https://oz.sputniknews.uz/20210224/Prezident-keskin-tanid-ilgan-Uychi-tumaniga-yangi-okim-tayinlandi-16063699.html
Prezident keskin tanqid qilgan Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Prezident keskin tanqid qilgan Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Muhammadzokir Mamatxonov Uychi tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 24.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-24T10:26+0500
2021-02-24T10:26+0500
2021-02-24T10:26+0500
siyosat
namangan viloyati
yangi tayinlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/681/39/6813947_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_73a0d95d8e39c0e8761a4916fadd2850.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Namangan viloyatida Xalq deputatlari Uychi tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qilmoqda.Sessiyada tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishdagi muammolar muhokama qilindi va tashkiliy masala ko‘rildi.Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov tuman hokimligiga shu paytga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Muhammadzokir Mamatxonov nomzodini taklif qildi.Deputatlar va faollar nomzodni ma’qulladi hamda u haqdagi fikrlarini bildirdi.Mamatxanov 1974-yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012-yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.1998—2016 yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.2016—2017 yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.2018 yildan 2020-yilga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.Muhammadzokir Mamatxonov 2020-yil 16-iyuldan beri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi davomida Uychi tumani rahbariyatining faoliyatidan qoniqmasligini aytib, keskin tanqid qilgan edi. Tumandagi 4 ta sektor rahbari, jumladan, tuman hokimi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tuman iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilanmagani, topshiriqlarni bajarmagani uchun ishdan olingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210219/Mirziev-Namangan-shaar-okimi-va-prokuroriga-tanbe-berdi-16044614.html
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/681/39/6813947_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_d1dfec376abe9a48f37bb0a15744850a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, namangan viloyati, yangi tayinlov
siyosat, namangan viloyati, yangi tayinlov
Prezident keskin tanqid qilgan Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Muhammadzokir Mamatxonov Uychi tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Namangan viloyatida Xalq deputatlari Uychi tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Sessiyada tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishdagi muammolar muhokama qilindi va tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov tuman hokimligiga shu paytga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Muhammadzokir Mamatxonov nomzodini taklif qildi.
Deputatlar va faollar nomzodni ma’qulladi hamda u haqdagi fikrlarini bildirdi.
Mamatxanov 1974-yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012-yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
1998—2016 yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.
2016—2017 yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.
2018 yildan 2020-yilga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Muhammadzokir Mamatxonov 2020-yil 16-iyuldan beri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi davomida Uychi tumani rahbariyatining faoliyatidan qoniqmasligini aytib, keskin tanqid qilgan edi. Tumandagi 4 ta sektor rahbari, jumladan, tuman hokimi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tuman iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilanmagani, topshiriqlarni bajarmagani uchun ishdan olingan edi.