Sergey Aksenov: Qrim tiz cho‘kmaydi

© Sputnik / Max Vetrov / Mediabankka o‘tishGlava Respubliki Krim Sergey Aksenov
Glava Respubliki Krim Sergey Aksenov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Obuna bo‘lish
Qrimning Rossiya Federatsiyasiga qayta qo‘shilish kunining yetti yilligi arafasida RIA Novosti Qrim Respbulikasi rahbari bilan intervyu o‘tkazdi.
Sergey Aksenov Yarim orolning iqtisodiy rejalari, Ukraina bilan qo‘shnichilik munosabatlarni tiklash, sohil bo‘yidagi noqonuniy qurilishlar va boshqa masalalar borasida fikr bildirdi. Suhbatni Maksim Groznov olib bordi.
— Sergey Valeryevich, Rossiyaliklarning 81 % Qrimni Rossiyaga qo‘shilishiga ijobiy munosabatda, 40% -tarixiy nuqtayi nazardan to‘g‘ri deb hisoblaydi. Siz bu borada qanday fikrdasiz?
— Bu tarixiy adolat bo‘ldi – shuning uchun ham uni ko‘pchillik qo‘llab quvvatlaydi. Qrim har doim Rossiyaga tegishli bo‘lgan. 1954-yilda KPSS Birinchi kotibi Xrushev uni, Ukraina tarkibiga o‘tkazishga qaror qilgan. Ushbu o‘zgarishlar bir davlat ichida bo‘lgan: hamma joyda bir xil pul – rubl bo‘lgan, chetga chiqish pasporti kerak bo‘lmagani sababli odamlar farqini tushunmagan. Umuman urushdan keyingi yillarda odamlarning boshqa tashvishlari ko‘p bo‘lgan. Agar biror kishi kelajakda nima bo‘lishini bila olganida edi – aholi o‘shanda ham qarshi chiqqan bo‘lardi.
Flag Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Ukraina O‘zbekistonni "Qrim platformasi" sammitiga taklif qildi
2014 yilda prezident tomonidan tarixiy qaror qabul qilindi. Uni aksariyat qrimliklar qo‘llab-quvvatlashdi. Ushbu qarorning asosini - fuqarolarni himoya qilish g‘oyasi tashkil qilardi.
— Qrimliklar sizning 2014-yil 7-martda ukraina telekanali orqali chiqishingizni yaxshi eslashadi. O‘shanda Ukraina sobiq prezidenti Leonid Kravchuk sizdan tayyorlanayotgan referendumning qonuniyligi haqida so‘ragan edi. Siz o‘shanda – ushbu qaror shaxsi siz tomondan emas Qrim parlamenti tomonidan qabul qilinganini va uni amalga oshirish mumkin deb hisoblashingizni aytgan edingiz. Hozir buni qanday izohlagan bo‘lar edingiz?
— Bu rost. Qrim parlamenti v qonun chiqaruvchi organ. U fuqarolar manfaalari yo‘lida ana shunday qaror qabul qilish huquqiga ega. Qonuniy jihatdan hammasi to‘g‘ri bo‘lgan. Janob Kravchukka men aynan shunday javob berganman. O‘shanda u mendan “Javobgarlikni bo‘ynigga olasanmi?” deb so‘raganda “Ha, olaman” deb javob berganman. Chunki men biz to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizga ishonchim komil edi.
— Ukraina przidenti Zelenskiyning “sug‘urib olingan yurak” qabilida aytilgan bayonotlaridan va “Qrim platformasi” sammiti o‘tkazilishi rejalari ochiqlanganidan so‘ng, Ukraina bilan munosabatlar tiklanishiga ishonchingiz komilmi?
— Bu platformalarning barchasi – yolg‘on. Bu - qalbaki siyosatchilar safsatasi xolos. Bu amalga oshmas ozu ekanini ular yaxshi bilishadi, lekin o‘zlarida hayot kun sayin yomonlashib borayotganidan so‘ng ular ham nimadir qilishlari kerak-ku. Kiyevda bugungi rahbariyat, Verxovnaya Radadagi bugungi siyosatchilar turar ekan - munosabatlar iliqlashishiga umid yo‘q, menimcha.
Ukrainaliklar to‘g‘ri qaror qabul qilib o‘zlariga yaxshi rahbariyat saylashlariga umid qilib qolaman. Sog‘lom fikr ustuvor bo‘lishi kerak.
— Nima deb o‘ylaysiz, jiddiy harbiy mojaro uyushtirib va NATO qo‘shinlarini Qora dengiz hududiga jalb qilish uchun Ukraina tomonidan harbiy provokatsiyalar uyushtirilishi mumkinmi?
