Namangan shahri hokimi va prokurori o‘zgardi: avvalgilari prezidentdan tanbeh eshitgandi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Obuna bo‘lish
G‘ofir Jamalov Namangan shahri hokimi, Xurshid Odilov shahar prokurori etib tayinlandi. Prezident shaharning avvalgi rahbarlariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun qattiq tanbeh bergandi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik.  G‘ofir Jamalov Namangan shahri hokimi tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uning nomzodi Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’qullangan.
G‘ofir Jamalov 1974-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1997-yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini, 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
1997—2009 yillar davomida Namangan shahri va Namangan viloyati hokimliklarida turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
2009—2020 yillarda Iqtisodiyot vazirligi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, Uy-joy, kommunal xizmat vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Mujchina zakrivayet portfel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Prezident keskin tanqid qilgan Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi
G‘ofir Jamalov 2020-yildan to shu kunga qadar Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Sessiyada deputatlarga shaharning yangi prokurori Xurshid Odilov ham tanishtirildi.
Xurshid Odilov 1981-yili Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
2004–2018 yillarda Paxtaobod va Asaka tumanlari prokuraturasi, Andijon viloyat prokuraturasida faoliyat yuritgan, Ulug‘nor tumani prokurori bo‘lgan.
U 2018-yildan hozirga qadar Namangan viloyatining Chust tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida kutilmaganda “Bunyodkor” mahallasiga borib, u yerda ichimlik suvi yo‘qligi, ichki yo‘llar yomonligi, atrof obodonlashtirilmaganini tanqid qilgan edi. Prezident Namangan shahri hokimi va ushbu mahallaga mas’ul sektor rahbari bo‘lgan shahar prokuroriga tanbeh bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0