https://oz.sputniknews.uz/20210127/Putin-va-Baydenning-ilk-telefon-suhbati-prezidentlar-nimalarni-muhokama-qildi-15873707.html
Putin va Baydenning ilk telefon suhbati: prezidentlar nimalarni muhokama qildi
Putin va Baydenning ilk telefon suhbati: prezidentlar nimalarni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Jo Baydenning matbuot kotibi Jen Psaki suhbat Amerika tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. 27.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-27T11:09+0500
2021-01-27T11:09+0500
2021-04-01T15:50+0500
dunyoda
vladimir putin
jo bayden
rossiya
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1436/73/14367300_0:0:3002:1690_1920x0_80_0_0_b79d80939e0f1616f95cd2bac4131037.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bir necha kun avval AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishgan Jo Bayden bilan ilk bor telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilmoqda.Jo Baydenning matbuot kotibi Jen Psaki suhbat Amerika tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.Kreml xabariga ko‘ra, Putin Baydenni faoliyatini boshlagani bilan tabriklagan. Shuningdek, u Rosiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishi “har ikkila mamlakat va butun xalqaro hamjamiyat manfaatlariga javob bergan bo‘lishini” ta’kidlagan.Bundan tashqari, prezidentlar Strategik hujumkor qurollanish to‘g‘risidagi shartnomani (DSNV) uzaytirishga oid kelishuvni uzaytirishga qaratilgan notalar almashinuvini olqishlagan. Kreml matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar tez orada bu xalqaro huquqiy mexanizmning barcha zaruriy jarayonlarini yakunlaydi.Shuningdek, Putin va Bayden o‘z suhbati davomida AQShning Ochiq osmon kelishuvidan bir tomonlama chiqib ketishi, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, Ukrainadagi nizo kabi mavzularga to‘xtalgan. Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasini saqlash ham muhokama qilingan. Rossiya tomoni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari ishtirokida sammit o‘tkazish tashabbusini bildirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20201215/Putin-Baydenni-prezident-saylovlaridagi-alabasi-bilan-tabrikladi-15602373.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1436/73/14367300_273:0:3002:2047_1920x0_80_0_0_48ea12865bef3e936e9c797e367ad1cf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vladimir putin, jo bayden, rossiya, aqsh
dunyoda, vladimir putin, jo bayden, rossiya, aqsh
Putin va Baydenning ilk telefon suhbati: prezidentlar nimalarni muhokama qildi
11:09 27.01.2021 (yangilandi: 15:50 01.04.2021) Jo Baydenning matbuot kotibi Jen Psaki suhbat Amerika tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bir necha kun avval AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishgan Jo Bayden bilan ilk bor telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Jo Baydenning matbuot kotibi Jen Psaki suhbat Amerika tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
Kreml xabariga ko‘ra, Putin Baydenni faoliyatini boshlagani bilan tabriklagan. Shuningdek, u Rosiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishi “har ikkila mamlakat va butun xalqaro hamjamiyat manfaatlariga javob bergan bo‘lishini” ta’kidlagan.
Bundan tashqari, prezidentlar Strategik hujumkor qurollanish to‘g‘risidagi shartnomani (DSNV) uzaytirishga oid kelishuvni uzaytirishga qaratilgan notalar almashinuvini olqishlagan. Kreml matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar tez orada bu xalqaro huquqiy mexanizmning barcha zaruriy jarayonlarini yakunlaydi.
Shuningdek, Putin va Bayden o‘z suhbati davomida AQShning Ochiq osmon kelishuvidan bir tomonlama chiqib ketishi, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, Ukrainadagi nizo kabi mavzularga to‘xtalgan. Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasini saqlash ham muhokama qilingan. Rossiya tomoni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari ishtirokida sammit o‘tkazish tashabbusini bildirgan.