyini amerikalik aktorlar ijrosidagi absurdlar teatri buo‘li desa ham to‘g‘ri bo‘ladi. Dastlab Bayden Putinni “qotil” deb atadi. Undan so‘ng “Rossiya Ukrainaga bostirib kirish xavfi” to‘g‘risidagi vahimalar tarqatildi. Eng oxirida esa Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar ro‘yxatini imzoladi.
Sanksiyalarni kiritb bo‘lib, ertasiga Bayden AQShda Rossiya bilan ishlashdan manfaatdor ekanini va munosabatlarni barqaror qilish istagi borligini va buning uchun Putin bilan Yevropaning biror joyida uchrshish istagi borligini ta’kidladi. Spektakl tamom.
Axir bu kulguli emasmi? Rostini aytganda so‘nggi vaqtlarda Bayden xatolari ustidan kulishning ham qizig‘i qolmapti. Aslida Vashington Rossiyani nima qilishini bilmayapti. Shu sababli ham “goh qamchi goh shirinlik” uslubi bilan avramoqsi bo‘lishayapti.
Albatta, Oq uy va uning atroflarida axmoqlar yashamaydi – ular o‘zlariga nima kerakligini juda yaxshi bilishadi. Jumladan Rossiya yo‘nalishida ham. Xo‘sh Rossiya bunga qanday javob berishi kerak? Bo‘lib o‘tgan voqealarga Putin qanday munosabatda bo‘lishi kerak? Bayden bilan uchrashuvga borishi kerami-yo‘qmi?
Ayni damda muzokaralar birinchi navbatda amerikaliklarga kerakka o‘xshaydi. Balkim Bayden o‘zining “har tarafga qadam tashlashi” bialn aynan shunga erishmoqchidir? Ya’ni Putinni uchrashishga “majbur” qilmoqchidir. Balkim aynan shuning uchun ham amerikaliklar bilan hozircha uchrashuvdan voz kechib turgan ma’quldir.
Amerikaliklar, rad javobi olishni yomon ko‘rishadi. Jumladan muzokaralardan voz kechishni ham. Lekin ba’zida ana shunday taktika o‘zini oqlaydi. Masalan, Eron va KXDR ana shunday qilmoqda. Shimoliy Koreya AQShning navbatdagi dushmanona harakatlaridan so‘ng bir yildan ber AQSh bilan barcha aloqalarni uzgan. Eron ham bir necha bor amerikaliklar bilan muloqotni cheklab qo‘ygan edi, jumladan eng yuqori darajada ham. Eron va Shimoliy Koreya miqyosida bu albatta munosib va o‘zini oqlaydigan taktika, lekin Rossiyaga to‘g‘ri kelmaydi, masshtab va kontekst boshqacha.
Baydenning dastlabki mojaroli intervyusidan so‘ng Putinning o‘zi dastlab Baydenga uchrashishni taklif qilgan edi. U hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uchrashishga ham tayyor ekanini bildirgan edi. Putin – davlat manfaati yo‘lida, kim bilan bo‘lsa ham qayerda bo‘lsa ham uchrashishga tayyor.
Hozir Rossiya manfaatlari qanday? Balkim Amerika bilan qarama-qarshilik darajasini yumshatish haqida kelishib olish kerakdir? Yoki Yaqin Sharq, Afg‘oniston, Eron yadroviy bitimi, KXDR raketalari borasida biror umumiy fakrga kelish mumkindlir? Balkim Ukraina yo‘nalishida amerikaliklar uchun “qizil chiziqlarni” belgilab berish kerakdir?
Yo‘q – bularning barchasi lokal muammolar. Eron yo‘nlishida Rossiya 2015-yilda AQSh ishtirokida imkoni bor bo‘lgan maksimal vazifalarni bajargan edi. KXDRni ham o‘z raketalaridan voz kechishga ko‘ndirishning imkoni yo‘q.
Gap oddiy muzokaralar haqida ketmoqda. AQSh Pxenyanga qarshi kiritilgan sanksiyalarni biroz kamaytirmasdan turib, KXDR ishtirokida biror muzokara o‘tkazishning iloji yo‘q.
Amerikaliklar bilan “Shimoliy oqim-2“ to‘g‘risida muzokaralar olib borish kerakmi? Lekin nega, yevropaliklarning o‘zi, o‘z manfaati himoyasi yo‘lida, bu ishni uddalyaptiku.
