Yevropa Ittifoqi “Sputnik V” vaksinasi ekspertizasini boshladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishV Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaksini Sputnik V
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
Yevropada Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining ekspertizasi boshlandi. Hozircha YeIning ikki mamlakati EMA ma’qullashini kutib o‘tirmasdan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining ro‘yxatga olingan hujjatlarining ekspertizasini boshladi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi xabar qildi.
Shpris i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
O‘zbekistonda Sputnik V vaksinasi bilan emlash ishlari mart oyida boshlanadi - Qurbonov
Qaror kattalarda o‘tkazilgan laboratoriya va klinik tadqiqotlar natijalarini inobatga olgan holda qabul qilingan.
“EMA “Sputnik V” vaksinasining YeI tomonidan o‘rnatilgan samaradorlik, xavfsizlik va sifat bo‘yicha standartlarga mos kelishini baholaydi”, - deyilgan xabarda.
“Sputnik V” dunyoda foydalanishga ruxsat berilgan koronavirusga qarshi dunyo vaksinalarining yetakchi uchligiga kiradi. Vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan 42 ta mamlakatning jami aholisi 1,1 milliarddan ziyodni tashkil etadi. YeIning ikki mamlakati EMA ma’qullashini kutib o‘tirmasdan uni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Vengriya va Slovakiya hukumati shunday qaror qabul qildi. Fevral oxirida Chexiya prezidenti Milosh Zeman ham mamlakatga “Sputnik V”ni yetkazib berishni so‘ragandi.
Yangiliklar lentasi
0