O‘zbekistonda nikohga kirish muddatini uzaytirish taklif etilmoqda

© Sputnik / AlexTikhomirovSvadebnie kolsa
Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2021
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda FHDOga ariza topshirganidan so‘ng bir oy o‘tib oila qurish mumkin. Vaholanki, bu muddatda ikki yosh hatto bir-birini tanib olishga ham ulgurmaydi, deyiladi xabarda
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing tashkil qilindi, deb xabar beradi O‘zA.
Obruchalnie kolsa na stole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2019
Ajrimlar soni bo‘yicha qo‘rqinchli raqamlar ma’lum qilindi. Buning sababi nima?
Ma’lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida 2020-yil davomida jami 11 276 fuqarolik ishi tamomlangan. Ko‘rilgan ishlarning 7393 tasi bitimlarga doir nizolar bo‘lsa, 1485 tasi nikohdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan. Qolganlarini mehnat, mulk huquqi va boshqalar tashkil etgan.
"Ajrashishning asosiy sabablaridan biri – aksariyat yoshlarimiz oila qurishga tayyor emas. Ajrimlar sonini kamaytirishga erishish va mustahkam oilani shakllantirish uchun nikohga kiruvchilarga e’tibor kuchaytirilishi maqsadga muvofiq", — deyiladi xabarda.
Tadbirda nikohga kirish jarayonini murakkablashtirish zarurligi taklif etilgan.
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda FHDOga ariza topshirganidan so‘ng bir oy o‘tib oila qurish mumkin. Vaholanki, bu muddatda ikki yosh hatto bir-birini tanib olishga ham ulgurmaydi.
Shu bois nikohga kirish muddatini bir oy emas, uch oyga uzaytirish lozimligi ta’kidlangan. Nikohdan o‘tib, so‘ng farzandini tirik yetim qilgandan ko‘ra, uch oylik muddatda bir-biriga ma’qul kelmasa, o‘z yo‘lida davom etgani ma’qul.
Yangiliklar lentasi
0