TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekistonda doimiy yashovchi 118 kishi, xususan Toshkentda doimiy yashaydigan 43 kishi O‘zbekiston fuqaroligini oldi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 15-avgustdagi PF-5155 sonli farmoni talablariga asosan, respublikada doimiy yashovchi 118 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga mamlakat fuqaroligi berildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Joriy yilning 15-sentabr kuni Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar IIBB rahbariyatining tashabbusi bilan qirq uch nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportlarini tantanali ravishda ommaviy axborot vositalarida yoritilgan holda topshirilishi rejalashtirilmoqda.