Markaziy Osiyoda fuqarosizlik muammosini tugatish masalalari muhokama etiladi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Sentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Obuna bo‘lish
Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonning tegishli davlat organlarining fuqaroligi yo‘q shaxslar masalalari bilan shug‘ullanadigan idoralari vakillari ishtirok etishadi
TOShKENT, 23 mar - Sputnik. 26-mart kuni O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda fuqaroligi yo‘q shaxslar sonini kamaytirish va bu muammoning oldini olishga bag‘ishlangan mintaqaviy davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz matbuot-xizmati xabar berdi.
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2017
Fuqaroligi bo‘lmagan 100dan ortiq shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi
Onlayn-muhokama BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining 46-sessiyasida ilgari surilgan O‘zbekiston prezidentining tashabbuslarini amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish, shuningdek BMT Bosh kotibi Antoni Guterrishning fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini kamaytirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishga chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonning tegishli davlat organlarining fuqaroligi yo‘q shaxslar masalalari bilan shug‘ullanadigan idoralari vakillari, shu jumladan, tashqi ishlar, ichki ishlar, adliya, davlat migratsiyasi va ro‘yxatga olish xizmatlari, Davlat statistika qo‘mitalari, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ishtiroki kutilmoqda.
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi belgilandi
Davra suhbatining maqsadi fuqarosizlik masalasini kamaytirish va oldini olish sohasidagi xalqaro standartlarni qayta ko‘rib chiqish, fuqaroliksizlikni tugatish bo‘yicha #IBelong global kampaniyasi doirasida Markaziy Osiyoda fuqarosizlikn yo‘q qilishga qaratilgan umumiy taraqqiyotni baholash, Oliy darajadagi natijalarni ko‘rib chiqish.
Mintaqadagi ilg‘or tajribalar va muhim yutuqlar bilan o‘zaro tajriba almashish, shuningdek mavjud kamchiliklar va zarur qonunchilikdagi o‘zgartirishlarni muhokama qilish, zamonaviy darajaga to‘g‘ri kelmaydigan amaliyotlarni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0