— Amerikaliklar uchun mojaro bo‘lsa yaxshi, lekin ularning o‘zlari hech qachon unda ishtirok etishmaydi.Bugun hech kim Rossiya bilan harbiy nuqtayi nazardan bellashishga qodir emas. Agar biror kishi bunga bel bog‘lasa ham, bizga hech narsa xavf solmasligiga ishonchim komil, Rossiyada yetarlicha kuch bor.
Qrim sababli: NATO Rossiya armiyasini taqiqlashni orzu qilmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2020
Qrim sababli: NATO Rossiya armiyasini taqiqlashni orzu qilmoqda
Rossiya bo‘lmagan dunyo hech kimga qiziq emas va unday bo‘lmaydi ham, deb Vladimir Vladimirovich to‘g‘ri aytgan edi. Kimningdir buni amalga oshirishiga qurbi yetadi deb o‘ylamayman.
Amerikaliklar ushbu mojaroga Ukrainani tiqishtirishga harakat qilishadi. Mudofaa nuqtayi nazaridan Qrim – zabt etib bo‘lmas qal’a, butun Rossiya kabi.Biz har qanday hujumni himoya qilishga tayyormiz, NATO davlatidan ham boshqalardan ham. Bu tomondan Qrimliklarga va Rossiyaliklarga hech narsa xavf solmayapti.
Mahalliy nuqtayi nazardan – ayrim chegaralarda provokatsiyalar bo‘lishi mumkin. Donbassda, Lugansk xalq respublikasida. U yerlarga vaziyatni beqaror qilish uchun turli diversion guruhlar yuborilishi mumkin. Ular vaziyatni beqaror qilishga harakat qilishga urinishadi.
— 2020-yil davomida Qrimda oziq-ovqatlar, turar joy narxi oshdi. Ishsizlik ham kuchaymoqda. Yaqinda, iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov tashrifi dorasidla siz yirik logistika markazi tashkil qilish va yangi ko‘ngilochar markazlar haqida gapirgan edingiz. Bu ishlar muammoni qisman bo‘lsa ham hal qiladimi? Ko‘ngilochar markazlar – qimor o‘yinxonalar bo‘lmasa, ular nima?
— Yo‘q ular kazino emas, gap "Sochi Park" kabi bolalar ko‘ngilochar markazlari haqida ketmoqda. Markazlar investorlar mablag‘i asosida quriladi. Budjet xarajatlari esa – infratuzilma uchun sarflanadi. Bizga ana shunday o‘sish nuqtalari kerak. Qrim – turistik hudud. Turistlar dam olishni tashkil qilish kerak, bolalar bilan birga vaqt o‘tkazadigan joylar bo‘lishi kerak. Biz uchun esa bu qo‘shimcha soliqlar degani.
Yevpatoriya va Yalta hududiga oish ikkita loyiha bor. Bizda aniq takliflar bor, hozir ular uchun yer ajratish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz. Menimcha bir necha hafta ichida biz Iqtisodiy rivojlanish vazirligimizdagi Sarmoyalar kengashiga ular borasida taklif kiritamiz.
— Davlat dumasida kichik mehmonxonalarni legallashtirish borsida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda “mehon uyi” tushunchasini qonuniylashtirish rejalashtirilgan. Ushbu qonun hozir qaysi bosqichda va u qachon qabul qilinishi mumkin?
— Hozir ushbu loyiha so‘nggi bosqich kelishuvlardan o‘tmoqda. Rosturizm, Rospotrebnadzor, VFF dastlabki roziligin bergan. Hafta oxiriga qadar qonunning yakuning tahriri tayyor bo‘ladi. Ushbu yilgi turizm mavsumi boshlanguniga qadar uni qabul qilmoqchimiz. Odamlar xotirjam xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lishlari uchun.
Gruzovoy sostav na Krimskom mostu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2020
Qrim ko‘prigi yana AQSh tomog‘idagi suyakka aylandi
Bugungi kunda 9,5 mingdan ortiq “uy-mehmonxonalar” iqtisodiy faoliyat yuritmoqda, lekin soliqlar to‘lagani yo‘q. 2020-yilda biz, koronavirus tufayli ushbu masalaga yumshoq yondashgan edik, rejali tekshiruvlar o‘tkazmagan edik. Bu yil ularning ro‘yxati tuzilgan va barchaga faoliyatini legallashtirishni maslahat beramiz. Bu vaziyatdan chiqishning to‘g‘ri yo‘li.
Ustiga ustak, qonuniy ishlaydigan mehmonxonalar tur operatorlardan qish mavsumi va yil bo‘yi mijoz qabul qilishi, keshbek va boshqa turli imtiyozli dasturlarda ishtirok etishlari mumkin.
— Qirg‘oqbo‘yi chizig‘ida noqonuniy qurilishlar bilan kurash qanday olib borilmoqda?
