https://oz.sputniknews.uz/20210415/aqsh-rossiyaga-qarshi-yangi-sanktsiyalar-kiritdi-18356152.html
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Vashington Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi, deb xabar qildi Oq uy ma’muriyati.
2021-04-15T18:40+0500
2021-04-15T18:40+0500
2021-04-15T18:57+0500
dunyoda
aqsh
sanksiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/1c/15688255_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_4f767a575d602ea4b59d39818611f1c2.jpg
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Vashington Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi, deb xabar qildi Oq uy ma’muriyati. 14-iyundan boshlab AQSh moliya muassasalariga Rossiya Markaziy banki va Moliya vazirligi hamda Milliy faravonlik fondi qimmatli qog‘ozlarini sotib olish ta’qiqlanadi. Shuningdek, Vashington Rossiyaning 6 ta texnologik komaniyalarini “Rossiya maxsus xizmatlarining kiberdasturiga yordam berishda” ayblab, ularga qarshi sanksiyalar kiritdi. Birinchi qatorda harbiy texnopolis "Era" ushbu ro‘yxatga kiritildi. “Biz Rossiyani kiberhududda amalga oshirilgan SolarWinds holati kabi zararli faoliyati uchun javobgarlikka tortishda davom etamiz”, - deyilgan hujjatda. Undan tashqari Rossiya tashqi razvedka xizmati SolarWinddan foydalangan holda “Keng ko‘lamli kibershpionaj” faoliyatiga aloqador deyilgan. Shu bilan birga sanksiyaga kiritilgan shaxslar ro‘yxati yana Rossiyaning 32 tashkiloti va fuqarolari bilan to‘ldirildi. Ularning barchasiga “saylovlarga aralashishi” ayblovi qo‘yilgan. Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar orasida Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksey Gromov va Yevgeniy Prigojinning kompaniyasi kiritilgan. Yangi choralar ushbu yuridik va jismoniy shaxslar mulklarini bloklash va viza cheklovlarini nazarda tutadi. “AQSh o‘z hamkorlari ittifoqdoshlari xavfsizligini ta’minlash tarafdori. Bizning ushbu sanksiyalar bilan ushbu prinsipga qat’iy amal qilishimizni yana bir bor tasdiqlamoqchimiz”- deyilgan Oq uy xabarida.Sanksiyalardan tashqari AQSh hukumati Rossiya diplomatik vakolatxonasining 10 nafar xodimlarini chiqarib yubormoqda. Bu borada Rossiya Federatsiya kengashi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Djabarov Moskva AQShning ushbu harakatlariga mos ravishda javob qaytaradi, deb xabar qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, 14-aprel seshanba kuni Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden telefon orqali muloqot qilishgan va Jo Bayden Putin bilan yuzma-yuz ko‘rishishni taklif qilgan edi. Chorshanba kuni AQShning Rossiyadagi elchisi Djon Sallivanni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov huzuriga taklif qilishib, Vashington yangi sanksiyalar kiritgan taqdirda Moskva keskin javob qaytarishini ta’kidlagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210413/aqsh-koinotga-ilk-parvoz-haqidagi-xabarda-sssr-va-yuriy-gagarin-nomlarini-aytib-otmadi-18299508.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/1c/15688255_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4c4ef893e19ce7ca54cbcb9ee3c3dd90.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, sanksiyalar
dunyoda, aqsh, sanksiyalar
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
18:40 15.04.2021 (yangilandi: 18:57 15.04.2021) AQSh Rossiya kompaniyalari va alohida fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi va 10 nafar diplomatlarni chiqarib yuborishini e’lon qildi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Vashington Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi, deb
xabar qildi Oq uy ma’muriyati.
14 iyundan boshlab AQSh moliya muassasalariga Rossiya Markaziy banki va Moliya vazirligi hamda Milliy faravonlik fondi qimmatli qog‘ozlarini sotib olish ta’qiqlanadi.
Shuningdek, Vashington Rossiyaning 6 ta texnologik komaniyalarini “Rossiya maxsus xizmatlarining kiberdasturiga yordam berishda” ayblab, ularga qarshi sanksiyalar kiritdi. Birinchi qatorda harbiy texnopolis "Era" ushbu ro‘yxatga kiritildi.
“Biz Rossiyani kiberhududda amalga oshirilgan SolarWinds holati kabi zararli faoliyati uchun javobgarlikka tortishda davom etamiz”, - deyilgan hujjatda.
Undan tashqari Rossiya tashqi razvedka xizmati SolarWinddan foydalangan holda “Keng ko‘lamli kibershpionaj” faoliyatiga aloqador deyilgan.
Shu bilan birga sanksiyaga kiritilgan shaxslar ro‘yxati yana Rossiyaning 32 tashkiloti va fuqarolari bilan to‘ldirildi. Ularning barchasiga “saylovlarga aralashishi” ayblovi qo‘yilgan.
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar orasida Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksey Gromov va Yevgeniy Prigojinning kompaniyasi kiritilgan. Yangi choralar ushbu yuridik va jismoniy shaxslar mulklarini bloklash va viza cheklovlarini nazarda tutadi.
“AQSh o‘z hamkorlari ittifoqdoshlari xavfsizligini ta’minlash tarafdori. Bizning ushbu sanksiyalar bilan ushbu prinsipga qat’iy amal qilishimizni yana bir bor tasdiqlamoqchimiz”- deyilgan Oq uy xabarida.
Sanksiyalardan tashqari AQSh hukumati Rossiya diplomatik vakolatxonasining 10 nafar xodimlarini chiqarib yubormoqda. Bu borada Rossiya Federatsiya kengashi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Djabarov Moskva AQShning ushbu harakatlariga mos ravishda javob qaytaradi, deb xabar qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 14-aprel seshanba kuni Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden telefon orqali muloqot qilishgan va Jo Bayden Putin bilan yuzma-yuz ko‘rishishni taklif qilgan edi.
Chorshanba kuni AQShning Rossiyadagi elchisi Djon Sallivanni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov huzuriga taklif qilishib, Vashington yangi sanksiyalar kiritgan taqdirda Moskva keskin javob qaytarishini ta’kidlagan edi.