https://oz.sputniknews.uz/20210312/zbekistonda-2020-yilda-umumiy-zhinoyatlarning-952-foizi-fosh-etilgan---bobozhonov-17700855.html
O‘zbekistonda 2020-yilda umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan - Bobojonov
O‘zbekistonda 2020-yilda umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan - Bobojonov
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning
2021-03-12T13:14+0500
2021-03-12T13:14+0500
2021-03-12T13:14+0500
jamiyat
iiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/661/52/6615220_0:432:4608:3024_1920x0_80_0_0_12e4736b0e01d8c7bfd24427c5ae6759.jpg
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi 2020-yil yakuni bo‘yicha axboroti eshitildi.Vazir axborotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yilda umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan. Tergov organlari qidiruvida bo‘lgan 2446 nafar shaxs ushlangan va 436 nafar bedarak yo‘qolganlar topilgan. Ichki ishlar organlari tashabbusi bilan 20 994 ta jinoyatlar aniqlangan.Xususan, o‘tgan 2020-yilda respublika miqyosida 62 081 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, 100 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 182,4 tadan to‘g‘ri kelgan.Oilalardagi notinchlik, nizolarning o‘z vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning e’tiboridan chetda qolganligi oqibatida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilmoqda.Jumladan, 2020-yilda qayd etilgan qotillik jinoyatlarning har uchinchisi (143 tasi, 35,2%), og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining 192 tasi (20,5%) oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan.Shu bilan birga, oilaviy nizolarga o‘z vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 14 379 ta oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etilib, ularning aksariyati ya’ni 50,5 foizi (7 264 tasi) Toshkent, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘z joniga qasd qilish holatlarining har oltinchisi aynan o‘z vaqtida hal etilmasdan qolgan oilaviy kelishmovchiliklar bois sodir etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20201031/Suv-omboridagi-otillik-Namanganda-al-ikki-farzandini-ldirib-sng-z-zhoniga-asd-ildi-15297147.html
https://oz.sputniknews.uz/20201121/Internetdagi-tanishuv-otillik-bilan-yakunlandi-faronalik-yigit-2-oylik-chaaloni-ldirdi-15452402.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/661/52/6615220_0:0:4608:3456_1920x0_80_0_0_0b7b6b48ea4b70c3b1c7b45556e4da44.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, iiv
O‘zbekistonda 2020-yilda umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan - Bobojonov
Tergov organlari qidiruvida bo‘lgan 2446 nafar shaxs ushlangan va 436 nafar bedarak yo‘qolganlar topilgan. Ichki ishlar organlari tashabbusi bilan 20 994 ta jinoyatlar aniqlangan.
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi 2020-yil yakuni bo‘yicha axboroti eshitildi.
Vazir axborotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yilda umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan.
Tergov organlari qidiruvida bo‘lgan 2446 nafar shaxs ushlangan va 436 nafar bedarak yo‘qolganlar topilgan. Ichki ishlar organlari tashabbusi bilan 20 994 ta jinoyatlar aniqlangan.
Xususan, o‘tgan 2020-yilda respublika miqyosida 62 081 ta jinoyatlar qayd etilgan bo‘lib, 100 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 182,4 tadan to‘g‘ri kelgan.
Oilalardagi notinchlik, nizolarning o‘z vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning e’tiboridan chetda qolganligi oqibatida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilmoqda.
Jumladan, 2020-yilda qayd etilgan qotillik jinoyatlarning har uchinchisi (143 tasi, 35,2%), og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining 192 tasi (20,5%) oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan.
Shu bilan birga, oilaviy nizolarga o‘z vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 14 379 ta oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etilib, ularning aksariyati ya’ni 50,5 foizi (7 264 tasi) Toshkent, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘z joniga qasd qilish holatlarining har oltinchisi aynan o‘z vaqtida hal etilmasdan qolgan oilaviy kelishmovchiliklar bois sodir etilgan.