REK: AQSh Rossiyadan orqada qolganligini tan oldi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie v avtomobile kompleksa REB
Voyennoslujashie v avtomobile kompleksa REB  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya – yuqori texnologiyali qurollar sohasida dunyoda yetakchi davlat deb tan olingan. Radio elektron kurash (REK) tizimlarida Rossiya mahsulotlari barcha jangovar sharoitlarda fantastik samaradorlikni namoyish etmoqda.
Elektromagnit urushda ustunlik Rossiyaga boy berilganligini AQSh Hisob palatasi tan oldi. Palatadagi mudofaa qobiliyati va menejmenti bo‘yicha direktori Jozef Kirshbaum ta’kidlashicha, Rossiyaning elektromagnit spektrdagi kurash kuchlari "bu vositalarni AQSh va boshqa davlatlarga qarshi real qo‘llashda" o‘z samaradorligini ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, amerikalik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Moskva REK orqali Pentagonning samolyot va kemalarining aloqa va navigatsiya tizimlarining ishlashiga ta’sir ko‘rsatishga qodir, Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi tajriba to‘plash va AQShning kosmik vositalariga qarshi kurashish salohiyatini rivojlantirish imkoniyatini berdi. Pentagon esa REK sohasida ilgari qabul qilingan strategiyalarning birortasini to‘liq amalga oshira olmadi. 1990-yillarning boshlarida amerikaliklar ko‘p yillar davomida bunday rivojlanishni keraksiz deb to‘xtatishdi, endi boy berilgan imkoniyatni qo‘lga kiritishga urinmoqda.
Repetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
“Sirkon” raketasi Rossiya qirg‘oqlaridan g‘arb kemalarini haydab yubordi
NATO 2018-yilning o‘zida Rossiya radioelektron kurash vositalarda ortda qolayotganini tan olgandi. Rossiya "O‘ta muhim REK nishonlar, pilotsiz uchar qurilmalar va artilleriyani aniqlash, lokalizatsiya va yo‘q qilishda o‘zini juda samarali ko‘rsatdi".
Rossiya o‘nlab yillar davomida,doimiy ravishda barcha darajadagi qo‘mondonlik uchun quruqlik, havo va dengizga asoslangan noyob REK tizimlarini rivojlantirmoqda.
So‘nggi uch yil ichida qo‘shin mingdan ziyod REKtexnikasi, shu jumladan avtonom kichik o‘lchamli peredatchiklarni va 19 ta yangi yangi modellarni oldilar. Gap ularning miqdorida emas, Rossiya REK jangovar bo‘linmalarining jangovar qobiliyatining o‘sishi jihozlarning ko‘p qirraligi va sifatida. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, tizimlar qo‘llash masofasi 3,5 baravarga ko‘paydi.
Rossiya REK tizimlari tanlab yoki global miqyosda NATO standartidagi aloqalarni "ovozini pasaytirishi", terrorchilarning dronlar parvoziga to‘sqinlik qilish, Amerikaning "Tomahawk" qanotli raketalari uchish kursidan adashtirishga qodir. RF elektromagnit qurollarni sinovdan o‘tkazmoqda. Masalan, mikroto‘lqinli qurollar 10 km gacha bo‘lgan masofada raqib elektronikasini o‘chirishga qodir. Eng maxfiylardan biri “Alabuga” tizimi, u G‘arb OAVlariga ko‘ra, kuch jihatidan atom bombasiga teng va "butun boshli armiyani zararsizlantirishi" mumkin.

