TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati sal avval ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Eski yer" suv omboridan 3 nafar odam jasadi topilgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, 26-oktabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumani Navkent mahallasida yashovchi 36 yashar ayol (N.G‘.)sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘ining oilasiga tegishli bo‘lgan, 2 gektar tutzor uchun ajratilgan yer maydonining 50 sotixini ukasiga berib yuborganligidan norozi bo‘lib, bu haqida xat yozib qoldirgan.
So‘ng, 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan tumandagi "Yangiqo‘rg‘on eski yer" suv omboriga kelib, omborning boshlanish qismiga farzandlarini ketma-ketlikda suvga tashlab, ularni cho‘kib o‘lganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, o‘zini ham suvga tashlab, joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.