O‘zbekistonlik o‘qituvchilar fikrini xalqaro miqyosda o‘rganish istiqbollari muhokama qilindi

Shkolnie budni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston umumta’lim muassasalarining TALIS tadqiqotida ishtirok etish masalasi hukumatning 2018-yildagi qarorida belgilangan. Ta’lim inspeksiyasi va OECD o‘rtasida bir necha marta olib borilgan uchrashuvlar natijasida, tadqiqotda qatnashish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan
TOShKENT, 24 fev - Sputnik. Ta’lim inspeksiyasi rahbariyati va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) vakillari o‘rtasida O‘zbekistonning 2024-yilgi Ta’lim berish va o‘qitish sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar (TALIS)da qatnashishi masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
330 shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2021
Shermatov: yangi quriladigan uy-joy komplekslari orasida maktab ham qurib beriladi
Unda Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev, inspeksiyaning tegishli boshqarma va bo‘lim rahbarlari, shuningdek uning huzuridagi Milliy markaz jamoasi, hamda OECD tashkilotining TALIS boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Karin Trembley, TALIS analitigi, xalqaro hamkorliklar boshqaruvchisi Sofi Vayssett va Pablo Freyzerlar ishtirok etdi.
TALIS (Teaching and Learning International Survey) o‘qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta’lim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot bo‘lib, har 6-yilda o‘tkaziladi. So‘nggi marta 2018-yilda o‘tkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan bo‘lib, natijalari 2020-yilda iyun oyida e’lon qilingan.
Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o‘qitish va o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma’lumotlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab o‘qituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o‘z fikrini bildirish imkonini beradi.
Uzbekskie shkolniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Maktabda to‘plangan o‘rtacha ball kirish imtihonida hisobga olinadi - yangi qonun
Muhokamalar avvalida Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev xorijiy hamkorlarga O‘zbekiston ta’lim tizimi va pedagog kadrlar faoliyati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
"Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil topgan kunlardan boshlab, tizimda sifat ko‘rsatkichlarini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilib kelmoqda. Shu nuqtayi-nazardan sohadagi muammo va yutuqlarimizni va shaffof tarzda aniqlab olish biz uchun juda muhim. Ushbu tadqiqotning xalqaro miqyosda o‘tkazilishi O‘zbekistondagi ta’lim tizimini obyektiv baholab, muammo va kamchiliklarni boshqa mamlakatlar bilan solishtirishga va kelgusidagi rejalarni yanada aniqroq belgilab olishga xizmat qiladi", – dedi Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i.
TALIS tadqiqoti o‘qituvchilar va maktab direktorlari o‘rtasida olinadigan so‘rovnomalar orqali ta’lim muassasasidagi boshqaruv muhiti baholanadi. Unda tasodifiylik asosida tanlab olinadigan o‘rtacha 200 ta ta’lim muassasalari, 4000 nafar o‘qituvchi va 200 nafar maktab direktori qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2021
Maktablar ahvoliga qarab 8ta toifaga bo‘lingan – vazirlik
O‘zbekiston umumta’lim muassasalarining ushbu nufuzli xalqaro TALIS tadqiqotida ishtirok etish masalasi hukumatning 2018-yildagi qarorida belgilangan bo‘lib, tadqiqotda qatnashish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan. Tadqiqotda ishtirok etish bo‘yicha moliyaviy masalalar esa inspeksiya va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihada ko‘zda tutilgan.
Inspeksiya va OECD o‘rtasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuv tadqiqotda ishtirok etish yo‘nalishlari va modellari borasida olib borilgan muhokamalarning mantiqiy davomi bo‘lib, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0