https://oz.sputniknews.uz/20210225/Samarandda-khotini-va-uning-zhazmanini-ldirgan-erkak-uzo-muddatga-amaldi-16077530.html
Samarqandda xotini va uning jazmanini o‘ldirgan erkak uzoq muddatga qamaldi
Samarqandda xotini va uning jazmanini o‘ldirgan erkak uzoq muddatga qamaldi
Sputnik O‘zbekiston
Pastdarg‘omlik erkak xotini va uning jazmani deya taxmin qilinayotgan shaxs ortidan kuzatib borib, ularni savdo markazida odamlarning ko‘z o‘ngida pichoqlagandi. 25.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-25T18:09+0500
2021-02-25T18:09+0500
2021-02-25T18:09+0500
hodisalar
samarqand
qotillik
hukm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/18/16063401_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_c871a4d18ffd8378e485524c503b1f69.jpg
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Samarqand shahridagi savdo markazi hududida xotinini xiyonatda gumonsirab, uni va u bilan birga bo‘lgan erkakni pichoqlab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qilmoqda.Xabarda yozilishicha, shu kunlarda mazkur ish yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlanib, ish sudda ko‘rib chiqilgan.Qotillikda ayblanuvchi shaxs bu ishni jahl ustida sodir etgani, o‘sha payt o‘zini yo‘qotib qo‘yganini aytib, qilmishidan qattiq pushaymonligini bildirdi.Erkak O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” va “j” bandlari (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan. Sud unga 22-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. Mahkum jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydi.Eslatib o‘tamiz, qotillik Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi savdo markazlarining birida sodir etilgandi. Pastdarg‘omlik erkak xotini va uning jazmani deya taxmin qilinayotgan shaxs ortidan kuzatib borib, odamlarning ko‘z o‘ngida ularga pichoq bilan tashlangan. Jabrlanganlar o‘tkir qon yo‘qotishi natijasida voqea joyida vafot etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20201119/Toshkentlik-erkak-aorat-tufayli-ikki-kishini-picholadi-15436919.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/18/16063401_171:83:1782:1291_1920x0_80_0_0_13ee84939cfe6e8c0e1a11cdb3e1d049.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , samarqand, qotillik, hukm
hodisalar , samarqand, qotillik, hukm
Samarqandda xotini va uning jazmanini o‘ldirgan erkak uzoq muddatga qamaldi
Pastdarg‘omlik erkak xotini va uning jazmani deya taxmin qilinayotgan shaxs ortidan kuzatib borib, ularni savdo markazida odamlarning ko‘z o‘ngida pichoqlagandi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Samarqand shahridagi savdo markazi hududida xotinini xiyonatda gumonsirab, uni va u bilan birga bo‘lgan erkakni pichoqlab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, shu kunlarda mazkur ish yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlanib, ish sudda ko‘rib chiqilgan.
Qotillikda ayblanuvchi shaxs bu ishni jahl ustida sodir etgani, o‘sha payt o‘zini yo‘qotib qo‘yganini aytib, qilmishidan qattiq pushaymonligini bildirdi.
Erkak O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” va “j” bandlari (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan. Sud unga 22-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. Mahkum jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydi.
Eslatib o‘tamiz, qotillik Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi savdo markazlarining birida sodir etilgandi. Pastdarg‘omlik erkak xotini va uning jazmani deya taxmin qilinayotgan shaxs ortidan kuzatib borib, odamlarning ko‘z o‘ngida ularga pichoq bilan tashlangan. Jabrlanganlar o‘tkir qon yo‘qotishi natijasida voqea joyida vafot etgan.