https://oz.sputniknews.uz/20210320/ashadarda-khotini-bilan-zhanzhaldan-sng-er-z-uyini-portlatdi-17859331.html
Qashqadaryoda xotini bilan janjaldan so‘ng er o‘z uyini portlatdi
Qashqadaryoda xotini bilan janjaldan so‘ng er o‘z uyini portlatdi
Sputnik O‘zbekiston
toshkent, 20 mar – sputnik. qashqadaryo viloyati qarshi tumanida yashovchi erkak oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida uyini portlatib yubordi. bu haqda "zamon"
2021-03-20T08:34+0500
2021-03-20T08:34+0500
2021-04-01T16:41+0500
jamiyat
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/07/16149835_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_5f0db4c95df3ed77ecee8ba5005cae30.jpg
TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi erkak oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida o‘zi yashaydigan xonadonni portlatib yubordi, deb xabar berildi "Zamon" informatsion dasturida.Reportajda aytilishicha, hodisa Qarshi tumanidagi "Shirkent" mahallasida sodir bo‘lgan. Bayram arafasida er-xotin o‘rtasida janjal chiqqan. Eri tomonidan kaltaklanib, haqoratlangan ayol mahalla inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, eri oila a’zolarining hammasini o‘ldirish bilan tahdid qilayotganini aytadi.Voqea joyiga mahalla kotibi va noziri yetib kelganida, erkak ularni ko‘rib yanada jazavaga tushib, uy ichiga kirib ketgan. O‘sha vaqtda u gaz balonni ochib qo‘ygan bo‘lgan.Profilaktika inspektori erkakni tinchlantirish uchun puyga qaytib kirganida, erkak is gaziga to‘lib turgan xonada gugurt chaqqan va uyni portlatib yuborgan.Oqibatda mahalla kotibi va noziri tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Shuningdek, uyning oshxona va yotoqxona qismi qulab tushgan."Jahlim chiqib turgan edi. O‘zimni ko‘rsatmoqchi bo‘ldimmi, bilmayman. Xotinim u dedi, men bu dedim. Qilgan ishimdan pushaymonman, azobini ko‘rapman", — deydi sujet oxirida erkak.Ayni vaqtda tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210225/Samarandda-khotini-va-uning-zhazmanini-ldirgan-erkak-uzo-muddatga-amaldi-16077530.html
https://oz.sputniknews.uz/20200403/ashadarlik-erkak-rashk-tufayli-z-khotinini-aron-bilan-bib-ldirdi-13838002.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/07/16149835_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_1f1fffb4c2e7ccb125e8d0e53c34d9c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hodisalar
Qashqadaryoda xotini bilan janjaldan so‘ng er o‘z uyini portlatdi
08:34 20.03.2021 (yangilandi: 16:41 01.04.2021) Qashqadaryolik erkak 8-mart arafasida xotini bilan janjallashib, qattiq jazavaga tushgan va gaz balonni ochib, uyni ichi gazga to‘lgach, gugurt chaqib, xonadonni portlatgan. Ushbu hodisa oqibatida er-xotinni yarashtirishga kelgan mahalla kotibi va inspektor jabrlangan
TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi erkak oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida o‘zi yashaydigan xonadonni portlatib yubordi, deb xabar berildi "Zamon" informatsion dasturida.
Reportajda aytilishicha, hodisa Qarshi tumanidagi "Shirkent" mahallasida sodir bo‘lgan. Bayram arafasida er-xotin o‘rtasida janjal chiqqan. Eri tomonidan kaltaklanib, haqoratlangan ayol mahalla inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, eri oila a’zolarining hammasini o‘ldirish bilan tahdid qilayotganini aytadi.
Voqea joyiga mahalla kotibi va noziri yetib kelganida, erkak ularni ko‘rib yanada jazavaga tushib, uy ichiga kirib ketgan. O‘sha vaqtda u gaz balonni ochib qo‘ygan bo‘lgan.
Profilaktika inspektori erkakni tinchlantirish uchun puyga qaytib kirganida, erkak is gaziga to‘lib turgan xonada gugurt chaqqan va uyni portlatib yuborgan.
Oqibatda mahalla kotibi va noziri tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Shuningdek, uyning oshxona va yotoqxona qismi qulab tushgan.
"Jahlim chiqib turgan edi. O‘zimni ko‘rsatmoqchi bo‘ldimmi, bilmayman. Xotinim u dedi, men bu dedim. Qilgan ishimdan pushaymonman, azobini ko‘rapman", — deydi sujet oxirida erkak.
Ayni vaqtda tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.