REK tizimlari Suriyada

Suriya hududida Rossiyaning "Avtobaza-M", "Borisoglebsk-2", "Moskva", "Krasuxa", "Samarqand", "Svet-KU", "Rutut-BM", "Infauna"," Repellent" raqibning elektronikasini falaj qiladi, ko‘rinmas gumbaz ostiga yuzlab km masofani qamrab oladi. Masalan, "Krasuxa" 200 kilometr radiusda, ya’niraqib RLT, sun’iy yo‘ldosh aloqasi tizimlari, pilotsiz uchish apparatlarini boshqarish kanallari, yuqori chastotali radio, uyali aloqa, Wi-Fi Xmeymim bazasi ustida ishlay olmaydi. Rossiyaning elektron jangovar tizimlari "qarshi hujumlari" AQSh va NATO kuchlari signalni shifrlash yoki radio shovqinga qarshi elektronikadan foydalangan taqdirda ham muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Bir nechta misollar. "Moskva-1" kompleksi passiv elektron skanerlash rejimida 400 kilometr radiusdagi hududni nazorat qiladi, samolyotlarni, raketalarni va hatto raqib snaradlarini aniqlaydi. Past tezlik va radio sukunat rejimida ishlaydigan kichik o‘lchamdagi dronlar bilan kurashishning samarali vositasi - “Valday” kompleksi, bu "dronlar galasi" strategiyasiga assimetrik javob.
Peregovori s uchastiyem gossekretarya SShA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po nasbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavi kanselyarii komissii SK KPK po inostrannim delam Yan Szechi i ministra inostrannix del Kitaya Vana I v Ankoridje, SShA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
AQSh yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
"Shipovnik-AERO" REK tizimi dronning bort komputerinia bir soniyada buzadi. Agar u notanish konfiguratsiyani uchratsa, u bir necha daqiqada uni o‘z nazorati ostiga oladi. Bundan tashqari, "Shipovnik" aloqa, televidenie va radioeshittirish stansiyalari, uyali aloqa tarmoqlari va boshqa tarmoqlarning boshqaruv punktlarini bostirishga qodir.
R-330ZJ "Jitel" radio nurlanish manbalaridan keladigan signallarni tahlil qiladi, "Inmarsat" va "Iridium" xorijiy global sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlariga, GPS-navigatsiya uskunalariga xalaqit beradi.
Rossiya HDF Qora dengiz floti O‘rta dengizga 22160 loyiha "Dmitriy Rogachev" patrul kemasini jo‘natdi. Uning bortida "Kalibr" qanotli raketalaridan tashqari AQSh va NATO razvedka aviatsiyasiga qarshi turish uchun REK uskunalari ham mavjud.
Rossiyaning Suriyadagi REK uskunalari raqib radarlariga samolyotning uchishi va qo‘nishini, raketa uchirilishini va qo‘shinlarning joyni o‘zgartirishini "ko‘rish" imkoniyatini bermaydi. Suriyalik jangarilarning tashqi dunyo va SAR hududidagi "yacheykalar" o‘rtasidagi aloqa tizimi deyarli yo‘q qilindi.
REK raqib elektronikasi uchun "qo‘shimcha shovqin" hosil qiladi, uchar qurilmalar radioelektronik "mirajlar"ning (yolg‘on GPS signallari) qurboniga aylanadi.
Qanotli raketalarni uchirish nuqtasiga yo‘naltirish mumkin. Eslatib o‘taman, 2017-yil 7-aprelda Amerikaning “Ross” va “Porter” esmineslaridan Suriyaning Al-Shayrat aviabazasiga qara otilgan 59 ta Tomagavkdan 36 tasi nishonga yetib bormagan, ularning yetib borgan nuqtalari noma’lum. Rossiyaning obyektiv nazorat vositalariga ko‘ra, faqat 23 ta raketa Suriyaning aviabazasiga yetib borgan.
Istrebitel-bombardirovshik F-35. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2021
Sharmandali o‘q uzish: amerikaning F-35 qiruvchisi o‘zini pushkadan otib qo‘ydi
Keyinchalik AQSh Mudofaa vazirligi Maxsus kuchlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general Reymond Tomas Suriya "sayyorada eng qizg‘in radioelektron urush olib borilayotgan joyga" aylandi, deb aytdi. Rossiya va Suriya hukumat kuchlari "bizni har kuni sinovdan o‘tkazmoqda, aloqa tizimlarimizni buzib,YeS-130 samolyotlarimizni ishdan chiqarmoqda".
Rossiya o‘z qurol-yarog‘ini Suriya havo hududida AQShning eng yaxshi razvedka tizimlarida sinab ko‘rgani AQSh generalini ranjitmoqda. Kim aybdor va Tomahawk qanotli raketalari yoki Lockheed Martin EC-130 Compass Call samolyotlari u yerda nima qilmoqda? Amerika armiyasini Suriyaga hech kim taklif qilmagan.

Strategik ilgarilab ketish

Suriyadagi voqealar butun dunyoda o‘z aks sadosini bermoqda va REK tizimlari bilvosita Rossiyaning geosiyosiy ta’sirining o‘sishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, Rossiyaning eng qudratli tizimi "Murmansk" XXRdagi mutaxassislarini hayratda qoldirdi, Xitoyning Sohu nashri NATO samolyotlariga zarba bera oladigan va "AQSh takabburligini jilovlay oladigan" dunyodagi eng ilg‘or REK texnologiyasini yaratilgani haqida xabar qildi. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, "Murmansk" AQSh armiyasining global qisqa to‘lqinli aloqa tizimini kuzatib borishga qodir (quruqlikdagi stansiyalar, samolyotlar va kemalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi) va 3000 km radiusda tizimning ishlashiga kuchli shovqin hosil qiladi. Dunyodagi hamma davlatlar ham poytaxtdan chegaraga qadar bunday radius bilan maqtana olmaydi.
Ispitaniya krilatoy raketi s yadernim dvigatelem «Burevestnik” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Pentagonning dahshatli tushi: AQSh Rossiyaning "Burevestnik" kuchidan bezovta bo‘lmoqda
Amerikaning The National Interest nashri ta’kidlaydi: Rossiya REK sohasida Shimoliy Atlantika alyansi mamlakatlaridan sifat jihatidan ustun va yillar o‘tishi bilan bu farq yanada oshmoqda. Rossiya Federatsiyasi hududiga yashirin qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarga kirishga qilingan har qanday urinish muvaffaqiyatsiz tugaydi. Harbiy harakatlar paytida F-35 rusumidagi "uchuvchi komputerlar" Rossiya REK tizimlarining ta’siridan bir zumda ishdan chiqadi.
Rossiya harbiy xizmatchilari raqibning elektron uskunalarini bostirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni "yelka"dan amalga oshirishi mumkin. Portativ va kichik o‘lchamdagi "Pishal", "Sapsan-Bekas", "Solaris-N" komplekslari - qulay va samarali. Masalan, ko‘chma "Pishal"ning vazni atigi 3,5 kg (avtomatga o‘xshaydi), 2 kilometrgacha masofada ishlaydi (sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlari va aloqa va boshqarish kanallarining chastotalarida shovqin hosil qiladi).
Rossiyaning REK uskunalari namunalarining ta’sirchan qatori orqasida bir asrdan ko‘proq tarix mavjud. Radio to‘lqinlaridan harbiy foydalanish g‘oyasining o‘zi Rossiyaga tegishli - iste’dodli olim, radio ixtirochisi Aleksandr Popov, 1903-yilda Rossiya imperiyasining Urush vazirligiga yozgan xatida REK tamoyillarini bayon qildi. Bir yil o‘tgach, jangovar foydalanish boshlandi - Port-Arturni himoya qilish paytida "Pobeda" jangovar kemasining radiostansiyasi Yaponiya eskadrilyasi kemalarining ishiga to‘sqinlik qildi. Shonli tarix davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0