Ukraina? Vashington Ukrainani NATOga qo‘shib olish bilan po‘pisa qilishda davom etarkan, bu borada hozircha hech qanday kelishuvga imkon yo‘q. Bu ular uchun Ukrainani yo‘qotishni yanada tezlashtiradi, xolos.
Bayden bilan Xitoy haqida gaplashishi kerakmi? Balkim uning “Xitoy Rossiya uchun naqadar xavfli” ekani va hatto Brejnev ham buni yaxshi bilgani haqidagi gaplarini eshitish kerakdir? (Bir vaqtlar Brejnev bilan uchrashgan Bayden nahotki bu haqida Putinga aytib berar?) Keyin esa bu gaplar ustidan Si Szinpin bilan birga kulish uchunmi?
Yuqorida aytilgan barcha muammolar qanchalik muhim bo‘lmasin, ular Bayden bilan uchrashishga yetarlicha sabab bo‘la olmaydi. Bularning barchasidan ko‘ra oddiy insoniy tasavvur olish muhimroq. Putin uchun Bayden AQShning beshinchi prezidenti. Bayden bilan yagona (muvaffaqiyatsiz) uchrashuv esa bundan 10-yil oldin bo‘lgandi. O‘shanda Bayden o‘zi haqida “yetarlicha taasurot” qoldirgan bo‘lsa-da, dunyo yetakchilari bilan uchrashuvlar qachon “ko‘p” bo‘lmaydi. Jahon arenasida muvaffaqiyatli ishlash uchun ular juda muhim.
Rossiyaning geosiyosiy strategiyasi, tashqi siyosiy “o‘yini” uchun – yuqori darajadagi rahbarlar uchrashuvini talab qiladi. Rossiya nafaqat XXI asr – dunyo tizimini shakllantirishda balkim uni yaratishda ham faol ishtirok etmoqda. Bunda Rossiya Amerika tamoyillariga asoslanmagan holda o‘z yo‘lidan bormoqda. Ha, ushbu yo‘lda Rossiya Xitoy bilan birga ishlamoqda – lekin bu yerda bizning manfaatlar to‘liq mos keladi.
Ha, biz AQSh harakatlarni to‘liq tahlil qilib, ularga mos ravishda javob qaytarmoqdamiz, axir amerikacha dunyoni ehtiyotkorlik bilan buzish – barcha revizionist (AQSh nuqtayi nazaridan) kuchlarning vazifasi?
Rossiyani Amerika “ishlariga aralashishda” ayblayotgan Bayden bir tomondan to‘g‘ri gapirmoqda. Faqat prezident sayloviga emas, bu borada “Vashington botqog‘i” bilan bahslashish befoyda ushbu mavzu ular uchun allaqachon ichki va tashqi siyosatning muhim elementiga aylangan. Umuman olganda bu umumjahon ko‘z oldida Rossiyani - Amerikani nafaqat jahon arenasida siqib borayotgan balkim uning ichki siyosatiga ham ta’sir o‘tkaza oladigan “qo‘llari uzun” qudratli davlat qilib ko‘rsatadi.
Rossiya, darhaqiqat, AQSh manfaatlariga xalal bermoqda, faqat bu yerda gap global manfaatlar haqida ketmoqda. So‘nggi vaqtlarda dunyo arenasida AQShning o‘zi egallab olgan “xalqlar cho‘poni” huquqiga egalik qilishga nafaqat ma’naviy huquqi (AQSh uchun bu muhim emas) balkim jismoniy imkoniyati ham qolmayapti.
Rossiya esa - AQShdan moddiy nuqtayi nazardan ancha kuchsiz bo‘lishiga qaramasdan – bir muhim ustuvorlikka ega. Hozir Rossiya – tarixning to‘g‘ri tomonida. Rossiya o‘z taktikasini jahonda rivojlanib borayotgan kuch markazlari balansidan va global arxitekturadan kelib chiqqan holda belgilamoqda. Rossiya o‘zgarishlar yetakchisi, atlantik dunyo tartibining qurib bitkazilmagan “Vavilon minrasini” buzish strategiyasi yetakchisi sifatida ishtirok etmoqda. Shundan kelib chiqib, dunyoning eng kuchli, lekin qulayotgan davlati rahbari bilan uchrashuvdan foyda bor. Xoh u Bayden bo‘lsin, xoh Xarris yoki “Kapitoliy tepaligidan” boshqa birov.