Internetdagi tanishuv qotillik bilan yakunlandi: andijonlik yigit 2 oylik chaqaloqni o‘ldirdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qiz unga turmushga chiqmasligi haqida aytgach, 27-may kuni mash’uqasidan o‘ch olish payida qizning Farg‘onadagi xonadoniga boradi va eshik ochiqligidan foydalanib, uyga kirib oladi.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. Andijonlik yigit sevgilisi tomonidan rad etilgach qotillikka qo‘l urdi va oqibatda 20-yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar bermoqda mahalliy "Sevimli" telekanali.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Suv omboridagi qotillik: Namanganda ayol ikki farzandini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Xabarda aytilishicha, andijonlik yigit Muhammadjonov Instagram orqali farg‘onalik qiz - Pirmatova bilan tanishib, uni yoqtirib qoladi. Bir necha bor uchrashgach, qizga uylanmoqchi ekanligini aytadi.

Qiz unga turmushga chiqmasligi haqida aytgach, 27-may kuni mash’uqasidan o‘ch olish payida qizning Farg‘onadagi xonadoniga boradi va eshik ochiqligidan foydalanib, uyga kirib oladi.

Shundan so‘ng qizning uyda bo‘lgan yangasining qorniga o‘zi bilan olib kelgan pichoqni suqadi va ayolga og‘ir shikast yetkazadi. Shundan so‘ng qizga telefon qiladi. Shu orada yanganing ikki oylik chaqalog‘ini yig‘idan to‘xtata olmay, yostiq bilan dimiqtirib o‘ldiradi.

Qiz xonadoniga yetib kelgach, unga ham bir necha bor pichoq uradi. Xonadondagi shovqinni eshitgan qo‘shni eshikni taqillatib, militsiyaga qo‘ng‘iroq qilishini aytgach, qo‘rqib ketgan qotil voqea joyini tark etadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining hukmi bilan yigit Jinoyat kodeksining 20-yilga ozodlikdan mahrum etildi. 
Sharhlar

Yangiliklar lentasi
0