https://oz.sputniknews.uz/20210202/Kirish-imtionida-maktabda-tplagan-ballar-am-isoblanishi-mumkin---yangi-onun-15916739.html
Maktabda to‘plangan o‘rtacha ball kirish imtihonida hisobga olinadi - yangi qonun
Maktabda to‘plangan o‘rtacha ball kirish imtihonida hisobga olinadi - yangi qonun
Sputnik O‘zbekiston
Maktab bitiruvchisi 6-11 sinflarda jami fanlardan olgan o‘tracha bahosi OTMga kirish imtihonida qo‘shimcha ball sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi. 02.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-02T13:17+0500
2021-02-02T13:17+0500
2021-02-02T13:27+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/11/15202979_0:63:1199:737_1920x0_80_0_0_5c6340fb73122adf854e39dd1374b9ba.jpg
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Kelgusi 2023–2024 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarning so‘nggi 6-yil davomida to‘plagan o‘rtacha ballari oliygohga kirishda hisobga olinishi mumkin.Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan e’lon qilingan yangi qaror loyihasida aytib o‘tilgan."2022/2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11-yillik ta’limning so‘nggi 6-yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritilishi va ushbu ko‘rsatkich 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin", - deyilgan qaror loyihasida.O‘rtacha ball qanday hisoblanadi?Bitiruvchilari bahosining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6-11-sinflardagi yillik baholarining umumiy yig‘indisi har bir sinfdagi o‘qigan fanlar sonining umumiy yig‘indisiga nisbati olinadi.Kirish imtihonida hisobga olish tartibi qanday?Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so‘ng, belgilangan muddatda, tanlovga qadar abituriyentlarning test sinovi jarayonida to‘plagan ballariga tegishli ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar (abituriyentlar) baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari qo‘shiladi va tanlov amalga oshiriladi.Loyihada aytilishiga ko‘ra, ushbu o‘rtacha ko‘rsatgichni hisobga olishda, o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining baholari qayd etib boriladigan elektron platforma va “elektron kundalik” tashkil qilinadi va u kelajakda Davlat Test markazining ABITUR dasturiga integratsiya qilinadi.Mazkur Tartib harbiy ta’lim muassasalariga va O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.Qonun loyihasi bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/11/15202979_65:0:1132:800_1920x0_80_0_0_0f0b6370451d8db1a56e54acb93044fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Maktabda to‘plangan o‘rtacha ball kirish imtihonida hisobga olinadi - yangi qonun
13:17 02.02.2021 (yangilandi: 13:27 02.02.2021) Maktab bitiruvchisi 6-11 sinflarda jami fanlardan olgan o‘tracha bahosi OTMga kirish imtihonida qo‘shimcha ball sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Kelgusi 2023–2024 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarning so‘nggi 6-yil davomida to‘plagan o‘rtacha ballari oliygohga kirishda hisobga olinishi mumkin.
Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan e’lon qilingan yangi qaror loyihasida aytib o‘tilgan.
"2022/2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11-yillik ta’limning so‘nggi 6-yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritilishi va ushbu ko‘rsatkich 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin", - deyilgan qaror
loyihasida.
O‘rtacha ball qanday hisoblanadi?
Bitiruvchilari bahosining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6-11-sinflardagi yillik baholarining umumiy yig‘indisi har bir sinfdagi o‘qigan fanlar sonining umumiy yig‘indisiga nisbati olinadi.
Kirish imtihonida hisobga olish tartibi qanday?
Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so‘ng, belgilangan muddatda, tanlovga qadar abituriyentlarning test sinovi jarayonida to‘plagan ballariga tegishli ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar (abituriyentlar) baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari qo‘shiladi va tanlov amalga oshiriladi.
Loyihada aytilishiga ko‘ra, ushbu o‘rtacha ko‘rsatgichni hisobga olishda, o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining baholari qayd etib boriladigan elektron platforma va “elektron kundalik” tashkil qilinadi va u kelajakda Davlat Test markazining ABITUR dasturiga integratsiya qilinadi.
Mazkur Tartib harbiy ta’lim muassasalariga va O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.
Qonun loyihasi bilan batafsil quyida tanishish mumkin.