Jamiyat

Oʻzbekiston fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi belgilandi

© Sputnik / Aleksey Tixomirov / Uzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shuningdek, Oʻzbekiston fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish tartiblari belgilandi.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Prezident farmoni bilan Oʻzbekiston fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, Oʻzbekiston fuqaroligi masalalari yuzasidan iltimosnoma va arizalar:
- Oʻzbekiston hududida yashab turgan shaxs tomonidan – doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga;
- Oʻzbekistondan tashqarida yashovchi shaxs tomonidan – Oʻzbekistonning konsullik muassasasi, shuningdek Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasining konsullik boʻlimiga topshiriladi.
Ota-onasi yoki ulardan birining fuqaroligi oʻzgarganda ularning iltimosnomasiga koʻra, 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolaning fuqaroligi faqat uning yozma roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
18 yoshga toʻlgan va muomala layoqatiga ega boʻlgan, Oʻzbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish boʻyicha iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2020
Siyosat
Oʻzbekistonda 15 yil muqim yashaganlarga toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik beriladi
Iltimosnoma 3 ish kunida oʻrganib chiqiladi.
Maʼlumotlar 3 ish kunida “E-Fuqaro” idoralararo maʼlumotlar bazasiga kiritilib, materiallar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyat ichki ishlar boshqarmalariga yuboriladi.
“E-Fuqaro” IMBda tekshiruvdan oʻtib, yakunlangan talabnomaga muvofiq tekshiruv varaqasi chop etiladi.
Materiallar va tekshiruv varaqasi asosida 1 oylik muddatda xulosa tayyorlanib, ichki ishlar vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi hamda umumlashtirilgan axborot-maʼlumotnoma bilan birga koʻrib chiqish uchun Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiyaga yuboriladi.
Nizom bilan shuningdek, Oʻzbekiston fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish tartiblari belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0