— Bu borada bir qator qonuniy muammolar mavjud. Barchasini qo‘lda yechishga to‘g‘ri kelmoqda. Biz Bosh prokuratura bilan ishchi guruh tuzganmiz. Ayrim qurilgan uylarda fuqarolar allaqachon yashamoqda.
— Yanvarda Rossiyaning ayrim shaharlarida norozilik mitinglari bo‘lib o‘tgan edi. Simferopol markazida ham bir necha namoyishga chiqqan. Sizningcha ular nima uchun chiqqan edi?
— Notizim muxolifat mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashgan vaqtda vaziyatni tebratishga harakat qiladi. Bugun COVID oqibatlari tufayli fuqarolar daromadi kamaygan, biznesga ham og‘ir, lekin qabul qilinayotgan choralar o‘z samarasini bermoqda.
Goroda mira. Kiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2019
Ukraina TIV Qrim xususida aytilgan gaplar uchun Qozog‘istonga demarsh bilan taxdid qildi
Norozilik namoyishlari esa – G‘arb mamlakatlari tomonidan tashkil qilingani aniq bilinib turibdi, menimcha. Bu ko‘zbo‘yamachi Navalniy, oldin sudlangan, Rossiyaga Amerika maxsus xizmatlari topshirig‘i bilan kelganini yashirmaydi. Navalniy kelgan zahotiyoq hibsga olinishini ular yaxshi bilan. Shunchaki ularga qurbon kerak edi. Qolganlar esa ushbu asosda norozilik uyushtirishdi. Ular G‘arb maxsus xizmatlari agentlari, shu sababli ularga munosabatim – shunga yarasha.
— Qrimda vaziyatni tebratib izidan chiqarish ehtimoli bormi?
— Qrimda Rossiya bilan qo‘shilishga qarshi bo‘lgan fuqarolar bor, lekin ularning soni 3%dan kam. Esingizdami, Kseniya Sobchak 2018-yilda Qrimni Ukrainaga qaytarish dasturi bilan Rossiya prezidenti saylovida ishtirok etgan edi. O‘sha vaqtda Qrimga u uchun 17 ming kishi ovoz bergan. Mana shu norozilik potensiali xolos.
— Sergey Valeryevich, siz 7-yildan buyon Qrimni boshqarib kelmoqdasiz. Siz o‘chun o‘tgan davrda eng og‘ir voqealar nimalar bo‘ldi?
Kerch fojeasi — eng og‘ir davr bo‘ldi. Biz u yerda shuncha bolalar, o‘qituvchilarni yo‘qotdik. Armansk suv muammosi, elektroenergiya muammosi – bularni yengib o‘tdik. Lekin Kerch — bu qaytarib bo‘lmas yo‘qotish.
SPUTNIK_Vzriv v kolledje v Kerchi. Kadri s mesta proisshestviya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2018
Sarosima va ko‘z yoshlar: Kerch politexnika kollejidan videolavha
Qolgan hamma ishni amalga oshirish mumkin. Biz ko‘p ishni ilk bor qilmoqdamiz. Masalan chuchuk suv olish moslamasi. MDHda bunday tajriba yo‘q edi. Faqat Qozog‘istonda 1ta ana shunday moslamar ishlagan ekan.
— Qrim xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmayotgani belgilangan maqsadga erishishga xalal bermoqdami?
— Bu faqat kimdir qo‘lidan boy bergan imkoniyatlarni anglatishi mumkin. Sanksiyalar bizga xalal bermoqda, lekin biz olg‘a yurmoqdamiz. Vaziyat yaxshi bo‘lishiga mening ishonchim komil. Biz samarali harakat qilmoqdamiz va tiz cho‘kish niyatimiz yo‘q.
— Siz ijtimoiy tarmoqda eng faol rahbarlardan birisiz. Facebook, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qiluvchi korporatsiyalar yirik siyosatchilar faoliyatini cheklashi mumkin. Siz ish faoliyatida ushbu xizmatlardan voz kechish kerak deb hisoblaysizmi?
— Mening shaxsiy fikrim: ijtimoiy tarmoqlar bugun olib borayotgan siyosati, jamiyatga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardan bugungi kunda qurol, geosiyosiy manipulyatsiya va odamlar orasida dushmanlik uyg‘otish vositasi sifatida foydalanilmoqda. Masalan – Rossiya va Qrim OAVlarini arzimagan sabablarga ko‘ra bloklash.
Ba’zan ijtimoiy tarmoqlarda provokatorlar va ruhiy nosog‘lom kishilar o‘z aljirashini erkin translyatsiya qilmoqda.
Bunday vaziyatda qat’iy choralar ko‘rish kerak, milliy platformalar yaratish kerak. Bu sohada “import o‘rnini bosish” maksimal darajada bo‘lishi kerak. Bu masala hal bo‘lishiga ishonchim komil.
Yangiliklar lentasi
0