Jamiyat

Maktablar ahvoliga qarab 8ta toifaga boʻlingan – vazirlik

© SputnikShkola
Shkola - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Eng ogʻir vaziyat - kichik maktab filiallarida boʻlgani sabab, ushbu filiallar oʻrniga katta sinflar ham oʻqishi mumkin boʻlgan 200 oʻrinli maktablar qurishni rejalashtirgan.
TOSHKENT, 22 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonda maktablar umumiy holati, mavjud infratuzilmasi va boshqa  koʻrsatgichlari boʻyicha oʻziga xos sifat toifalariga boʻlingan va ularni yangilash vaziyat eng yomon boʻlgan joylardan boshlanmoqda.
Bu haqida Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Ibroxim Jurayev AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.
"Maktablarning infratuzilmasi boʻyicha, yaʼni talab etiladigan oʻquvchilar sigʻimi, sport zali, filiali, isitish tizimi, umuman maktabning toʻliq faoliyati uchun zaruriy sharoit holati boʻyicha tahlillar mavjud.
Maktablar holatini birma-bir koʻrib, xatlovdan oʻtkazib, oʻzimiz uchun alohida kategoryalarga ajratib olganmiz. Oʻta ogʻir, ogʻir, oʻrta, yaxshi va juda yaxshi – degan toifalarga ajratib olganmiz.  
Ochiq aytish kerak, oʻta ogʻir va ogʻir holatlar ham mavjud. Oʻta ogʻir toifaga maktab filiallari kiritilgan. Ahvoli ayanchli boʻlgan maktablarimiz ham bor. Oldin aholini hashar yoʻli bilan jalb etish orqali 20, 30, 50 ta bolaga moʻljallangan maktab filiallari qurilgan.
Pustoy klass v shkole - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Navoiyda taʼlim sifati past boʻlgan 26 ta maktab direktorlari ishdan olindi
Endi bu filiallar oʻrniga shu mahalla va atrofda yashaydigan 5-11 sinf oʻquvchilari uzoqqa qatnab oʻqimasligi uchun kamida 200 quvvatga ega maktablarni qurish rejalashtirilgan.
Buning yana bir eʼtiborli jihati — yaxshi, zamonaviy maktab boʻlganidan soʻng malakali oʻqituvchilarni jalb qilish imkoniyati mavjud boʻladi", - deydi vazir oʻrinbosari.
2018-2020 yillarda respublika boʻyicha 294 ming qoʻshimcha oʻquvchi oʻrni yaratilgan. Bugungi kunda Respublikada  10 mingdan ortiq maktab faoliyat yuritmoqda.
Yangiliklar lentasi
0