Qashqadaryolik erkak rashk tufayli o‘z xotinini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janjal davomida, er o‘z ayolini uyning xo‘jalik xonasidagi stulga majburan o‘tkazib, qo‘l va oyoqlarini mazkur stulga arqon ip bilan bog‘lab, qo‘lidagi arqon bo‘lagi bilan bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 46 yashar erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U o‘z xotinini qasddan o‘ldirganlikda gumonlanmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 1-aprel kuni Shahrisabz shahrida yashovchi 46 yashar erkak rashk negizida 39 yoshli turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro janjallashib qoladi.

Janjal davomida, er o‘z ayolini uyning xo‘jalik xonasidagi stulga majburan o‘tkazib, qo‘l va oyoqlarini mazkur stulga arqon ip bilan bog‘lab, qo‘lidagi arqon bo‘lagi bilan bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan U.Q.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (u gumonlanuvchi tarikasida ushlangan).

Yangiliklar lentasi
0