https://oz.sputniknews.uz/20210311/senatda-iz-bolani-barvat-turmushga-berishning-oldini-olish-masalasi-muokama-ilindi-17665959.html
Senatda qiz bolani barvaqt turmushga berishning oldini olish masalasi muhokama qilindi
Senatda qiz bolani barvaqt turmushga berishning oldini olish masalasi muhokama qilindi
TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
2021-03-11T09:28+0500
2021-03-11T09:28+0500
2021-03-11T09:28+0500
jamiyat
oila
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1269/05/12690583_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_fadd7312fcee2d5341c9df8bc4ae765b.jpg
TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati axborot-xizmati.Xususan, qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining axboroti eshitilgan.Ta’kidlanganidek, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlarning samaradorligini baholash mexanizmi ishlab chiqilgan.Shu bilan birga, viloyatlar va tuman (shahar)larda Xotin-qizlar hamda Nuroniylar jamoatchilik kengashlari, qolaversa, har bir mahallada fuqarolar yig‘inining “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi”, “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi, “Keksalar maslahati” guruhlari va “Buvijonlar maktabi” kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Aholi va yoshlar o‘rtasida nikoh va oila huquqi, oila ma’naviyati, oila ma’rifati, noqonuniy nikoh, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoxlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot qilingan.Shuningdek, majlisda bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarga urg‘u berilgan. Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.Eslatib o‘tamiz, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram tadbirida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketganligini afsus bilan qayd etgan edi.Davlat rahbari yoshlarga murojaat qilib: "Turmush qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarang. Bu masalaga yuzaki yondashib, ham o‘zingiz, ham o‘zga bir inson hayotini xavf ostiga qo‘ymang. Men bu borada ko‘pni ko‘rgan mahalla faollari, muhtaram faxriylarimiz, kayvonilar, ma’naviyatimiz va dinimiz fidoyilari, o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelayotgan yoshlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb ishonaman", - deya ta’kidlagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20191226/Azhrimlar-soni-byicha-rinchli-raamlar-malum-ilindi-Buning-sababi-nima-13112673.html
https://oz.sputniknews.uz/20210227/zbekistonda-nikoga-kirish-muddatini-uzaytirish-taklif-etilmoda-16089089.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1269/05/12690583_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_93da618dcd9bfdf275196ba873d212dc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, oila
Senatda qiz bolani barvaqt turmushga berishning oldini olish masalasi muhokama qilindi
Qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining axboroti eshitildi
TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati axborot-xizmati.
Xususan, qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining axboroti eshitilgan.
Ta’kidlanganidek, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlarning samaradorligini baholash mexanizmi ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, viloyatlar va tuman (shahar)larda Xotin-qizlar hamda Nuroniylar jamoatchilik kengashlari, qolaversa, har bir mahallada fuqarolar yig‘inining “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi”, “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi, “Keksalar maslahati” guruhlari va “Buvijonlar maktabi” kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Aholi va yoshlar o‘rtasida nikoh va oila huquqi, oila ma’naviyati, oila ma’rifati, noqonuniy nikoh, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoxlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot qilingan.
Shuningdek, majlisda bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarga urg‘u berilgan. Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram tadbirida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketganligini afsus bilan qayd etgan edi.
Davlat rahbari yoshlarga murojaat qilib: "Turmush qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur mas’uliyat bilan qarang. Bu masalaga yuzaki yondashib, ham o‘zingiz, ham o‘zga bir inson hayotini xavf ostiga qo‘ymang. Men bu borada ko‘pni ko‘rgan mahalla faollari, muhtaram faxriylarimiz, kayvonilar, ma’naviyatimiz va dinimiz fidoyilari, o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘lib kelayotgan yoshlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb ishonaman", - deya ta’kidlagan edi.